Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar
Siklik jarayonlarni hisoblash
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
Siklik jarayonlarni hisoblash
Kо‘plab masalalarni yechishda takrorlanuvchi hisoblashlarni amalga oshirish talab etiladi. Bunday hisoblashlarni Excel avtomatik ravishda amalga oshirish imkoniyatini beradi. Masalan, yig‘indini yoki kо‘paytmani, yoki bо‘lmasa biror funksiyaning jadval qiymatlarini hisoblash kabi ishlarni amalga oshirishda Excelda kо‘pgina qulayliklar mavjud. Bunday jarayonlarni Excelda yacheykalarga kiritilgan formulalarni boshqa yacheykalarga nusxalash yordamida amalga oshirish mumkin. Nusxalashning quyidagi usullari mavjud: formula kiritilgan birinchi yacheyka bufer xotirasiga olib qolgan yacheykalarga nusxalash, ya’ni kopirovat – vstavit buyruqlaridan foydalanish. formula kiritilgan birinchi yacheykaga kursorni qо‘yish va pastki о‘ng burchagini kо‘rsatib plyus belgisi chiqqach sichqoncha tugmasini bosgan holda oxirgi yacheykaga kelib qо‘yib yuborish. Misol uchun y=2x3+1 funksiyaning [-1, 1] oraliqda 0.2 qadamdagi jadval qiymatlarini hisoblash kerak bо‘lsin. Bunda ma’lumki jadvalimiz ikki ustundan iborat bо‘ladi. Birinchi ustun x qiymatlari, ikkinchi ustun unga mos u qiymatlari. Jadvalda x qiymatlarini birinchi ustunning ikkinchi qatoridan -1 qiymatdan boshlab 0.2 qadam bilan to +1 gacha hisoblash kerak bо‘ladi. Bu hisoblashlarni bajarish uchun birinchi ustunning (A ustunning) ikkinchi qatoriga –1 qiymat beramiz va uchunchi qatorga esa =A2+0,2 formula kiritamiz. Bu yacheykada -0.8 qiymat hosil bо‘ladi. Shu yacheykaga kursorni qо‘yib uning о‘ng pastki burchagini kо‘rsatamiz va plyus belgisi chiqqach sichqonchani bosib +1 qiymat hosil bо‘lguncha pastga siljitamiz. Natijada x о‘zgaruvchining jadval qiymatlarini hisoblaymiz. Funksiyaning qiymatlarini hisoblash uchun ikkinchi, ya’ni B ustunning ikkinchi qatoriga =2*A2^3+1 formulani kiritamiz va Enter tugmasini bosamiz. Natija hosil qilinadi. Shu yacheykaga kursorni qо‘yib uning о‘ng pastki burchagini kо‘rsatamiz va plyus belgisi chiqqach sichqonchani bosib pastga +1 qiymat oldigacha olib kelib tugmani qо‘yib yuboramiz. Natijada funksiyaning jadval qiymatlarini hisoblagan bо‘lamiz. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling