Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 0.66 Mb.
bet22/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

4.5. Korxonani boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirib borish mulkchilik shakli, faoliyat natijasi va yuzaga kelgan tashkiliy tuzilmaning qandayligidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli hal qilish korxonalarga, birinchi o‘rinda, boshqaruv tizimining samaradorligini oshirishga, ikkinchidan, xarajatlarni kamaytirish va ishlab chiqarish faoliyatining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadi.
Bugungi kunda boshqaruv tizimini mukammallashtirish sohasida quyidagi tendensiyalar yuzaga kelmoqda: boshqaruv faoliyatining maqsadli tavsifini kuchaytirish; boshqaruvning moslashuvchan tuzilmalarini yaratish va boshqaruv apparatining faoliyatini yaxshilash, jumladan, ortiqcha boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish hisobiga; ishlab chiqarishni boshqarishda jamoalar rolining o‘sishi va ularning yuqori natijalarga erishishga yo‘naltiriliganligi; mehnat faoliyati ijtimoiy sharoitlarining yaxshilanishi. Bu tendensiyalarga asosan korxonalarning boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirish yo‘nalishlari ham aniqlanib, ularga avvalo sifat ko‘rsatkichlari asos qilib olingan. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Optimallik – tuzilma bo‘linmalari o‘rtasida eng kam boshqaruv bo‘g‘inlariga ega bo‘lgan holda o‘zaro aloqalarni ratsional tarzda o‘rnatishdir. SHu sababli ko‘p bo‘g‘inlilikni qisqartirish boshqaruv tizimini takomillashtirish oldiga qo‘yiluvchi asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Tezkorlik (operativlik) – barcha funksional bo‘linmalarning, zarur hollarda ishlab chiqarish bo‘linmalarining, boshqaruv qarorlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun o‘zaro aloqalar aniqlik bilan olib borilishi.
Ishonchlilik – axborotlarni o‘z vaqtida olish va boshqaruv qarorlarini bajaruvchilarga va bajarish joylariga o‘z vaqtida etkazishni ta’minlaydi. Ishonchlilik va tezkorlik joriy va istiqboldagi boshqaruv tizimining samaradorligida muhim turtki hisoblanadi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling