Iqtisodiyot va menejment
-chizma. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati
Download 1.47 Mb.
|
Iqtisodiyot va menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat unumdorligi
2-chizma. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.
Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o‘zining Shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bo‘lgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, patriarxal xo‘jalikda ham odamlar kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat mujassamlanadi. Xo‘sh, uning o‘ziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat Shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo‘ladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, Ya’ni o‘zi amalga oshib bo‘lganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – mehnatning faqat tovar ishlab chiqarishiga xos bo‘lgan va alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar munosabatini ifodalaydigan o‘ziga xos ijtimoiy shakldir. Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo‘lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo‘qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o‘zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko‘rsatadi. Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o‘zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligining o‘zgarishi tovar birligi qiymatining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Mehnat unumdorligi o‘ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi pasaysa, tovar birligining qiymati oshadi. Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to‘planuv darajasi, tabiiy sharoitlardir. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling