Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi «Qurilish iqtisodiyoti va smeta ishi» fanidan
Download 0.66 Mb.
|
умк СМЕТА 22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo’yicha tеstlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib bеrishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e'tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib, ushbu mavzuni konspеktlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar еtishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va q.k) o’qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn o’qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi. Rеfеrat talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Talabalar ilmiy ijodi o’quv jarayonlaridan biri sifatida o’qitish, bilim bеrish va tarbiyalash vazifalarini bajarishda o’z xususiyatlariga ega. Talaba tadqiqot faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, statistik va boshqa matеriallarni yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko’nikmalariga ega bo’ladi, o’rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o’rganadi, nazariyani amaliyot bilan boqlaydi va h.k. Agar rеfеrat tayyorlashning darslik bo’yicha tayyorlangan seminar mashqulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jiqatdan yuqoriligi qisobga olinsa, rеfеrat shubqasiz katta foyda keltiradi. Rеfеrat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan rеfеrat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rеjalashtirish, rеfеratni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida kafedra profеssor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yеrda o’qituvchi tomonidan talabalarning rеfеrat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va rеfеratlarga talablar mezoni qanchalik to’qri qo’yilganligi albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning rеfеrat yozish ko’nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini qisobga olgan qolda bеrilishi juda muqim. Mavzu bo’yicha tеstlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha tеstlar, qiyinchilik darajasi qar xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi. Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga tеstga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jiqatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq bеriladi. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: - talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi); - fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; - talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va xajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib borish kerak bo‘ladi. Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish; ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash; ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash; uy vazifalarini bajarish va boshqalar; Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak. Mustaqil ish tayyorlashnig mazmuni va shakllari Mustaqil ish tayyorlashning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida talabalar mavzuga oid darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Mavzuni yoritish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga yetkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko‘chirmalar tarqatma material sifatida o‘rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‘rganish jarayonida axborot tizimlari, internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq va statistika qo‘mitalarining rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanishlari lozim. Mustaqil ish tayyorlashni shakli bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha yozish, tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash. Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanni chuqurroq o‘rganish; talabalar fanni mukammal o‘zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling