Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Murojat operatorlari
Formulalarni kiritishda yacheyka adreslarini yozish qо‘lda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin bо‘lgani uchun ularni avtomatik ravishda yozish ham mumkin, buning uchun yozilishi kerak bо‘lgan yacheykani sichqonchada bir marta kо‘rsatish kifoya. Kо‘p hollarda hisoblash formulalaridan foydalanishda yacheykalar adresini absolyut adreslarga almashtirishga tо‘g‘ri keladi. Chunki formulalardan nusxa kо‘chirishda yacheykalar adreslari ustun yoki satr bо‘yicha siljiydi. Agar absolyut adres qilinsa ular siljimaydi. Masalan, yuqoridagi misoldagi A2 yacheykadan F2 yacheykaga nusxa kо‘chirilsa bu F2 yacheykadagi formula quyidagi kо‘rinishni oladi: =(4+F1^2)/(1- F1^3). Natija esa 4 ga teng chiqadi. Chunki F1 yacheyka bо‘sh. Shu sabab Excel undagi qiymatni 0 deb oladi. Formulalardan nusxa olishda undagi adreslar satr va ustun bshyicha siljimasligi uchun Excelda absolyut adres tushunchasi kiritgan bо‘lib, absolyut adresga о‘tish shu adres ustun va satr raqamlari oldiga $ (doller) belgisi qо‘yilishi bilan bajariladi. Masalan, $F6, G$12. Yuqoridagi misolni qaraydigan bо‘lsak, undagi A2 yacheykaga =(4+$A$1^2)/(1-$A$1^3) formulani kiritish kerak bо‘ladi. Bu shuni kо‘rsatadiki A2 yacheykadan boshqa yacheykalarga nusxa olinsa undagi formula о‘zgarmaydi. Excelda biror varaqda (listda) ish bajarayotganda boshqa varaqdagi ma’lumotlarni ham ishlatish mumkin. Buning uchun boshqa varaq yacheyka adreslari oldiga shu varaq nomi va undov belgisini qо‘yish kifoya, masalan, List1!A5. Yacheykalar guruhiga murojaat etish uchun birinchi va oxirgi yacheykalar adreslari orasiga ikki nuqta qо‘yish kifoY. Masalan, A5:A10 – bu A ustunidagi A5, A6, A7, A8, A9, A10 yacheykalariga murojaatni kо‘rsatadi. A5:E5 – bu 5 satrdagi A5,B5,C5,D5,E5 yacheykalariga murojaatni kо‘rsatadi. Yacheykalar blokiga murojaat esa, masalan S6:E8 kabi yoziladi. Bu 9 ta C6, C7, C8, D6, D7, D8, E6, E7, E8 yacheykalariga murojaatni bildiradi. Yacheykalarga murojaatni yacheykalarni nomlash orqali ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun yacheykani ajratish va menyuning Vstavka-Imya-Prisvoit buyrug‘ini tanlab nom berish kerak. Masalan, A5 yacheykaga RR nom berilgan bо‘lsa, formulada uning о‘rniga RR yozsa ham bо‘ladi. Excel hisoblash formulalarini ishlatishda о‘zining bir qancha standart funksiyalaridan foydalanadi. Excelda funksiya о‘zgaruvchi bо‘lib о‘z nomiga ega va uning qiymatlari unga bog‘liq bо‘lgan argument qiymatlariga bog‘liqdir. Uning argumentlari vergullar bilan ajratilib qavs ichida yoziladi. Funksiya argumentlari sifatida sonlar, yacheyka adreslari, yacheykalar diapazoni, arifmetik ifodalar va funksiyalar ishlatilishi mumkin. Excelda ayrim argumentga ega bо‘lmagan funksiyalar ham mavjud, unga misol qilib sonini olish mumkin. Bu funksiya PI() deb yoziladi va 3.1415... qiymatni qaytaradi. Excelda 400 dan ortiq kategoriyalarga bо‘lingan funksiyalarni ishlatish mumkin. Funksiyalar matematik, moliyaviy, statistik, mantiqiy, matnli, sana va vaqt, MB bilan ish yuritish, massivlar va boshqa kategoriyaga bо‘lingan. kategoriyalarga bо‘lingan. Excelda funksiyalarni kiritishni yengillashtirish uchun standart instrumentlar panelida joylashgan maxsus “master funksiya” deb nomlanuvchi fx piktogrammasi mavjud. Bu piktogramma ikkita oynadan iborat bо‘lib, chap oynada funksiya kategoriyalari nomlari, о‘ng oynada esa shu kategoriyalarga kiruvchi mos funksiyalar tо‘plami keltirilgan. Formulaga bu funksiyalarni qо‘yish uchun ular tanlanadi va uning argumentlari muloqot darchasidan kiritiladi. Darchaning quyi qismida yuqorida tanlangan funksiyalar haqida ma’lumotlar olinadi va ular asosida kerakli formulalar quriladi. Ayrim matematik funksiyalarni quyida keltiramiz: СУММ() – yig‘indini hisoblash, misol =СУММ(A3,A4,A5,A6) yoki =СУММ(A3:A6) ПРОИЗВЕД() - kо‘paytmani hisoblash, misol =PROIZVED(A3,A4,A5,A6) yoki =ПРОИЗВЕД(A3:A6) КОРЕН() – kvadrat ildiz, misol =KOREN(A3+A5) ФАКТР() – faktarialni hisoblash, misol =FAKTR(5) АБС() – modul, misol =ABS(F8-F9) LN() – natural logarifm, misol =LN(A8*F9) LOG() – oddiy logarifm, misol =LOG(4,F8) , bu yerda 4 asos. LOG10() – о‘nlik logarifm, misol =LOG10(A7) SIN() – sinus, COS() – kosinus, TAH() – tangens, ATAN() – arktangens va boshqa. EXP() – eksponenta. МОБР() – teskari matritsani topish. МУМНОЖ() – matritsani matritsaga kо‘paytirish. ЕСЛИ(; ; ) – shartli funksiY. Bu yerda mantiqiy ifoda biror shartni bildiradi, agar shart bajarilsa birinchi ifoda hisoblanadi aks holda ikkinchi ifoda hisoblanadi. Masalan, =ЕСЛИ(A5>ABS(A3+A4); A5+A3; A5+A4) bu yerda agar shart bajarilsa A5 yacheykadagi son A3 yacheykadagiga qо‘shilib shu forula kiritilayotgan yacheykaga yoziladi, aks holda A5 va A4 yacheykalardagi sonlar qо‘shilib yoziladi. Agar shartlar bir necha bо‘lsa, u holda И (va) va ИЛИ (yoki) funksiyalaridan foydalaniladi. И(, , ..) – bu funksiya mantiqiy ifodalardan barchasi chin bо‘lsagina chin qiymatni qabul qiladi. ИЛИ(, , ..) – bu funksiya mantiqiy ifodalardan hech bо‘lmaganda birortasi chin bо‘lsagina chin qiymatni qabul qiladi, aks hoda yolg‘on qiymatli bо‘ladi. НЕ() – inkor etish funksiyasi. Bu funksiya mantiqiy ifoda qiymatini inkor etadi, ya’ni chin bо‘lsa yolg‘on, yolg‘on bо‘lsa chin qiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling