Iqtisodiyot va turizm
O`zbekiston-Janubiy Koreya
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
NAMUNA KURS ISHI
O`zbekiston-Janubiy Koreya. Janubiy Koreya bilan hamkorlik ham
O`zbekiston tashqi siyosatining eng muhim yo`nalishlaridan hisoblanadi. Tarixan qisqa davr mobaynida O’zbekiston va Koreya Respublikasi siyosiy, savdo-sarmoyaviy va madaniy-gumanitar yo’nalishlardagi o’zaro manfaatli hamkorlik bo’yicha salmoqli tajriba to’pladilarki, bu ikki mamlakat o’rtasida kelajakda ham amalga oshiriladigan uzoq muddatli loyihalar uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda strategik hamkorlik tufayli mamlakatimizning ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan yuqori texnologiyalar, investitsiyalar kirib kelmoqda. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish kerakki, O’zbekiston va Koreya Respublikasi iqtisodiy va investitsion hamkorligining rivojlanishida sezilarli yutuqlarga erishgan bo’lsada, uning ko`lamini yanada kengaytirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud. Ayniqsa, energetika, to’qimachilik, metallurgiya, elektronika, yuqori texnologiyalar va iqtisodiyotning boshqa sohalarida hamkorlikni yuqori darajaga ko’tarish davlatlarimiz o’rtasidagi istiqbolli aloqalarni rivojlantirish uchun siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekiston va Janubiy Koreya iqtisodiy hamkorligi 2019-yilga kelib o`zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 755,4 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsatgich O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasida 4-o’rinni egallaydi.
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling