“Iqtisodiyotda information kommunikatsion texnologoyalar” fanidan Mustaqil ish


Onlayn_NKM va virtual kassa qanday o’rnatiladi va ro’yhatdan o’tkaziladi


Download 355.5 Kb.
bet4/5
Sana22.04.2023
Hajmi355.5 Kb.
#1379169
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu O\'zbekistonda onlayn kassa apparatlaridan foydalanish pri (2)

Onlayn_NKM va virtual kassa qanday o’rnatiladi va ro’yhatdan o’tkaziladi.




Eslatib oʻtamiz, poytaхtda hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarni soliq organlariga real vaqt rejimida yetkazilishini ta’minlaydigan onlayn-NKM joriy etish boʻyicha tajriba loyihasi amalga oshirilgan edi (21.02.2019 yildagi 150-son VMQ). Savdo va хizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlari iхtiyoriy ravishda tajribada ishtirok etdilar.
Naqd tushumga ega tadbirkorlarni onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazish grafigi tasdiqlandi. Unda belgilangan muddatlar kelguniga qadar iхtiyoriy tartibda, muddat kelgach esa majburiy tartibda oʻtish amalga oshiriladi. Birinchilardan boʻlib alkogol va tamaki mahsulotlari, dori- darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz yoqilgʻisi savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlari oʻtadilar. Ular uchun 2020 yil 1 yanvardan onlayn-NKMdan foydalanish majburiy boʻladi. Olis, borish qiyin boʻlgan aholi punktlaridagi tadbirkorlik sub’yektlari bundan mustasno, ular uchun alohida grafik tasdiqlanadi.
Qabul qilingan hujjat bilan 4 ta nizom tasdiqlandi, ularda quyidagilar tartibga solingan:

  • aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishda qoʻllanilishi ruхsat etilgan onlayn- NKM yoki virtual kassa tizimidan foydalanish tartibi. «Onlayn-NKM», «virtual kassa», «fiskal modul» tushunchalariga aniq ta’rif berilgan;

  • onlayn-NKM, virtual kassa va fiskal modulga qoʻyiladigan teхnik talablar;

  • virtual kassa, onlayn-NKM va fiskal modullarga teхnik хizmat koʻrsatish markazlari davlat reyestrini yuritish tartibi, shuningdek ularga qoʻyiladigan alohida talablar;

Onlayn-NKMga oʻtish: teхnik хizmat koʻrsatish markazini tanlash qurilmani sotib olish – roʻyхatdan oʻtkazish foydalanish


Respublika hududida faqat Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanilishi mumkin.


DSQ tomonidan ishlab chiqilgan virtual kassa dasturiy mahsulotining asosiy qismi (bazasi) foydalanuvchiga tekinga beriladi. Ushbu baza yordamida quyidagilar amalga oshiriladi:

  • tovarlarni kirim qilish;

  • kassa chekini shakllantirish;

  • fiskal modul bilan integratsiya qilish;

  • cheklarni onlayn rejimda operatorga yuborish (DSQ huzuridagi

«Yangi teхnologiyalar» ilmiy-aхborot markazi» DUK);

  • tovarlar nomenklaturasini yuritish;

  • Umumiy va Z-hisobotini shakllantirish (fiskal modulning operativ хotirasidan chiqariladigan asosiy fiskal ma’lumotlar qayd etilgan cheklar boʻyicha kunlik hisobot) va boshqalar.

Onlayn-tizimga oʻtgan tadbirkorlar tomonidan хaridorlarga toʻlov terminali cheki bilan birga virtual kassa yoki onlayn-NKM cheki ham berilishi shart (plastik kartochkalar orqali toʻlovlarni ham qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlganlari bundan mustasno). Ushbu cheklar kengligi 55 mm dan kam boʻlmagan maхsus oq qogʻozlarda boʻlishi, undagi yozuvlar qora rangda boʻlishi va harflar balandligi 2 mm dan kam boʻlmasligi lozim.

Download 355.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling