Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan
Loyiha echimlari iqtisodiy samaradorligini
Download 0.66 Mb.
|
умк СМЕТА 22
4.4. Loyiha echimlari iqtisodiy samaradorligini
oshirishning asosiy yo‘nalishlari Loyihalanayotgan ob’ektning iqtisodiy samaradorligi ko‘p jihatdan ekspluatatsiya shart-sharoiti, chiqarilayotgan mahsulot tannarxi hamda loyiha echimlari qanchalik to‘g‘ri qabul qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Loyiha echimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: hajmiy - rejaviy echimlar, konstruktiv echimlarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiya asosida olingan materiallar va konstruksiyalarni qo‘llash va boshqalar. Hajmiy - rejaviy echimlarni takomillashtirish. Hududda qurilish ob’ektlari zichligi (tig‘isligi)ning oshishi loyihaviy echim iqtisodiy samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilishning past koeffitsientida injenerlik kommunikatsiyalarni tortib kelish masofasi, yo‘llarning uzunligi o‘sib boradi, ko‘kalamzorlashtirishga, zxavod ichidagi transport va injenerlik kommunikatsiyalari tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishga sarflanadigan mablag‘lar oshadi. Ob’ektlarni hudud bo‘yicha kompaktli joylashtirishga binolar orasidagi masofalarni qisqartish orqali erishiladi. Sanoat korxonalari binolarining hududga o‘zaro birgalikda joylashtirilishi zavod ichida qo‘llanadigan transport turiga bog‘liq bo‘ladi, ayniqsa temir yo‘l transportidan foydalanilganda binolar orasidagi masofa katta bo‘ladi. Bundan temir yo‘l transportidan faqat yoqilg‘i, xom – ashyo, qurilish materiallarini tashish (kiritish) va tayyor mahsulotni olib ketish uchun foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. Binolarni yiriklashtirish va bloklashtirish solishtirma kapital mablag‘larni keskin (sezilarli darajada) qisqartirish va hududda qurilish ob’ektlari zichligini (tig‘is joylashuvini) oshirish imkonini beradi. Binolarni yiriklashtirish jarayoni qurilishning hamma turlari uchun xarakterlidir. Yirik shaharlarda quriladigan turar – joy binolari ko‘p qavatli bo‘lib, katta uzunlikka (200 – 500 kvartiraga) ega bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida 100-180 ming chorva mollariga mo‘ljallangan majmualar, yirik parrandachilik fabrikalari va sut beruvchi qoramol fermalari quriladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling