Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
Download 108.78 Kb.
|
ilyosbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birlamchi model
- (http://www.ou.uk)
- Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari
Masofaviy ta'lim modellari.
Masofaviy ta'lim (MT) - bu o`qituvchi va o`quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turi. Bu ta'lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab bo`lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun mo`taxasislar mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari. Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o`qituvchiga biriktirilgan bo`lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo`limlar bo`lishi shart. Shunday o`quv kurslarda o`qituvchi va o`quvchilarga o`quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta'limni olish mumkin. Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o`quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o`quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko`p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo`nalishlarni izlanishlarida qullaniladi. 4. 2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb e’lon qilinishi mamlakatimizda yaqin kelajakda aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va axborot texnologiyalari sohasini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri bo‘lib qolishidan dalolat beradi. Bugungi kunda insoniyat taraqqiy etishi ko‘p jihatdan axborot texnologiyalarining rivojlanish shiddatlariga bevosita bog‘liq. XX asrning oxirida, internet tarmog‘i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “elektron hukumat”,“elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot” kabi atamalar paydo bo‘ldi. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilk bor 1995 yilda Massachusets universitetida faoliyat olib borgan amerikalik informatik olim, Nikolas Negroponte tomonidan o‘z hamkasblariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyotning eski iqtisodiyotdan ustunligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida tilga olingan. An’anaviy iqtisodiyotdan ko‘pgina ustunliklarga ega raqamli iqtisodiyot qisqa davrda dastlab rivojlangan mamlakatlarda, keyinchalik dunyo bo‘ylab keng ommalashdi. Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish tizimi bo‘lib, bunga avvalambor onlayn-xizmatlar, masofaviy ta’lim, elektron to‘lovlar, tovar va xizmatlarning internet-savdosi misol bo‘la oladi. Bugungi kunda “raqamli” mamlakatlar ichida yetakchilar bu Norvegiya, Shvesiya hamda Shveysariyadir. Bu borada top-10 davlatlar qatoriga AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur va Janubiy Koreya kiradi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha bir qator choralar amalga oshirib kelinmoqda.Zamonaviy axborot texnologiyalarini jadal rivojlantirish bo‘yicha sharoitlar yaratish, axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni, 2018 yil 3 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu chora-tadbirlar natijasida elektron hujjat aylanishi joriy etildi, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasida normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Shubhasiz, iqtisodiy sektorni raqamlashtirish tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini yaxshilash, hajmi va raqobatbardoshlikni keskin oshirish hamda vaqtni tejash kabi imkoniyatlarni yaratadi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar bank tizimi, chakana savdo, transport, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda qo‘llanilmoqda. Prezidentimizning Parlamentga navbatdagi Murojaatnomasida ham hayotimizning ko‘pgina jabhalarini raqamlashtirish bo‘yicha qator maqsadlar aytib o‘tildi. Jumladan, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish. “Elektron hukumat” tizimining barcha tashkiliy va institutsional masalalarni kompleks yechish, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida “IT-park”lar tashkil etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilishi boshlangan “Bir million dasturchi” loyihasini davom ettirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yaqin 2 yil ichida barcha qishloq va mahallalarni tezkor internet bilan ta’minlash, 12 mingta muassasani tezkor internetga ulash, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Yuqoridagi maqsad va vazifalarni tizimli amalga oshirish uchun hukumatda – Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda, shuningdek, hokimliklarda alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi. Prezidentimizning ushbu tashabbuslari – bugun O‘zbekiston rivojlanishning yangi bosqichini boshlayotgani, yaqin kelajakda davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatdan tubdan yaxshilanishi, turli ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar o‘rtasidagi hamkorlik rivojlanishining garovidir. Biz intilayotgan “raqamli inqilob” natijasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning aksariyati avtomatlashtirilgan servislar yordamida amalga oshiriladi. Bu, o‘z navbatida, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida inson ishtirokini keskin kamaytirib, uzoq yillar davomida yurtimiz ravnaqini ortga surib, aholi turmush sifati va farovonligiga salbiy ta’sir etib kelgan byurokratiya, qog‘ozbozlik hamda korrupsiyaning sezilarli darajada kamayishini ta’minlaydi. 5. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. «Raqamlashtirish» so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba – trakzaksion sektorning o‘sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko‘p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar salmoqli bo‘ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko‘p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi. Ayniqsa, bu – transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularda elektron segmentning ulushi YaIMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko‘rsatkichlar barqaror tarzda o‘sib boradi. Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko‘rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi. Download 108.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling