«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja chayqovchilari”
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- qiz jamiyat
qog‘ozlar, valyuta, tovar narxining pasayishidan foydalanuvchi birja chayqovchilari”
(IL,6). Bu tushuncha iqtisodchilar tilida ayiqlar deb ataladi O‘zbek tilida etuk so‘zidan etuklik yasalgan. Bu “jismoniy jihatdan to‘la rivojlanganlik, kamolatga etganlik, bilimli, ilmlilik” ma’nolarini anglatadi. Iqtisodiyotda esa etuklik maxsus termin sifatida quyidagi defirinitsiyaga ega: “Tovarni sotish sur’atlarining asta-sekin pasayish davri” (IL) To‘g‘ri, bu kabi terminlar kam miqdorni tashkil etadi. Biroq, iqtisodiyot terminologiyasida semantik-sintaktik usul bilan yasalgan, ya’ni birikma terminlar tez-tez qo‘llanib turilishi mumkinligini tasdiqlovchi o‘nlab dalillarga egamiz. Fikrimizning tasdig‘i uchun ayrim misollarga murojaat etamiz. Biror komponenti boshqa sohaning “mulki” bo‘lgan leksema, obrazli qilib aytganda, “etti uxlab tushga kirmaydigan” so‘zlardan ham iborat bo‘lishi mumkin. “Ona jamiyat nazoratida bo‘lgan, bosh aktsionerlik korxonasining shoxobchasi”. “Ishbilarmon lug‘ati”dan olingan bu definitsiya qiz jamiyat deb atalgan. Ko‘rinadiki, iqtisodiyotda, birinchidan ona jamiyat, ikkinchidan qiz jamiyat terminlari mavjud bo‘lib, uning ona va qiz leksemalari bu fanga va amaliyotga mutlaqo aloqador emas. Shu bilan birga, bu birikmalar o‘ziga tegishli leksemalar qurshovida, ya’ni birikmalar tarkibida iqtisodiy mazmun kasb etgan. Bunday o‘ziga xos “ajib” birikma terminlar jumlasiga yana tavakkal kapital, suzuvchi protsent, oltin qamal, valyuta qamali, qalqon kredit, iqtisodiy dastak kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Quyidagi misolga ham e’tibor beraylik: “...Pinxoniy bozor deganda qonunchilik tomonidan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan oldi-sotdi qilish yoki faoliyat bilan shug‘ullanish tushuniladi” (BINA. 22-b). “To‘yingan bozor” ya’ni tovarlar talabga etarli bo‘lgan bozor (BINA,14-b). Shubxali kreditlar deb 3 to‘lov davrida foiz yig‘indisi to‘lanmagan va 1 marta asosiy qarz yig‘indisi to‘lanmagan kreditlarga aytiladi (Kredit, 101-b). Shunday qilib, to‘plangan materiallarni tahlil qilish natijasida metaforik o‘xshatish asosida semantik-sintaktik usulda termin yasashning ko‘lami kengroq ekanligi ayon bo‘ldi. Bu jarayonda o‘zbek tilining quyidagi leksik qatlamlari, aniqroq qilib aytganda, terminologik tizimlarining “boyligi”dan foydalanib kelinmoqda, ya’ni ular boshqa leksemalar qurshovida iqtisodiyot terminologiyasining “mulki”ga aylanib qolmoqda: 30....... Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin: Masalan: chorak reja, normativ qiymat, differentsial renta, yig‘ma ko‘rsatkich, ish haqi darajasi, daromadning qoldig‘i, iqtisodiy integratsiya, bozor hajmi, nisbiy daraja, narx darajasi, foyda miqdori, qiymat o‘lchovi, bo‘linma, qiymat solig‘i; Yana misollar keltiramiz: Bank va mijoz tomonidan belgilanadigan garov qiymati shu mulkning balans qiymatidan farq qilishi mumkin (Mulkdor, 26, 1997). Iqtisodiyot bir maromda, muttasil rivojlanib borishi uchun I bo‘linma mahsuloti resurs bozoridagi talabga, II bo‘linma mahsuloti tovar bozoridagi talabga mos bo‘lishi mumkin (Iq. Naz. 396.) Qoplash koeffitsenti-barcha likvidli mablag‘larning qanchalik darajada qisqa muddatli majburiyatlarning jami yig‘indisini qoplay olishini ko‘rsatadi (Kredit, 62-b.) Bank mijozning arizasida ko‘rsatilgan kredit yig‘indisining asoslanganligini tekshirishi shart (Kredit, 67-b.) 2. Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan: amortizatsiya fondi, mashinalashgan hisob, kreditning elastikligi, talabning Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling