Iqtisodiyot va menejment
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, etishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
Xulosalar: 1. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tuShuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. 2. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana Shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. 3. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tuShuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi, Ya’ni: urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, er shari aholisi sonining o‘zgarib turishi; ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar. 4. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillar tug‘diradi deb hisoblaydi va quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatadi: asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati; Shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); investitsiyalar, Ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi. 5. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda Shuningdek sof monetar nazariya, nomonetar nazariya, etarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi, jamg‘arish nazariyasi, psixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi. 6. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznets, Kondratev sikllarini keltirish mumkin. 7. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada, ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlar; iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar; takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlari.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling