Iqtisodiyot va pedagogika unversiteti


O`zbekistonda davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki qanday?


Download 191.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1538228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(о)Iqtisodiyotni erkinlashtirishda davlat aralashuvini

O`zbekistonda davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki qanday? 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma`lumotlariga ko`ra davlat ishtirokidagi 
korxonalar soni qariyb uch mingtani (2965) tashkil etadi. Davlat korxonalari soni 
esa 1700 tadan oshiq. 


25 
Joriy yilning fevral oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 
jamoatchilik muhokamasiga “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir 
qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qarori loyihasi taqdim etildi. Loyihada xususiy sektorga davlat ulushlari to`liq 
sotiladigan 1 111 ta korxona va 15 ta davlat ko`chmas mulk ob`ektlari ro`yxatlari 
keltirilgan.
9
Birgina 
Transport 
vazirligi 
huzuridagi 
Avtomobil 
yo`llar 
qo`mitasi 
tizimida 200 dan ziyod (!) loyihalash, qurish, ta`mirlash, rekonstruksiya qilish bilan 
shug`ullanuvchi DUKlar faoliyat yuritadi. 
Ushbu DUKlarning aksariyati xususiy sektorda keng salohiyatga ega korxonalar 
faoliyati bilan deyarli bir xil. 
Bundan 
tashqari, DUKlarga eksklyuziv imtiyozlar berilayotganligi 
xususiy 
sektorning rivojlanishi va raqobat qilishiga to`sqinlik qilmoqda. 
Misol uchun, “O‘zmedimpeks” DUK barcha soliqlardan (QQSdan tashqari). Toza 
hudud” DUK hamda “Maxsustrans” DUK er solig`i hamda davlat maqsadli 
jamg`armalariga majburiy ajratmalarni to`lashdan (YaITdan tashqari) ozod qilingan. 
Yuqoridagilardan ko`rinib turibdiki, davlat ishtirokidagi korxonalarni soni va 
salmog`ini kamaytirish hamda iqtisodiyotda davlat ishtirokini susaytirish muhim 
vazifa bo`lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga mamlakatimizning kelgusi 
iqtisodiy rivojlanishi uzviy bog`liq. 
Biroq buni qanday amalga oshirish kerak? Qaysi yo`ldan borilsa, davlat va xalq 
manfaatlariga zid bo`lmaydi, ayni paytda ko`zlangan maqsadga etiladi?
9
Shodmonov Sh.Sh., Alimov R.H., Jo’raev T.T. Iqtisodiyot nazariyasi. - T.: «Moliya» nashriyoti, 2002. XII bob, 
227-243-b


26 
Bu savollarga javob berish uchun biroz ma`rifiy chekinish qilib, jahon tajribasiga 
nazar solish kerak. 
Xorijda davlat tadbirkorligi masalasi 
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ham yirik davlat korxonalari va davlat ulushi mavjud 
kompaniyalar faoliyat ko`rsatadi. Masalan AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, 
Kanada, Italiya, Koreya, Hindiston davlatlari qonunchiligida “davlat 
korporasiyasi”ning huquqiy maqomi belgilangan va bunday tuzilmalar uzoq 
davrdan bo`yon faoliyat ko`rsatib kelmoqda. 
Misol uchun uchun dunyoga mashhur “Airbus Group”, “Renault”, “France Télécom 
(Orange)”, “GDF Suez (ENGIE)”, “EDF” fransuz kompaniyalarida davlat ulushi 
mavjud. Fransiya 2008-2009 yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyin 
iqtisodiyotda davlat ta`sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosat yuritdi. Milliy 
statistika va iqtisodiy tadqiqotlar institutining ma`lumotlariga ko`ra 2014 yilda 
fransuz davlati 1444 kompaniyani nazorat qilib turgan.
Iqtisodiy faoliyatda davlat aralashuvini kamaytirish uchun rivojlangan davlatlarda 
“Yellow Pages Rule” tamoyili joriy etilgan. 
Unga ko`ra, xususiy sektordagi u yoki bu faoliyat turini davlat ulushi mavjud 
tashkilotlar takrorlashiga, ya`ni shu soha va yo`nalishlarda davlat korxonalari tashkil 
etilishi va faoliyat yuritishiga yo`l qo`yilmaydi. 
Bizda ham iqtisodiy faoliyatda davlat aralashuvini kamaytirish uchun rivojlangan 
davlatlarda keng qo`llanadigan “Yellow Pages Rule” tamoyilini joriy 
etish maqsadga muvofiq bo`ladi.

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling