Iqtisodiyot va pedagogika unversiteti


Download 191.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi191.84 Kb.
#1538228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
(о)Iqtisodiyotni erkinlashtirishda davlat aralashuvini

 
Kurs ishining tuzilishi. Mundarija, kirish, asosiy qism, 2 ta bob 6 ta paragraf, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 
 
 



II. Asosiy qism 
I BOB. Davlat aralashuvini kamaytirishning asosiy sabablari
 
1.1. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishning afzalliklari 
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga katta 
eʼtibor qaratilyapti. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad iqtisodiyotni erkinlashtirish, 
bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh va jahon standartlariga mos 
mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Prezidentimizning qator Farmonlari 
davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat 
aktivlarini xususiylashtirish masalalarini oʻz ichiga olgan. 
Xususan, 
Prezidentimizning 
2021-yil 
11-fevraldagi 
“Davlat aktivlarini 
xususiylashtirish jarayonlarini yana-da jadallashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonida ham 
xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari 
va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etgan holda davlat aktivlarini 
xususiylashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish amaliyoti yoʻlga 
qoʻyilayotgani qayd etilgan. Farmonga muvofiq davlat aktivlarini ommaviy 
savdolarga qoʻyishda va ularni sotish jarayonlarini tashkil etishda professional 
tashkilotlarni jalb etish Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki “UzAssets” 
investitsiya kompaniyasi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida 
amalga oshirilishi belgilandi. Bunda, ular bilan tuziladigan shartnomalarni 
ekspertizadan oʻtkazish talab etilmasligi investorlar uchun katta imkoniyatlar 
yaratadi. 
Bundan tashqari baholash tashkilotining baholash toʻgʻrisidagi hisobotida tavsiya 
etilgan va uning ekspertiza xulosasida aniqlangan narxni davlat aktivining 
boshlangʻich narxi sifatida majburiy belgilash toʻgʻrisidagi talab amal qilmasligi, 
Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasiga 
davlat aktivlarining boshlangʻich narxini eʼlon qilmagan holda sotish toʻgʻrisida 



eʼlonlar berish hamda 2 tadan kam boʻlmagan takliflar orasida eng yaxshisi asosida 
sotish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati berilgani ham bu boradagi faoliyatni 
yana-da jadallashtirish uchun imkoniyat yaratadi. 
Erkinlik bor joyda yutuq va muvaffaqiyatlarga qozoniladi, zamonaviy bozor 
tamoyillariga moslashish oson kechadi. Shu bois bugun mamlakatimizda 
iqtisodiyotni erkinlashtirish davlat ishtirokini kamaytirish orqali amalga 
oshirilmoqda. Zero, erkin iqtisodiy muhit barqaror mamlakat ravnaq topadi, oʻsish 
nuqtalari koʻpayadi. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
usguvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotda davlat 
ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor 
mavqeini yanada oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini 
rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish 
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
ochiq va demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat ekan, bu boradagi 
asosiy shartlardan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hisoblanadi. 
Milliy taraqqiyot modelimizning asosiy tamoyillaridan biri davlatning bosh 
islohotchilik roli hisoblanib, mavjud iqtisodiy salohiyatdan to‘liq, foydalangan 
holda, barcha kuchlarni yagona maqsad sari yo‘naltirishda davlatning tartibga 
soluvchi vazifasidan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1
Zamonaviy bozor tizimini davlatning aralashuvisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Biroq, aralashuvning uz chegarasi bo‘lib, uning mazkur chegaradan oshib ketishi 
bozor jarayonlarining izdan chiqishiga ta’sir etib, ishlab chiqarish samaradorligi 
pasayadi. Natijada iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, xo‘jalik yuritishni 
1
Sh.Shodmonov, M.Raxmatov “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining ikki chigal tuguni va uning еchimi. Monografiya. 
Toshkеnt: Iqtisodiyot, 2019 yil 



tashkil etish va boshqaruv jarayonlarida davlatning me’yoridan ortiq ishtirokini 
pasaytirish masalasi maydonga tushadi. 
Davlat aralashuvi miqyosini tartibga solish uchun muhim cheklovlar mavjud. 
Masalan, davlat tomonidan bozor mexanizmini izdan chiqaruvchi har qanday 
xattiharakatlarga yo‘l kuyib bo‘lmaydi (umumiy direktiv rejalashtirish, narxlar 
ustidan yalpi nazorat va boshqalar). 
Iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirish, eng avvalo, xususiy mulk 
.ukini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes 
va usiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va 
tarkibiy islohotlarni davom ettirishni taqozo etadi. 
SHunga ko‘ra, Harkatlar strategiyasida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini 
ishonchli himoya ki shishi ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji 
nulidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, 
«Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan tamoyilni amalga 
oshirish borasidagi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, 2017 ning I-
choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi tadbirkorlik subektlari 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes 
ombudsman)ni tashkil etish belgilandi. 
Ombudsman (kadimgi skandinavchada umbop «vakolat», «zimmasiga 
yuklash») qator davlatlarda ijro hokimiyati idoralari va mansabdor shaxslar 
faoliyatida ma’lum fuqarolar guruhining adolat va manfaatlari ta’minlanishini 
nazorat qilish vazifasi yuklatilgan mansabdor shaxs. 
Huquqshunoslar xalqaro assotsiatsiyasi fikriga ko‘ra, ombudsmen instituti bu 
konstitutsiya yoki qonunchilik hokimiyati hujjatlarida ko‘zda tutilgan hamda 
mustaqil jamoatchilik asosidagi yuqori darajadagi mansabdor shaxs tomonidan 
boshqariluvchi xizmat. Mazkur shaxs davlat boshligi oldida mas’ul bo‘lib, 
tadbirkorlardan davlat idoralari, xizmatchilarining noqonuniy xattiharakatlari 



bo‘yicha shikoyatlarni qabul qiladi hamda tadbirkorlik sub’ektlari huquq va qonuniy 
manfaatlarini namoyon etish, ta’minlash va himoya qilish maqsadida harakat qiladi. 
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimining tashkil 
etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimidagi asosiy yangiliklardan biri 
sifatida ta’kidlash mumkin. Davlat boshqaruvining mazkur usuli ko‘plab xorijiy 
mamlakatlarda tadbirkorlar uz xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida 
tuknash keluvchi byurokratik muammolarni xal etishdagi samarali vosita sifatida 
ijobiy rol uynamoqda. 
Xozirgi vaqtda ombudsman instituti boshqaruvning turli shakllari prezidentlik 
respublikasi (Finlyandiya, Fransiya, AKD1), parlament respublikasi (SHveysariya, 
Avstriya, GFR), konstitutsiyaviy monarxiya (Daniya, Norvegiya, SHvetsiya, 
Ispaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Kanada) xukmron bo‘lgan 50 
dan ortiq mamlakatda mavjud. 
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi 
tadbirkorlik sub’ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha 
vakili institutining joriy etilishi bu boradagi faoliyatning jahon andozalariga 
muvofiqligini ta’minlash borasidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi PF-
4725-son Farmoni bilan tasdiqdangan Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi 
to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish, qurilishning barcha 
bosqichlarida shaharsozlik hujjatlarini tayyorlashdan boshlab ob’ektlarni foydalanishga 
topshirishgacha bo‘lgan bosqichlarda tadbirkorlik faoliyati soxdsidagi ruxsat berish 
tartiblari doirasida yagona qoida va talablarni belgilash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxdamasining 2015 yil 7 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish uchun tanlov asosida er uchastkalari berish tartibotlarini va qurilish uchun 
ruxsatnomalar olish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
285son qarori qabul qilingan edi. 



Ma’lumki, 2010 yil 12 noyabrda Birinchi Prezidentimiz tomonidan belgilab 
berilgan konsepsiyada ilgari surilgan muhim qonunchilik tashabbuslaridan birining 
amaliy tadbiqi sifatida 2012 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasining «Oilaviy 
tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonuni e’lon qilindi. Qonunning 3moddasida «Oilaviy 
tadbirkorlik oila a’zolari tomonidan tavakkal qilib va uz mulkiy javobgarligi ostida 
daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik 
faoliyatidir»
2
, deb belgilab berildi. Ushbu qonundan kelib chiqqan xolda, oilaviy 
tadbirkorlikning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib utish mumkin. 
Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, kuchmas 
mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ruyhatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlar 
sonini va muddatlarini qisqartirish maqsadida 2014 yil 7 yanvarda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat 
ruyhatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 84, 111 
moddalariga ko‘ra, kuchmas mulkni davlat ruyhatidan o‘tkazish talab qilinadi. Lekin 
ba’zida ruyhatdan o‘tkazishning murakkab tartibtaomili turarjoy harid qilinganda 
to‘siqka aylanadi. Dna shu sababga ko‘ra har bir davlat mulkni ruyhatdan o‘tkazishni 
soddalashtirishga, texnologik taraqqiyotning muqarrarligini hisobga olib esa, uni 
avtomatlashtirishga intiladi. Buni tasdiqdagan xolda Vazirlar Mahkamasining 
ta’kidlab utilgan Qarori bilan kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ruyhatidan 
o‘tkazish bilan bog‘liq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirishga yo‘naltirilgan 
me’yorlar tasdiqdandi. Kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u xakda tuzilgan 
bitimlarni davlat ruyhatidan azish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi, u yuridik va 
jismoniy shaxslarning er uchastkalariga, binolar va inshootlarga (shu jumladan, er 
osti inshootlariga), ko‘p lik dovdaraxtlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek 
ipotekani hamda binolar va inshootlar va er uchastkalariga bo‘lgan ashyoviy 
2
Ўзбекистон Республикасининг Қонуни. Оилавий тадбиркорлик тўғрисида. 2012 йил 26 апрель. 
3-модда. 


10 
huquqlar 
ipotekasi 
to‘g‘risidagi shartnomalarni, axborotkommunikatsiya 
texnologiyalarini qo‘llab, «yagona oyna» prinsipi1cha davlat ruyhatidan o‘tkazish 
tartibini belgilaydi
:

2017 yil II choragida kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni ruyhatdan o‘tkazish 
tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: 
- bino va inshootlar maydonlaridan kelib chiqqan xolda ularni xatlovdan 
o‘tkazishning differensiallashgan muddatlarini belgilash; 
- kadastr organlarining Davlat soliq qo‘mitasi, «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, 
Adliya vazirligi va boshqa idoralar hududiy bulinmalari bilan real vaqt rejimida 
cha’lumot olish imkonini beradigan o‘zaro elektron axborot almashinuvi tizimini 
joriy etish; 
kuchmas mulkka bo‘lgan huquqlarni qayta ruyhatdan o‘tkazishda uni takroran 
xatlovdan o‘tkazishni taqiqlashni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
Bu borada tegishli U zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining qabul qilinishi 
vakolatli organlar o‘rtasida axborot almashinuvi tartibini soddalashtirish, bino va 
inshootlarni xatlovdan o‘tkazish muddatlarini qisqartirish, vakolatli organlar tomonidan 
amalga oshirilayotgan kadastr ishlari sifatini yaxshilash imkonini beradi. 
Yana bir yo‘nalish investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti 
tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni 
faol jalb qilishdan iborat.
3
2017 yilning IV choragida xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida investitsiyaviy 
jozibadorlikni yanada oshirish bo‘yicha investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 
qonunchilik bazasini, shu jumladan, «Xorijiy investitsiyalar to‘g‘risida»gi, «Xorijiy 
investorlarning huquqlarini himoya qilish choralari va kafolatlari to‘g‘risida»gi, 
«Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarni tanqidiy tahlil qilish, xorijiy 
mamlakatlarning bu sohadagi tajribasini o‘rganish natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal 
3
Raxmatov M.A., B.Z.Zaripov. Klastеr – intеgratsiya, innovatsiya va iqtisodiy o‘sish. T.: Zamin Nashr, 2019 y. 20 
bеt. 


11 
qiladigan, 
investitsiya 
faoliyati, 
xorijiy 
investitsiyalarning 
kirib 
kelishini 
qo‘llabquvvatlaydigan, xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlaydigan «Investitsi-
yalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish 
belgilab berilgan. 
Dasturda belgilangan muhim tadbir korporativ boshqaruviiing zamonaviy 
standartlar va usullarini joriy etish, korxonlarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning 
rolini kuchaytirish hisoblanadi. 
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi 
«Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4720-son Farmoni korporativ boshqaruv tizimidagi 
tamoyil va yondashuvlarni tubdan o‘zgartirish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishni 
belgilab bergan edi. Dasturda mulk tarkibida davlat ulushi bo‘lgan 1100 tadan ortiq 
aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa xo‘jalik birlashmalari faoliyatining samaradorligini 
tanqidiy ko‘rib chiqish hamda bu sohada YAponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va 
boshqa rivojlangan mamlakatlarda kullanilayotgan menejment tizimlari asosida yangi 
uslub va yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish belgilab olingan edi.
4
2017 yil davomida Jahon bankining «Doing Business» xalqaro reytingida 
respublikamizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali 
yaxshi natijalarga erishish nazarda tutiladi. 
Dasturda belgilab berilgan tadbirlardan yana biri mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, 
davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, 
davlatxususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoattashkilotlari va joylardagi 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish hisoblanadi.
4
Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T.,«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2020. – 
784 b


12 

Download 191.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling