Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnalogiyalari


Download 198.39 Kb.
bet2/2
Sana05.12.2020
Hajmi198.39 Kb.
#160750
1   2
Bog'liq
IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI

Toshkent Moliya Instituti – 2020

SAIDQULOV FERUZBEK

2-mavzu 1-topshiriq:

  1. AXBOROT KOMPLEKSLARINING TEXNIK TA’MINOTINI IZOHLAB BERING

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti o’z ichiga axborotni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallangan kompyuter texnikasi,axborotlarni uzatish hamda almashishni ta'minlovchi aloqa kommunikatsiya asbobuskunalari,axborotni qayta ishlovchi mutaxassislarni ishini avtomatlashtirishga mo'ljallangan tashkiliy texnik vositalarini oladi.Kompyuterlar xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi,ma’lumotlarning razryad to’rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, guruhlarga bo’lish mumkin: katta kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer), bloknot (notebook) kompyuterlar. Uning ko’rinishi oddiy. U quyidagi asosiy qurilmalardan iborat:

Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topadi.

Bosh plata - barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.

Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma -- mikroprotsessor deyiladi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarni bajaradi.

Sichqoncha – kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.

Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.

Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot almashish imkonini beradi.



Axborot texnologiyalarining texnik ta’minoti tarkibiga quyidagilar kiradi:

# ma’lumotlarni yig’ish va qayd qilish vositalari;

# ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish vositalari;

# datchiklardan ma’lumotlarni qabul qilish vositalari;

# analog-raqamli va raqam-analogli o’zgartirgichlar;

# kommutatorlar va multipleksorlar;

# tarmoq adapterlari;

# selektor va mashrutizatorlar;

# ish stansiyalari va abonent punktlari;

# serverlar;

# ma’lumotlarni saqlash vositalari (xotira qurilmalari);

# mini va mikro EHM hamda mikroprotsessorlar;

# boshqaruvchi kompyuterlar;

# pechatlovchi qurilmalar va uskunalar;

# skanerlar;

# plotterlar;

# kuzatuvchi videoqurilmalar ,turli xil audio qurilmalar ,turli xil aloqa vositalari , nusxa oluvchi qurilmalar;

# turli xildagi ma’lumot tashuvchilar, ma’lumotlarni kiritish va chop etish vositalari, elektro- generatorlar;

# ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalar,himoya qurilmalari, kerakli bo’lgan dastur hamda qurilmalar bilan ta’minlangan shaxsiy kompyuterlar.

Ushbu texnik vositalar quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:

- ishonchlilik;

- resurslardan foydalanishning samaradorligi;

-texnik ko’rsatgichlar jihatidan bir- biriga mos kelishlik;



-tarkibiylik va modellilik.

2-mavzu 2-topshiriq:

TIZIMNING-KOMPLEKSLARINING IT- INFRA TUZILMASINI TAHLIL QILISH.


INTERNET TIZIMLARI: APACHE,MIK RASOFT,IIS,N ET, UNIX

MA’LUMOTLARNI BOSHQARISH VA

SAQLASH

KOMPUTER USKUNA

PLATFORMALARI:

DELL ,IBM,HP



MASLAHATCHILAR

TIZIMI:

IBN,HP

OPERATSION TIZIM PLATFORMALARI:

CHROME,UNI

TELEKOMMUN-

IKATSION

TARMOQLAR:

UNUX,SERVER

KORXONALAR NING DASTUR

ILOVALARI:

SAP,IBN


2-MAVZU 3-TOPSHIRIQ:

Kompyuter texnikasining rivojlanish bosqichlari va turlarini sanab bering.

Kompyuter texnikasi bizga kelguncha ko’plab olimlarning mehnatlari jo bo’lgan.Bilamizki birinchi kompyuterlar juda

katta,og’ir va noqulay ko’rinishda bo’lgan.Hozir esa u o’zimiz

bilan birga olib yuradigan va u siz ishimiz bitmaydigan hayotimiz

bir bo’lagi bo’lib boryapti.Endi aytganimizdek kompyuter texnikasi rivojlanish bosqichlariga to’xtalib o’tsak.

Kompyuter texnikasi rivojlanishi 5 bosqichda o’rganiladi.

1-Bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda."Qo`llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan.Uning vositalari: pero, siyohdon, kitob.Kommunikasiya, ya`ni aloqa odamdan odamgayoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. Bu axborot texnologiyasi insonning aqli rivojlanish davrida paydo bo`lgan.

2-Bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivoj topgan.Uning asosiy vositalari yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.

3-Bosqich. XX asr boshlariga mansub bo`lib, "Elektromexanik" texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o`zgardi.Unda asosiy urg`u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko`chirildi.

4-Bosqich. XX asr o`rtalariga to`g`ri kelib, "Elektron" texnologiyalar qo`llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.

5-Bosqich. XX asr oxiriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo`ljallangan dasturiy vositalarga ega bo`lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo`ljallangan texnik vositalarning o`zgarishi ro`y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. Axborot texnologiyalarining uzoq yillik evolutsion rivojlanishi uni bir necha turlarga bo`linib ketishiga sabab bo`ldi.

2-MAVZU 4-TOPSHIRIQ:

AXBOROT KOMPLEKSIDA KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDA KLASTER TUZING.

1. Til – muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat.

2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir.

3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi,

to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin.

4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi .






Download 198.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling