Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1027908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yacheykalarni formatlash
Excel elektron jadvalida yacheykalarni formatlash deganda yacheykaga 
kiritiladigan ma’lumotlar turlarini belgilash, ma’lumotlarni yacheykalarda joylashuvini 
aniqlash, ma’lumotlar shrifti turini, olchamini, rangini va ko’rinishini tanlash, 
yacheykalar chegara chiziqlarini o’rnatish, yacheykalar rangini tanlsh va yacheykalarni 
himoyalash kabi qator amallarning bajarilishi tushiniladi.


Yacheykalarni formatlash yacheykalarga ma’lumotlar kiritilmasdan avval 
bajariliadi.
Yacheykalrni formatlash asosan «Формат ячеек» buyrug’I yordamida ochiladigan 
«Формат ячеек» nomli muloqat oyna yordamida amalga oshiriladi.
Yacheykalar formatlashdan avval ular belgilab olinadi. Belgilash sichqoncha 
yordamida yoki Shift va kursorni yo’naltiruvchi tugmalar kombinatsiyasi orqali amalga 
oshirish mumkin. Bunda asosan bir qator bir biriga qo’shni yacheykalr belgilanadi. 
O’zaro qo’shni bo’lmagan yacheykalarni belgilash uchun “Ctrl” tugmasini bosib turgan 
holda sichqoncha orqali belgilanadi.
«Формат ячеек» muloqat oynasi «Число», «Выравнивание» «Шрифт», 
«Рамка», «Вид» ва «Защита» nomli bandlardan iborat. Bu bo’limlar faollashtirilganda 
ularga doir tanlanma muloqat oynalar ochiladi.

“Число” bandi tanlanganda yacheykaga kiritiladigan quymatlar turlarini 
ko’rasatuvchi tanlash maydoni ochiladi. Excelda yacheykalarga quyidagi turli 
ma’lumotlarni kiritish mumkin: Umumiy (Общий), Sonli (Числовой), pul birligi bilan 
aniqlanadigan (Денежный), moliyaviy (Финансовый), sana (Дата), vaqt (Время), foiz 
(Процентый), matnli (Текстовый)va boshqalar. Bu tanlanmalarni tanlash bilan 
ajratilgan yacheykalar shu formatga ega bo’lib qoladi. 



«Выравнивание» bandi ma’lumotlarni yacheykada joylashish o`rnini 
belgilaydi. Uning oynasida yacheykadagi ma’lumotlarni gorizontal va vertikal 
joylashtiruvchi, yacheykaga sig’magan so`zlarni ni keyingi qatorga avtomatik ko`chirish, 
yacheykalarni birlashtirish, yozuv yo`nalishini belgilash kabi bir qancha parametrlar 
mavjud. Bu parametrlarni o’rnatish orqali elektron jadval ma’lumotlarini jadvalda 
joylashuvi format qilinadi. 

«Шрифт» bo`limi yordamida yacheykadagi ma’lumotlar shrift turi, o’lchami, 
ko’rinishi, rangi va boshqa parametrlarini o`zgartirish mumkin. 

«Рамка» bo`limi yacheykalarni ramkaga olish uchun xizmat qiladi. Bu 
oynada ikkita ichki maydon mavjud bo`lib, ular ramkaga olish turlarini va ramkaga olish 
chiziqlarining qalinligini belgilaydi.

«Вид» bo`limi ajratilgan yacheykalarni foni rangini o`zgartirish uchun xizmat 
qiladi. 

«Защита» bo`limi yordamida ajratilgan yacheykadagè yozuvlarni 
o`zgarishdan qimoyalab qo`yish mumkin. Bu amalni bajarishdan oldin joriy listni 
qimoyalash zarur, buning uchun “Рецензирование” lentasida joylashgan «Защитить 
листь» buyrug’ini berish va kerakli parolni kiritish kerak bo`ladi. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling