Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan


Download 0.66 Mb.
bet50/134
Sana17.03.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1279566
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134
Bog'liq
умк СМЕТА 22

Konstruksiyalarni yiriklashtirish va fazoviy konstruksiyalarga o‘tish orqali konstruktiv echimlarni takomillashtirishga erishish mumkin. Temirbeton zavodlarida qoliplash metodini qo‘llash orqali maqbul hajmdagi konstruksiyalar tayyorlanadi. Zavodda tayyorlangan yassi elementlardan yig‘ma–quyma konstruksiyalar yaratiladi. Bunday konstruksiyalarga hajmli sanitar – texnik kabinalar, lift shaxtalari, tonnellarning shaxtalari, kvartira bloklari, sanoat binolari yopilmasi metall bloklarini misol tariqasida keltirish mumkin.
Qurilishda katta o‘lchamli oraliq va tom yopish plitalari hamda devor panellarini qo‘llash keng tarqalmoqda.
Loyihachilar bir nechta operatsiyalarni avtomatlashtirish bilan mexanizatsiyalashgan usulda yangi konstruksiyalarni tayyorlash ustida ish olib borishmoqda. Temirbeton konstruksiyalarda montaj uchun mo‘ljallangan ilgaklarni boshqa moslamalar bilan almashtirish oldinga maqsad qilib qo‘yilgan. Bu esa yiliga 0,3 mln. tonna po‘latni iqtisod qilish imkonini beradi.
Loyiha echimlari samaradorligini oshirish yo‘nalishlaridan biri bu to‘liq yig‘ish asosida qurilishni rivojlantirishdan iboratdir.
Loyihalarning iqtisodiy jihatdan samara keltirishini va sifatini yaxshilashga tipli loyihalarni keng qo‘llash, unifikatsiyalangan konstruksiyalar va gabaritli sxemalardan foydalanish evaziga erishish mumkin. Qurilish – montaj ishlarining 80 % dan ortiqrog‘i ob’ektlarda tipli proektlar bo‘yicha bajariladi. Ayniqsa tipli loyihalar turar – joy binolarini tiklashda va qishloq qurilishida keng qo‘llaniladi (95% ortiqrog‘i). Tipli loyihalar qo‘llanishi loyihada ko‘rsatilgan materiallar hajmini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida loyihalarni ishlab chiqish muddatini qisqartirish uchun shart – sharoit yaratadi, loyihalash va ilmiy – tadqiqot ishlariga sarflanadigan mablag‘larni 30–40% pasaytiradi.
Axamiyatli tarzdagi iqtisodiy samaraga qurilish jarayonida erishiladi. Tipli loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’ektlarning smeta narxi individual loyihalar bo‘yicha quriladigan ob’ektlarnikiga nisbatan 10-15%ga arzon bo‘ladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, tipli loyihalar ularni loyihalash institutlarida ishlab chiqish jarayonida quruvchilar va loyiholovchilar tomonidan keng muhokama qilinadi, ularda qurilish ishlab chiqarishida ratsional texnologiyani ta’minlaydigan tipli va standart detallar hamda konstruksiyalar qo‘llaniladi. Ko‘plab tipli loyihalar tanlovlar orqali qabul qilinadi. Turar-joy ob’ektlarini tipli loyihalashtirish o‘lchamlari bo‘yicha har xil bo‘lgan kvartiralarni yaratish, ularni rejalashtirishni yaxshilash, umumiy foydalanish maydonlari (dahliz, oshxona va sanitar tugunlarning maydonlari)ni oshirish, sanitar-texnik va oshxona jihozlarini takomillashtirish, kvartiralar, binoning kirish joylari zinapoya kletkalari va liftlarni yaxshi pardozlashga yo‘naltirilgan.
Ilg‘or texnologiya asosida ishlab chiqarilayotgan materiallar va konstruksiyalar. Agar qurilish maydoniga korxonalar (zavodlar)da masimal darajada puxtalik bilan tayyorlanib keltirilgan yig‘ma konstruksiyalar va detallardan ob’ektlar tiklansa iqtisodiy samaradorlik ahamiyatli tarzda oshadi. Detallarning qoniqarsiz sifatda tayyorlanishi esa qurilish-montaj ishlarini bajarishda qo‘shimcha mehnat sarfini yuzaga keltiradi va bu esa ishlarning tannarxini oshirishga olib keladi.
Pol va tom bo‘yicha ishlar bajarish jarayonida mehnat sig‘imini qisqartirish va ularning sifatini oshirish uchun keyingi yillarda tom va oraliq tom yopmalarining kompleksli plitalari ishlab chiqarilmoqda.
Konstruksiya va detallarning zavodda tayyorlanish darajasini oshirish qurilishda amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini 4-6%ga qisqartirish imkonini beradi.
Yig‘ma beton va temirbeton konstruksiyalarni qo‘llash bilan ishlab chiqarish va metall hamda yog‘ochdan tayyorlangan konstruksiyalar hajmi ortadi.
Metall konstruksiyalar qo‘llanilishi sanoatning shunday tarmoqlarida keng tarqalganki, bu tarmoqlarda texnologik jarayonning o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq ravishda temirbeton konstruksiyalarni qullashga yo‘l quyilmaslik talab etiladi, bunday tarmoqlarga katta dinamik yuklanganlikka ega bo‘lgan metallurgiya korxonalirini misol tariqasida keltirish mumkin. SHuningdek, metall konstruksiyalardan katta oraliqli binolarni qurishda ham keng ko‘lamda foydalaniladi, bunday binolarda temirbeton konstruksiyalarni qo‘llash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas (aviatsiya sanoatidagi yig‘ish sexlari, oraliqli ko‘priklarni qurishda va h.k.). Metall konstruksiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga ularni ishlab chiqarish jarayonida yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan po‘latlardan, egilgan profillardan, keng taxtali prokatdan, elektrpayvandlanadigan quvurlardan foydalanish bilan erishiladi.
Samarador engil metall konstruksiyalarni keng tadbiq etish qurilish ob’ektlarini qurish uchun moddiy ta’minot tuzilmasini takomillashtirishga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ishlab chiqarilgan konstruksiyalarning tadbiq etilishi qurilishda bino va inshootlarni to‘liq zavodda tayyorlangan elementlardan kompleks - mexanizatsiyalashgan holda yig‘ish jarayonini tashkil etish imkonini berdi.
Bunday kontruksiyalardan qurilgan binolarda montaj qilish ishlarining mehnat sig‘imi 20-25%ga qisqaradi, devorlar va tom yopmalari massasi esa 5-7 marta kamayadi.
Bino massasining kamayishiga asosan temirbeton plitalar o‘rniga antikorroziya qoplamasiga ega bo‘lgan po‘latdan tayyorlangan profilli yopilmalarni qo‘llash orqali erishiladi. Alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalarni derazalar tabaqalari, vitrajlar, devorbop osma panellar, agressiv muhitli binolarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari, qurilish uchun suyuqliklarni saqlashga mo‘ljallangan sig‘imli idishlar yasash va shu kabilar uchun qo‘llash ancha maqsadga muvofiqdir. Transport magistrallaridan olisda joylashgan qurilish ob’ektlarini tiklashda ularning qo‘llanilishi ayniqsa katta samara beradi.
Qurilishda alyuminli qotishmalardan tayyorlangan konstruksiyalar qo‘llanishi fuqaro va sanoat qurilishi ob’ektlari sifatini yaxshilashda keng istiqbolga egadir va fasadlar umrboqiyligi hamda ularning estetik sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Asbotsement buyumlar ikkinchi jahon urushidan oldingi besh yillikdan buyon qo‘llanilib kelinmoqda. Asbotsement detallar engil, suv o‘tkazmaydigan, olovbardosh va uzoq muddatga jidaydigan bo‘lib, ulardan buyumlar tayyorlash uchun katta mehnat sarfi va ko‘p mablag‘ talab qilinmaydi. Asbotsementdan tayyorlangan tashqi devor panellari temirbetondan tayyorlangan xuddi shunday konstruksiyalardan 5 marta engildir.
Asbotsement sanoatining asosiy vazifasi – yirik o‘lchamli (uzunligi 3 metr va undan yuqori bo‘lgan) zichlangan yassi va to‘lqinsimon tom yopmalari (shifer) ishlab chiqarish hajmini ancha oshirish, asbotsement panellar va plitalar hamda rangli asbotsement tom yopmalari ishlab chiqarishni tashkil etishdan iboratdir.
Asbotsement konstruksiyalar qishloq qurilishida ham keng qo‘llanilmoqda.
YOg‘och konstruksiyalar mamlakatning o‘rmonli hududlarida, yuklarni tashishda uzoq qishloqlarda qurilish ob’ektlarini tiklashda, kimyoviy agressiv muhitga ega bo‘lgan sanoat binolarini barpo etishda, ko‘prikli o‘tish joylar, tomosha va ko‘rgazma zallar, sport inshootlari, yopiq bozorlar va pavilonlarni qurishda keng ko‘lamda qo‘llanadi.
Fan va texnologiya taraqqiyoti zamonaviy darajasi yog‘och konstruksiyalarning yuqori konstruktiv sifati, ularning massasini kamaytirish, kimyoviy bardoshligini oshirish, umrboqiyligi (uzoq muddutga chidamliligi) va olov bardoshligini ta’minlash imkonini beradi.
Elimlab tayyorlanadigan yog‘och konstruksiyalardan foydalanish yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Qishloq ishlab chiqarish qurilishida bu konstruksiyalar arkali, balkali va ramali konstruksiyalar, to‘suvchi konstruksiyalarni o‘rnatish uchun foydalaniladigan yig‘ma panellar sifatida qo‘llaniladi. Sanoat qurilishida oralig‘i 12 – 18 metr bo‘lgan elimlab tayyorlanadigan va faneralarni elimlash orqali yasaladigan to‘sinlar, 25 – 30 metr oraliqli arkalar va faneralarni elimlash orqali tayyorlanadigan panellar binolarning to‘suvchi konstruksiyalari uchun samarali qo‘llaniladi. Jamoat binolari va sport – tomosha inshootlarini yopishda katta oraliqli arkali konstruksiyalardan foydalanish yuqori samarador va keng istiqbolga egadir. YOg‘ochdan ishlanadigan tom yopmalar temirbeton tom yopmalaridan 5 marta engildir. YOg‘och tom yopmalari narxi temirbeton tom yopmalari narxidan 30-40%ga arzon bo‘ladi.
Pardozlash materiallari. Keyingi yillarda pardozlash ishlarini industdirlash sohasida shaxdam qadamlar qo‘yildi – sintetik materiallar asosidagi o‘ramli va plitka materiallar keng qo‘llanilmoqda, yog‘och qipiqlaridan tayyorlangan va yog‘och tolali plitalar ham keng tadbiq qilina boshlandi.
Plitalar va o‘ramli materiallarning qurilishga tadbiq etilishi pardozlash ishlari sifatini yaxshiladi va pardozlash ishlari xarakterini tubdan o‘zgartirdi. Pollarni qoplash, devorlarni pardozlash, pardevorlar uchun bu materiallardan foydalanish binolarni montaj qilish metodlari va montajdan keyingi hamda pardozlash ishlari oarasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etdi.
O‘sib borayotgan hajmga ega bo‘lgan yig‘ma konstruksiyalarni chiqarish ko‘plab qurilayotgan ob’ektlarda yig‘ma qurilishga o‘tish, mashinalar yordamida bino va inshootlarni tayyor konstruksiyalardan tiklash imkonini berdi. Qurilish maydonlari asta-sekinlik bilan konveyerli qurilish maydoniga aylanmoqda, ularda zavodlarda yuqori darajada tayyorlangan yirik o‘lchamli tugunlar va detallarning montaj qilinishi orqali binolar va inshootlar tiklanadi. Texnologikligi bo‘yicha qurilish yanada katta mavqeda yirik sanoat korxonalari bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘lmoqda.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling