Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Agrobiznes va investitsion faoliyat” yo’nalishi 1- kurs talabasi Kurbonov Jahongirning
Fermer xo’jaliklariga berilayotgan imtiyoz va subsidiyalar
Download 300.92 Kb.
|
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB talabasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUBSIDIYALAR
Fermer xo’jaliklariga berilayotgan imtiyoz va subsidiyalar
IMTIYOZLAR 1. 2018-yil 1-apreldan boshlab fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarining paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish uchun iste’mol qilgan elektr energiyasi qiymatini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish amaliyoti joriy etildi. 2. Fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi 3824-son qarori bilan faoliyati davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etildi. 3. Zararkunandalarga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlarda hosilni saqlash tadbirlarini amalga oshirish uchun davlat byudjetidan mablag‘ ajratish tartibi joriy etildi. 4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan korxonalarga davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi o‘rnatildi. SUBSIDIYALAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-sonli Qaroriga asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan korxonalarga davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi joriy etildi. 2. Qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika va agregatlar bilan taʼminlash ishlarini izchil davom ettirish, sohaga tijorat bank va lizing tashkilotlarni jalb etgan holda moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi PQ- 4268-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi PQ-4410-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2021-yil 11-noyabrdagi PQ-7-sonli qarorlari qabul qilindi. Jumladan, kredit yoki lizing shartlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilinganda foiz xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. Mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi texnikasi xaridi uchun texnika qiymatining 15 foiz miqdorida Davlat byudjetidan subsidiya ajratilishi mexanizmi joriy etildi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi Davlat byudjetidan qoplab berilishi belgilandi. 4. 2022-yil 1-martdan boshlab meva-sabzavotchilik klasterlari (kooperatsiyalar) va fermer xo‘jaliklariga – eksport shartnomasi mavjud bo‘lib, meva-sabzavot hosilini xavf-xatardan sug‘urtalash xizmatidan foydalanganda to‘langan sug‘urta mukofotining 50 foizi, biroq sug‘urta pulining 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, sug‘urta puli xavf-xatardan sug‘urta qilinayotgan hosil qiymatining 70 foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. Download 300.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling