Iqtisodiyot va qurulish
ENERGETIKA VAZIRLIGIDA JAHON BANKI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Download 182.73 Kb.
|
KURS ISHI AKBAR AKA 1
ENERGETIKA VAZIRLIGIDA JAHON BANKI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
Energetika vazirligida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Byerde xonim boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlarining ko‘magida energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi va energiya tejamkorlik, energetika sohasini rivojlantirish rejalari, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida energiya resurslari integratsiyasi va bozorini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, joriy yilda umumiy quvvati 4 300 MVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, shu jumladan 2 100 MVt — yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari, 1 200 MVt — ijtimoiy soha obyektlari, xo‘jalik subyektlarining bino va inshootlari hamda xonadonlarda o‘rnatiladigan quyosh panellari, 550 tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan kichik fotoelektr stansiyalarini ishga tushirish rejalariga alohida urg‘u berildi. Bundan tashqari, iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlash tizimlarini rivojlantirish dasturlari, yaqin yillarga mo‘ljallangan istiqbolda yuqori kuchlanishli transformatorlar va uzunligi 5 ming km bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar taqdimot qilindi.
Shu bilan birga, elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarurligini, ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni moliyalashtirish masalalarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. Download 182.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling