Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Download 0.66 Mb.
bet16/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

YAkka boshqaruv va kollegiallik korxonani boshqarishning muhim tamoyillaridan biridir. Bu tamoyil, ayniqsa, aksionerlik sharoitlarida faoliyat yurituvchi korxonalarda aniq ko‘zga ko‘rinadi.
YAkka boshqaruv har bir xo‘jalik rahbari o‘z vakolati doirasidagi masalalarni hal qilishda qonun tomonidan berilgan huquqlarga asosan bir o‘zi (yakka tarzda) qaror qabul qilishini hamda korxona faoliyati uchun shaxsan javobgarligini anglatadi. Bundan tashqari, yakka boshqaruv xodim buyruqlarni faqat bitta bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) boshliqdan olishi mumkin yoki shart bo‘lgan hollarni ham anglatadi.
Kollegiallik korxona jamoasining ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishdagi faol ishtirokida ifodalanadi. Ma’lum bir ma’noda, ayniqsa, boshqaruvning iroda bilan bog‘liq bo‘lgan usullarida kollegiallik yakka boshqaruv qarama-qarshilikni anglatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ushbu tamoyilning imkoniyatlari sezilarli ravishda kengaytirilgan.
Tartib va adolat – bu, boshqaruvning har bir qadamda o‘zini eslatib turuvchi tamoyilidir. Ko‘p hollarda aynan shu tamoyilga ko‘ra korxona va uning rahbariga tavsifnoma beriladi. Korxona rahbari qanchalik bilimli va tajribali, uning kasb mahorati va madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa hamda u jamoa to‘g‘risida qanchalik ko‘p qayg‘ursa, tartib va adolat ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi. qisqaroq qilib aytganda, tartib – bu, har bir kishi va hamma narsa o‘z joyida bo‘lishini, adolat esa rahmdillik va odillikning uyg‘unligini anglatadi. Boshqaruvning tartib va adolat tamoyili kadrlar tez-tez almashishini oldining olib, korxona obro‘sining o‘sishiga hamda bunga korxona jamosini qiziqtirishga xizmat qiladi.
Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tamoyili mehnat unumdorligini oshirishda muhim turtki hisoblanadi va boshqaruv tizimining samaradorligini aks ettiradi. Xodimlarning sadoqati va qo‘llab-quvvatlashiga erishish maqsadida ular o‘z xizmatlari uchun, ishchilar esa bajarilgan ishning sifati va miqdori uchun adolatli tarzda haq olishlari zarur. Bundan tashqari, ma’naviy rag‘batlantirish moddiy rag‘batlantirishdan kam ahamiyatga ega emas. Rahbarning iqtidori, xodim (xodimlar, ishchilar)ning tashabbus va yutuqlarini o‘z vaqtida ilg‘ab olib, munosib baholash hamda ularni ham moddiy ham ma’naviy rag‘batlantirish tizimini mohirona qo‘llashida ko‘zga tashlanadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling