Iqtisodiyot va pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi
Download 25.15 Kb.
|
Amaliyot shartnomasi (6) (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV.Fors-major holatlari
- V. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
III. Tomonlarning javobgarligi
3.1. Universitet va qabul qiluvchi muassasa amaliyotni tashkil etish jarayonida shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul qiluvchi tashkilotning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek, taraflarning javobgarligini kelishib oladi; 3.2. amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish uchun javobgarlik Universitet rektori (direktori) va amaliyot o‘taladigan tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi; 3.3. talabalarning amaliyot reja-jadvali va dasturlarini to‘liq bajarilishiga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekani, kafedra mudiri va universirtetdagi amaliyot rahbari javobgar hisoblanadi. IV.Fors-major holatlari 4.1. Agar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmasligi yengib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir etsa, tomonlar bunda bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. 4.2. Mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi; V. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi 5.1. Majburiyatni bajarishni bir tomonlama bosh tortishga shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 5.2. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar tomonlar o‘rtasida yozma ravishda rasmiylashtirilgan va tomonlar o‘rtasida imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi. 5.3. Shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga tomonlarning kelishuviga muvofiq yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. 5.4. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon ikkinchi tomonga o‘n kun oldin yozma bildirishnoma yuborishi shart. 5.5. Ta’lim muassasasi tegishli hujjatlar asosida tugatilganda bekor qilinadi. Download 25.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling