Iqtisodiyot va menejment


Download 1.47 Mb.
bet310/487
Sana08.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#255008
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   487
Bog'liq
Iqtisodiyot va menejment

Xulosalar


  1. Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, Ya’ni milliy daromad iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida sarflanadi. Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan foydalanishni bildirib, unumli va Shaxsiy iste’molga ajraladi.

  2. Jamg‘arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to‘planib borishi. Uning hajmi uy xo‘jaliklari daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.

  3. Iste’mol va jamg‘arma hajmi hamda unga ta’sir ko‘rsatuvchi omilar o‘rtasidagi bog‘liqlik iste’mol va jamg‘arma funksiyasi deyiladi. Bu funksiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko‘ra, jamg‘arma banklarning real foiz stavkasi qanchalik Yuqori bo‘lsa, ularning qiziqishlari Shu qadar kuchli bo‘ladi. J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo‘jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog‘liq emasligini, kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo‘jaliklarining joriy daromadlarini ko‘rsatadi.

  4. Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o‘sib borgan sari ularning jamg‘arishga bo‘lgan moyilliklari Shunchalik oshib boradi.

  5. Amalda jamg‘arish kapital mablag‘lar yoki investitsion sarflar shaklida yuzaga chiqib, u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish, rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi.

  6. Jamg‘arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va Shu sababli milliy daromad hajmi ko‘payishini belgilaydigan omillar, jamg‘arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo‘llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir.

  7. Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo‘yilmadir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana Shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.

  8. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi.



Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   487




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling