Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar


Yacheykalarga formulalar kiritish


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana18.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1027908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Yacheykalarga formulalar kiritish
Excel jadvali yacheykalariga sonlar va matnlarni kiritishdan tashqari, unga 
hisoblash formulalarini ham kiritish mumkin. Hisoblash formulalarini kiritishda 
yacheykaning birinchi pozitsiyasiga tenglik (=) belgisini kiritish lozim. Faqat shunda 
Excel dasturi bu yacheykaga formula kiritilganligini biladi va u hisoblashni amalga 
oshiradi. Natijada bu yacheykada hisoblangan formula qiymati paydo bо‘ladi. Formula 
о‘zi esa shu yacheyka ostida yashiringan holda saqlanami. Kursor shu yacheykada 
bо‘lganda formula formulalar satri qatorida aks etadi. Formulani shu yacheykada kо‘rish 
uchun esa yacheykani ikki marta tez-tez bosish kerak bо‘ladi. Yacheykaga hisoblash 
formulalarini kiritganda formulada qatnashayotgan о‘zgaruvchilarning о‘zini emas, 
uning qiymatlarining adreslari kо‘rsatilishi lozim. Masalan, Y=4x+9 formulada x ning 
biror qiymati uchun Y ning mos qiymatini hisoblash kerak bо‘lsin. Agar x qiymatini A1 


yacheykaga kiritgan bо‘lsak A2 yacheykaga Y qiymatini chiqarish kerak bо‘lsa, u hoda 
A2 yacheykaga Y=4x+9 emas =4*A1+9 formulani kiritish lozim bо‘ladi. Hisoblash 
formulalarida quyidagi arifmetik amallar ishlatiladi. (–) ayirish; (+) qо‘shish; (/) bо‘lish; 
(*) kо‘paytirish; (^) daraja. Guruhlashda о‘rta qavs ishlatiladi. Agar formulada 
qо‘shiluvchilar yoki ayiriluvchitlar kelsa ular albatta qavs ichiga olinishi kerak. Masalan, 
formulani hisoblash uchun A2 yacheykaga quyidagi formulani kiritish kerak bо‘ladi: 
=(4+A1^2)/(1-A1^3).
Funksiya –bu biror bir qiymat hosil qiluvchi oldindan aniqlangan formuladir. 
Funksiya strukturasi quyidagicha bo’ladi: funksiya nomi, ochilgan qavs, argumentlarning 
nuqta-vergul bilan ajratilgan ro’yhati va yopiluvchi qavsdan iborat bo’ladi. Funksiya 
argumenti sifatida son, matn, mantiqiy qiymat, yacheykalrga murojatlar bo’lishi mumkin.
Yacheykalrga murojat bir yacheykaga yoki yacheykalar to’plamiga bo’lishi 
mumkin. Yacheykalar to’plami ikki nuqta bilan ajratilgan holda beriladi. Masalan A5:C7 
– A5 dan C7 gacha bo’lagn yacheylar to’plamini bildiradi.
Arifmaetik amal belgilari va munosabat belgilari
& - ampersand amali bir necha matnli berilganlarni birlashtirish da ishlatiladi. 
Masalan: “1-kurs” & “2-Pediatriya”&”guruhi talabalari”

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling