Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Agrobiznes va investitsion faoliyat” yo’nalishi 1- kurs talabasi Kurbonov Jahongirning


Fermer xo’jaligining bugdoy yetishtirish tajribasi


Download 300.92 Kb.
bet7/7
Sana09.02.2023
Hajmi300.92 Kb.
#1180941
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurbonov Jahongir 3.1 AGB talabasi

Fermer xo’jaligining bugdoy yetishtirish tajribasi

Individual o‘sish va rivojlanish jarayonida don ekinlari organogenezning fenologik davr va bosqichlarini bosibi o‘tadi. Bu davr va bosqichlarning har bittasi yangi organlar paydo o‘lishi va ma’lum bir tashqi morfologik xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Yillar o‘tib yangi navlarning turli tuproq iqlim sharoiti uchun yaratilishi barcha boshoqli don ekinlarining rivojlanisihi organogenezida ma’lum bir sezilar sezilmas o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Ammo o‘zgarishlar o‘zgarmas qonunga bo‘ysunmas holda bo‘ladi. Don ekinlarining barcha rivojlanish fazalari 2-3 kun ba’zan 5 kunga cho‘zilishi va qisqarishi mumkin. Ammo Bular o‘simlik biologiya va fiziologiyasida katta urin eg‘allaydi. Minglab yillik rivojlanish jarayonida don ekinlarining hamma turlari barcha ekinlar kabi ontogenez davri, ya’ni urug‘ unib chiqqandan yangi urug‘ hosil qilguncha bo‘lgan barcha davr (faza)larni o‘taydi. Rivojlanish fazalarida o‘simlikda morfologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va yangi organlar shakllanadi. Boshoqli don ekinlari quyidagi: urug‘ning unib chiqnsh, to‘planish, naychalash, boshoq tortish (boshoqli don ekinlarida) yoki so‘ta chiqarish (ro‘vaklilarda) gullash va yetilish (sut pishiqligi, mum pishiqligi va to‘la yetilish) kabi rivojlanish fazalarini o‘taydi. O‘simlikning kamida 10% muayan fazaga kirgan payti fazaning boshlanishi va 75% foiz kirgan payti fazaning to‘liq payti bo‘ladi.

O‘zbekistonda uzoq yillar bug‘doy agrotexnikasi va seleksiyasi bo‘yicha deyarli ilmiy ishlar olib borilmagan edi. Faqatgina lalmikor mintaqalarda eqiladigan navlar agrotexnikasi ishlab chiqildi. Respublikada o‘zo‘zini bug‘doy bilan ta’minlash masalasi qo‘yilgandan so‘ng bunga e’tibor berilib, sug‘oriladigan maydonlarda eqiladigan navlar seleksiyasi bilan shug‘ullanib, yangi navlar va ularning agrotexnikasi o‘rganila boshlandi. O‘zbekistonda 1,6 mln ga maydonga don ekilsa, shundan 1,3 ming gektariga sug‘oriladigan maydonlarda kuzgi bug‘doy eqiladi. 300 ming gektardan ziyod lalmi bahorikor maydonlarda bahorgi bug‘doy ekilmoqda. Ekin maydonlari va agrotexnikasining har xil bo‘lgan joylarda yetishtiriladigan bug‘doy agrotexnikasi ham turlicha bulishi mumkin.


Unib chiqishi. Yerga ekilgan sog‘lom urug‘lar qulay sharoitda bo‘rtadi, unadi va yer betiga ko‘karib chiqadi. Urug‘ning unib chiqishi uchun kislorod, harorat va namlik kerak. Don ekinlari donining bo‘rtishi va unishi uchun har xil miqdorda suv kerak bo‘ladi. Masalan, Bug‘doy va javdar (quruq donining vazniga nisbatan) 56% ga yaqin, arpa, suli, makkajo‘xori, tariq va oqjo‘xori - 25% miqdorda suv iste’mol qiladi. Urug‘ning bo‘rtish tezligi muhit haroratiga, donning yirik maydaligiga, konsistensiyasiga, po‘sti bor yo‘qligiga va tuproq hamda boshqa omillarga bog‘liq. Tuproqqa tashlangan urug‘ning bo‘rtishi uchun urug‘da ma’lum fiziologik o‘zgarishlar boradi, lekin unish, rivojlaiish omillariga bog‘liq. Suv urug‘ning bo‘rtishi va fermeitlar faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. Urug‘ning mo‘rtagi endospermaga qaraganda suvni tez shimadi, natijada u unib chiqayotganda qobig‘i yermladi va birlamchi ildiz hamda boshlang‘ich poyalar chiqadi. Ferment(diastaza, proteaza, lipaza va boshqa)lar suvda erimaydigan zapas oziq moddalarni eriydigan oddiy birikmalarga aylantiradi. Chunonchi, kraxmal qandga, oqsil aminoqislotaga, yog‘ glitserin va yog‘ kislotasiga parchalanadi. Bu birikmalarning hammasi birlamchi ildiz qalqonchasi orqali mo‘rtakka keladi. Don ekinlari turli haroratda unib chiqadi. Bug‘doy, javdar, arpa, suli donining unishi uchun harorat 1 -2°, maysalanishi uchun kamida 4-5°C bo‘lishi kerak, II guruhdon ekin­lari urug‘ining unishi uchun bundan ham yoqori harorat talab qiladi.
Bug‘doy, arpa, Suli, javdar odatdagi muddatlarda ekilganda maysalari chiqishi uchun muqobil harorat 6° dan 12°C gacha, tariq, makkajo‘xori, jo‘xori uchun 15° dan 18°C gacha va sholi uchun 18° dan 22°C gacha bo‘lishi kerak. Haroratning bundan yoqori ko‘tarilishi maysalar chiqishini kechiktirib, harorat 30-32° ga yotganda I guruhdon ekinlari, 36- 40° ga yotganda II guruhdon ekinlari urug‘i butunlay unishdan to‘xtaydi. Demak, urug‘ning unib chiqishi uchun barcha omillarning tengligini yeddan chiqarmaslik zarur.
Urug‘ murtagining nafas olishi uchun kislorod ham kerak, u yetishmasa, urug‘ kech unib chiqadi. Shuning uchun urug‘ni haddan tashqari chuqur ekish va yer betining qatqaloqlanishi zararli. Urug‘lirik organizm, hatto saqlanayotgan paytda ham nafas oladi, una boshlaganda hayotiy jarayonlar tezlashadi, shuning uchun ham yengil, g‘ovak strukturali tuproqdarda urug‘lar tez unib chiqadi. Urug‘ unayotganda dastlab birlamchi yoki mo‘rtak ildizlari, keyin poyachalari o‘sa boshlaydi. Makkajo‘xori, oqjo‘xori, tariq, sholi bitta; Bug‘doy, arpa, Suli, javdar, esa 3 dan 8 tagacha mo‘rtak ildiz chiqarib ko‘karadi. Urug‘ning yer yoziga chiqishi zarur sharoitlar paydo bo‘lganda dastlabki shakllangan poyacha donning qobig‘ini yerib, yer yoziga chiqishga harakat qiladi. U birinchi yaltiroqbarg, barg novi bilan o‘ralagan bo‘lib, bu nov g‘ilof yoki koleoptile deb ataladi. Rangi yashil, taloqrang, yoki binafsha tusda bo‘lib, poyacha va birinchi yashil bargni mexanik shikastlanishdan himoya qiladi. Poyacha yer betiga chiqishi bi­lan o‘sishdan to‘xtaydi, koleoptile esa navbatdagi bargni chiqarib yeriladi, bu barg yer betiga chiqqach, yashil rangga kiradi. Ana shu yashil barglar maisa chiqqanligini anglatadi. Haqiqiy don ekinlarining maysasi odatda 6-10 kunda chiqadi. Maysa­lar chiqqandan bir hafta keyin o‘simlikda navbatdagi - ikkinchi barg‘ shakllanadi. Uchinchi va to‘rtinchi barglar ham xuddi shuncha vaqtda paydo bo‘ladi. Bug‘doyning maysalari ko‘pincha yashil, javdarniki binafsha va jigarrang, suliniki och yashil, arpaniqi zangori ko‘kimtir, makkajo‘xori vajo‘xoriniki yashil rangda bo‘ladi (11 jadval). To‘planish fazasi don ekinlarining hammasida xar xil biologik omillarni talab qiladi va o‘simlikdagi botanik o‘zgarishlar ham turlicha bo‘lib, hatto bu faza har xil muddatda davom etadi




Xulosa
Ushbu Amaliyot hisobotida O`zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, moliyaviy xo’jalik faoliyatini tahlilini takomillashtirish yoritib berilgan. Mamlakatimizda islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor qonunlari asosida faoliyat ko`rsatishini ta’minlaydigan erkin iqtisodiy makonni vujudga keltirmoqda. O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, jamiyatni modernizasiya qilish jarayonining jadallashishi bozor munosabatlarining ham takomillashib borishini, iqtisodiyotning tobora erkinlashib borishini ta’minlamoqda. Xalq xo`jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida shakllangan va erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish uchun esa har bir korxona barqaror va mustahkam bo`lishi lozim. Raqobatbardoshlikni ta’minlash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan bir qatorda korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini to`g`ri shakllantirish, korxonada inqirozga qarshi dasturni ishlab chiqish va barqaror rivojlantirish strategiyasini belgilashga ko`p jihatdan bog`liq. Buning natijasi o`laroq, 2017−2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining davlat dasturida fermer xo`jaliklari xususida «eng avvalo, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko`rsatish bilan shug`ullanayotgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarini rag`batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish» masalasi qo`yilgan. Fermer xo`jaliklarining moliyaviy mablag`lari hajmi va tarkibi rivojlanish va samaradorlik darajasiga bog`liq. Korxona qanchalik yaxshi ishlasa uning pul daromadlari shunchalik ko`p bo`ladi.
Fermer xo`jaliklari moliyaviy-xo`jalik faoliyatida foydaning quyidagi ko`rsatkichlari hisoblanadi: yalpi foyda, asosiy faoliyatdan olingan foyda, umumxo`jalik faoliyatdan olingan foyda, soliq to`languncha olingan foyda, sof foyda. Demak, xo`jalik faoliyatidan olingan foyda hisoblanayotganda moliya faoliyatidan ko`rilgan foyda hamda soliq to`languncha olingan foyda hisoblanayotganda favqulodda vaziyatlardan ko`rilgan foyda aniqlanadi, e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti jarayonida korxonalarning daromad turlari quyidagicha bo`ladi: Mahsulot (xizmat)ni sotishdan olingan sof tushum, uning hajmini aniqlash uchun sotish summasidan qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz va eksport, bojxona to`lovlari ayirib tashlanadi; Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; Favqulodda foydalar. Sotishdan tushgan tushum-xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning xo`jalik-moliya faoliyatining muhim ko`rsatkichidir. Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko`rsatish jarayonida qiymatga ega bo`lgan mahsulot (ish, xizmat) yaratiladi, uning tovar qismining hajmi sotish narxlarida baholanadi va uni sotishdan tushgan daromad, sotishdan tushgan tushum deyiladi. Rivojlangan xorij mamalakatlari statistikasida ham sotuvdan tushgan tushum (Proceeds From Sales) va buxgalteriya hisobining xalqaro standartida esa (standart № 18 «Daromadlarni qayd qilish») «Daromad» deyiladi. Bu ko`rsatkich fermer xo`jaliklarining moliyaviy faoliyatining muhim ko`rsatkichlari sifatida qaraladi va uning hajmiga ko`ra fermer xo`jaliklarining reytingi va faoliyat faolligi darajasi baholanadi. Sotuvdan tushgan tushum hajmini hisoblash xo`jalik yurituvchi sub’ektda qabul qilingan hisobchilik siyosati (tartib)ga ko`ra ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: xaridorga tovarning jo`natilishi (ishning bajarilishi, xizmatning ko`rsatilishi) va kontragentga tegishli hisob-kitob hujjatlarining topshirilishi (huquq tamoyili); xaridor tomonidan tovar (ish, xizmat) haqining to`lanishi. Bunda naqd pulsiz hisob-kitoblarda korxonaga xizmat ko`rsatuvchi bankdagi hisob-kitob raqamiga pulning kelib tushishi, naqd pullik operasiyalarda-pul korxona kassasiga kirim qilinganidan so`ng (iqtisodiy tamoyil). Bundan ko`rinadiki, xo`jalik yurituvchi sub’ektlarda foyda ko`rsatkichlarini hisoblashda sof tushumlar ko`rsatkichiga asoslanadi (1-jadvalga qarang). Ma’lumki, sotishdan tushgan sof tushum asosida hisoblangan foyda va rentabellik ko`rsatkichlari tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish bilan shug`ullanuvchilar uchun tijorat (moliya) samarasi va samaradorligini baholashda qo`llanadi. Tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarish yoki investisiya loyihasining byudjet samarasi va samaradorligi (respublika va mahalliy byudjetga keltiradigan daromadlari)ni o`rganishda sotuvdan tushgan yalpi tushum ko`rsatkichidan ham foydalaniladi. Respublikamizda amal qilinayotgan hamma qonun va qoidalarga rioya qilgan holda foyda summalari aniqlangandan so`ng, uning statistik tahlili boshlanadi. Bu ishni statistikaning turli uslublari yordamida bajarish mumkin. Hamma uslublarni qo`llash, ishning hajmi oshib ketishiga olib kelishini hisobga olgan holda, biz faqat indeks metodi yordamida foydani tahlil qilish metodologiyasini ko`rib chiqamiz. Ma’lumki, yalpi foydada mahsulotni (ish, xizmatni) sotishdan olingan foyda hissasi juda yuqori. Shu munosabat bilan aynan shu ko`rsatkichga ta’sir etuvchi omillarni o`rganish zarur. Sotishdan olingan foydaga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilar: sotiladigan mahsulot (ish, xizmat) hajmining o`zgarishi; sotiladigan mahsulot (ish, xizmat) tarkibining o`zgarishi; sotiladigan mahsulot (ish, xizmat) tannarxining o`zgarishi; 4) sotiladigan mahsulotga bo`lgan sotish baholari, ish va xizmatlarga bo`lgan tariflarning o`zgarishi kiradi. Ushbu omillarlarning foydaning umumiy summasiga ta’sirini baholash uchun o`tgan va joriy davrdagi sotilgan mahsulotdan (ish, xizmat) tushgan tushum va ishlab chiqarish tannarxi haqida ma’lumotlar mavjud bo`lishi kerak va bu ko`rsatkichlarning joriy davrdagini o`tgan davr baho va tannarxida qayta hisoblash zarur. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan yalpi foydaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar Ko`rsatkichlar 2015 y 2016 y 2016 yilda 2015 yil narx va tannarxida Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan sof tushum, sotish baholarida, ming so`m 18236 20449 19694,8 Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, ming so`m 13859 14723 14690 YAlpi foyda, ming so`m 4377 5726 5004,8 Endi omillar ta’sirini hisoblaymiz: Yuqorida ta’kidlanganidek, birinchi omil-sotilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmining o`zgarishi. Bu omilning ta’sirini o`lchash uchun quyidagi formula bilan sotilgan mahsulotning fizik hajmi indeksi aniqlanadi: Demak, sotilgan mahsulot (ish, xizmat) hajmi 8 % ga oshgan. Boshqa omillar ta’sirini yo`q deb faraz qilib, foyda summasini shu nisbatda o`sganligini aniqlaymiz: Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) tarkibi o`zgarishining foydaga ta’siri quyidagicha o`lchanadi: Foyda summasiga sotilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxini ta’siri tannarx indeksi yordamida hisoblanadi, ya’ni tannarxi indeksining sur’ati bilan maxrajining farqi bilan Tannarxning ortishi bilan foyda summasi korxona 33 ming so`mga kamaygan. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) bahosi o`zgarishining olinadigan foydaga ta’siri baho indeksi sur’ati va maxrajining farqi bilan aniqlanadi, ya’ni: Biz joriy yilda bazis yiliga nisbatan foyda summasi 1349 ming so`mga oshganligini ko`rdik. Xo`sh bu o`zgarishga qaysi omillar ijobiy va qaysi omillar salbiy ta’sir ko`rsatgan ekan? Bu savolga javob berish uchun quyidagi formula bilan ularning birgalikdagi ta’sirini hisoblaymiz: Ko`rinib turibdiki, uchta omil (1,2,4) ijobiy, bitta (3) omil salbiy ta’sir ko`rsatgan. Hisoblangan ma’lumotlar yana shuni ko`rsatadiki, foyda summasi asosan sotish bahosining oshishi va sotilgan mahsulotning assortimenti o`zgarishi hisobidan oshgan. Sotish xarajatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib jo`natish va sotish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni o`z ichiga oladi. Sotish xarajatlarni ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, material xarajatlari, asosiy vositalar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi, reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari bo`yicha tarkiblash va tahlil etish mumkin. Sotish xarajatlarining qoplanishi korxonaning dastlab hisob foydasidan amalga oshiriladi. Ma’muriy xarajatlar qatoriga korxona boshqaruvi bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi salmoyoi sezilarli ulushni tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqaruv apparatini xizmati xarajatlaridir. Boshqa umumxo`jalik xarajatlari qatoriga yuqoridagi tarkibga kiritilmagan xarajatlar ishlab chiqarishni takomillashtirish, o`zlashtirish va yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar kiritiladi
Fermer xo’jalgi xalq xo’jaligining asosiy tarmog'i bo’lib, aholini oziq-ovqat, sanoatni xomashyo bilan ta’minlab beradi. Qishloq xo‘jalik tarkibini о ‘simlikchilik va chorvachilik tashkil etadi. О‘simlikchilik tarkibiga paxtachilik, g'allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, sholichilik va hokazolar kirib, chorvachilikka qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, parrandachilik, pillachiliklardan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida dehqonchilikni rivojlantirishning ilg'or texnologiyalari 212-amaliyotga kirib kelib, keng sinovdan о ‘tmoqda. Istiqbolli texnologiyalarto va ishlab chiqaruvchi subyektlar tomonidan keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, yangi tuzilgan fermer xo‘jaliklari uchun dehqonchilik tarm oqlarida ekinlarniparvarishlash texnologiyalarini bilish zarur. Shu munosabat bilan paxta , g 'alla va chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish usullari berilgan bo ‘lib, undan samarali foydalanish yo ‘li bilan yuqori natijaga erishish mumkin.
Fermer xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarish, avvalo, uning samaradorligini
Oshirishga qaratilgan . Iqtisodiy samaradorlik fermer ishlab chiqarish vositalari va jonli mehnatni qo'llash orqali olingan foydali natija yoki jami resurslar birligiga olingan pirovard natijadir. Xo’jalikning ishlab chiqarish faoliyatiga baho berganda iqtisodiy ко ‘rsatkichlar, yalpi mahsulot va yalpi daromad (foyda)ni nazarda tutamiz. Shu iqtisodiy ко ‘rsatkichlar asosida fermerning iqtisodiy samaradorligi aniqlanib uni oshirishyo‘llari bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi
Fermer xo’jaligini zamonaviy usullar asosida boshqarish, menejment faoliyati va uning iqtisodiy sam aradorligini oshirish yo‘llari ко ‘rsatib о 'tilgan. Xo ‘jalikda menejment faoliyatini nazariy va iqtisodiy asoslari to ‘liq yaratilgan bo ‘lib, uni amaliyotda boshqarish jarayonida qo ‘llash ishlari amalga oshirilmoqda. Qishloq xo ‘jaligi mahsulotlariniyetishtirish, moddiy ta ’minot, tayyor mahsulotlarni saqlash, sotish ishlarini marketing xizmati boshqaradi. Marketing va menejment xizmatini yaxshilash va amaliyotga tezkor joriy etish katta samara manbayi hisoblanadi. Fermer xo ‘jaligi bilan ta ’minot va servis xizmat ко ‘rsatuvchi о‘rtasida bo ‘ladigan iqtisodiy aloqalar, uni takomillashtirish to ‘g ‘risida barcha qonuniy asoslar yaratildi hamda xo ja lik yuritish faoliyatida shartnoma va shartnoma munosabatlari, xo ‘ja lik yillik faoliyat yuritishining biznes-rejasi, ferm erga xizmat ко ‘rsatish banklari va kreditlash mexanizmi, baxtsiz voqealarni inobatga olib mulkni sug'1urtalash xo ja lik faoliyatidan olingan daromadidan yagona yer solig ‘i to 'lash yo jlari, xo jalikda olib boriladigan hisob-kitob ishlarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisoblar to ‘liq yangi tartibda ishlab chiqildi. Unga qonuniy asos yaratilib, iqtisodiy mexanizmlari me ’yoriy hujjatlar asosida qayta amaliyotga joriy etilmoqda.

1




Download 300.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling