Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. YAngi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida AQSH Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi (NBER) tomonidan ishlab chiqilgan atamalardan keng foydalaniladi.84 Unga ko‘ra sikl o‘z ichiga quyidagi to‘rtta fazani, Ya’ni Yuqori nuqta (cho‘qqi, bum), qisqarish (retsessiya, tushkunlik), quyi nuqta (turg‘unlik), jonlanish (kengayish)ni oladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, Yuqorida ko‘rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo‘lib, ularni quyidagi 1-chizma orqali ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |