“Iqtisodiyotda information kommunikatsion texnologoyalar” fanidan Mustaqil ish


Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari (TXKM)


Download 355.5 Kb.
bet2/5
Sana22.04.2023
Hajmi355.5 Kb.
#1379169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu O\'zbekistonda onlayn kassa apparatlaridan foydalanish pri (2)

Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari (TXKM)–onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarga uzluksiz servis xizmati ko‘rsatuvchi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar. Ular tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida, onlayn-NKM yoki virutal kassalarni Davlat soliq xizmati organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatadi. TXKM Respublikaning istalgan hududlarida malakali mutaxassislarga ega bo‘lgan filiallarini ochishi yoki sheriklik asosida faoliyat yuritishi belgilangan. TXKM tadbirkorlik subyektlariga o‘rnatilgan onlayn-NKM qurilmalari va virtual kassalarni majburiy tartibda bir yilda bir marta texnik va dasturiy ko‘rikdan o‘tkazib boradi. TXKM tomonidan onlayn-NKM yoki virtual kassa nosozligi davrida tadbirkorlik subyektini bir kun ichida zaxiradagi onlayn-NKM yoki virtual kassa bilan taʼminlashi kerak. Tadbirkorlik subyektlari davlat reyestriga kiritilgan istalgan turdagi onlayn-NKM yoki virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda istalgan texnik xizmat ko‘rsatish markazlariga ro‘yxatdan o‘tishi uchun ariza taqdim qilishi mumkin.

Onlayn-NKM yoki virtual kassalarni ro‘yxatga olish arizasiga:





  • turg‘un savdo (xizmat ko‘rsatish) shahobcha mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat nusxasi;

  • texnik xizmat ko‘rsatish markazi bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;




  • shaxobcha manzilining xaritadagi koordinatasi maʼlumotlari ilova qilinadi.

TXKM 4 ish soat ichida taqdim etilgan maʼlumotlarni maxsus axborot tizimida qayd etadi va ishchi holatga keltirilgan onlayn-NKM yoki virtual kassani tadbirkorlik subyektiga taqdim etadi. Onlayn-NKM yoki virtual kassani Davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Aholi bilan pulli hisob-kitob amalga oshirish jarayonida Onlayn-NKM yoki virtual kassani qo‘llash tartibi quyidagicha:





  • xaridor mahsulot(xizmat) uchun to‘lovni amalga oshiradi;




  • sotuvchi onlayn-NKM yoki virtual kassada to‘lovni qayd etadi, to‘lov maʼlumotlari onlayn NKM yoki virtual kassa orqali fiskal maʼlumotlar operatoriga yuboriladi va xaridorga maxsus QR-kodli chek taqdim etiladi;




  • fiskal maʼlumotlar operatori o‘z navbatida Davlat soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasiga kassa cheki maʼlumotlarini qayd etadi;




  • xaridor chekning haqiqiyligini maxsus mobil ilova bilan QR-kodni skanerlash orqali tekshiriladi.

Farmon bilan naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich o‘tkazish grafigi tasdiqlandi.








  • o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) besh milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari – 2020 yil 1 avgustdan;

  • o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) yuz million so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlik subyektlari

Download 355.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling