Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Download 0.66 Mb.
bet8/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

Boshqarishning mehnat unumdorligi o‘sishi omillaridan foydalaniladigan tashkiliy-iqtisodiy metodlari. Bozor turidagi iqtisodiyotga o‘tish boshqarishning mehnat unumdorligini o‘stirishga qaratilgan an’naviy yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Ushbu sohada fan va amaliyot orqali ko‘p yillar davomida nimalar to‘plangan bo‘lsa, hammasining ijobiy va salbiy tomonlarini xolisona baholash zarurdir. Ishlab chiqarishni faqat uning texnik-iqtisodiy mazmuni jihatidan ko‘rib chiqilishini butunlay maqsadga muvofiq deb bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarishning texnik-iqtisoddiy mazmuni ishlab chiqarishning omillari bilan bog‘liqlikda aniqlanadi. Texnologiyalar, texnika, materiallarning oshib borayotgan imkoniyatlari mehnatni, ishlab chiqarishni va boshqarishni tashkil etish ta’siri ostida amaliyotga tadbiq etiladi. Mehnat faqat shundagina samarador bo‘ladiki, qachonki, uning tashkil etilishi ishlab chiqarish va boshqarishning kompleks tarzda tashkil etilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, lekin bu shart har doim ham bajarilavermaydi. Ishlab chiqarishni tashkil etish – bu, mohiyatiga ko‘ra, mehnatning moddiy elementlarining funksiallashuvini ta’minlash bo‘lsa, boshqarishni tashkil etish esa – mehnat munosabatlarining funksialla-shuvidir. Kompleks tashkil etilgan mehnat faoliyatini ish joyiga, struktura birligiga va butun korxonaga qo‘llash juda zarurdir: bu mehnatni tashkil etishning tor tushunchasidan texnologik faoliyatga o‘tish demakdir.
Hozirgi vaqtda yangi ishga tushirilayotgan ob’ektlarning hammasi ham texnik-texnologik parametrlar bilan uzviy bog‘langan mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishning puxta tayyorlangan loyihalariga har doim ham ega bo‘lavermaydi. SHu sababli mehnatni va ishlab chiqarishni boshqarishning tashkil etilish darajasi hamda bir xil sharoitlarda ishlayotgan, aynan bir xil jihozlar (dastgohlar)da bir xil mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxona ishchilarining soni tez-tez bir-biridan sezilarli ravishda farq qilib turadi.
Inson omilini faollashtirish va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish – bu muvozanatlashuvchanlik va ishlab chiqarish omillari dinamik rivojlanishining o‘zaro bog‘langan muammolaridir. Ushbu muammo nazariy jihatdan yaxshi ishlab chiqilmagan.
Ijtimoiy omillarning rolini kuchaytirishni hisobga olmasdan turib mehnat samaradorligi muammosini echish mumkin emas. Faqat shuni inobatga olgan vaziyatdagina ikkita o‘zaro bog‘langan masalalarning maqbul echimlarini topish mumkin bo‘ladi: yuqori natijaga ega bo‘lgan ishlab chiqarish va tovarlar hamda xizmatlarning raqobatbardoshligi ta’minlanadi va shu bilan bir vaqtning o‘zida har bir ishchi – xodimga tegishli ijtimoiy kafolatlarni taqdim etish yo‘li bilan ishchi–xodim-larning ishlab chiqaruvchanligini kengaytirishga erishish mumkin. Mehnatni gumanizatsiyalashtirish inson mehnati mazmunini aniqlashda uning ustuvor qadr-qimmati tan olinishi, yangi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari, atrof-muhitni muhofaza qilish sharoitlarini belgilab beradi. Ulardan oxirgisi, ya’ni atrof-muhitni muhofaza qilish ayniqsa qurilish ishlab chiqarish sohasida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnatni juda ham tor darajadagi bo‘limlarga ajratishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik kerak, ishchi –xodimlarga mehnat funksiyalarini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar taqdim etish, kasblarni qo‘shish, boshqaruvda ishtirok etishlarini, texnologiyani insonga va insonni texnologiyaga o‘zaro adaptatsiyalashni ta’minlash zarur.
Bozor munosabatlari sharoitlarida yuqoriprofessional ishchi-xodimlarni jalb etishning egiluvchan shakllarini ta’minlash taqoza etiladi. Har bir ishchi-xodimni nafaqat uning professional sifatlari nuqtai-nazaridan, balki uni insonga xos bo‘lgan indivudial fazilatlar va ehtiyojlar bo‘yicha ham baholash alohida muhim ahamiyat kasb etadi. SHunday qilib, mehnat faoliyatini tashkil etishni mehnatning ichki bozorida shakllanayotgan personaldan ajratib bo‘lmaydi.
Korxonada mehnat faoliyatini tashkil etish yuqori tashabbuskorlik va faollik darajasiga ega bo‘lgan va o‘zining ishi uchun har qanday xavf-xatarga yuz tutadigan ishchi-xodimlari bilan ajralib turadigan tadbirkorlikning rivojlanishi bilan uzviy bog‘langandir.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling