Iqtisodiyot va menejment
-jadval. Ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning tuzilishi
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
3-jadval. Ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning tuzilishi
(shartli raqamlar misolida).
Bundan ko‘rinib turibdiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Lekin bu erda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotlarni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi, ularning yig‘indisi esa yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘rsatadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. Masalan, bizning misolimizda paxtani qayta ishlash korxonasi ishlab chiqargan va sotgan mahsulot 285 birlikni, yalpi ichki mahsulot hisobiga kiradigan qo‘shilgan qiymat esa 145 birlikni tashkil etadi. Sotilgan 285 birlik mahsulotning 140 birligi xom ashyo, yonilg‘i va materiallarni sotib olish uchun ishlatiladi. Shuning uchun biz bu mavzuda korxonalar va tarmoqlar yaratgan yillik milliy mahsulot haqida gapirganda ko‘proq jami ijtimoiy mahsulotni nazarda tutamiz. Demak, YAIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmat)larning bozor narxlaridagi summasi. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zahiralarni to‘ldiradi. Ya’ni YAIM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday o‘sishi hisobga olinishi zarur, Chunki YAIM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi. Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YAIM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling