Kirish
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganiga 23 yil bo‘ldi. O‘tgan
davr mobaynida Respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy,
ijtimoiy, huquqiy va
iqtisodiy sohalarda qator islohotlar o‘tkazildi “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonun va
“Milliy dastur”ning qabul qilinishi ta’lim tizimida jiddiy islohotlarni boshlanishiga
asos bo‘ldi. Toshkent мoliya institutida malakali va bilimdon iqtisodchilarni
tayyorlash maqsadida o‘quv dasturlariga bir qator yangi fanlar kiritildi.
«Iqtisodiyotda yozuv texnikasi” ana shunday yangi fanlardan biridir.
«Iqtisodiyotda yozuv texnikasi” iqtisodiyot tili va iqtisodiyot
terminologiyasiga
bag‘ishlangan yangi fandir. Zero, shu kunga qadar bu fan birorta oliy o‘quv yurtida
o‘quv dasturiga kiritilmagan edi. Holbuki, Toshkent мoliya institutida
«Iqtisodiyotda yozuv texnikasi” fanidan 2000 yildan
buyon talabalarga saboq
beriladi.
Mazkur ma’ruzalar bir-biriga uzviy bog‘langan mavzularni qamrab olgan.
Ma’ruzalarda yangi o‘zbek yozuvi va imlo qoidalari,
iqtisodiyot tili va
terminologiyasi, iqtisodiyot terminologiyasining shakllanish tarixi va boyish
manbalari, terminlarni qo‘llash mezoni
va tartibga solish masalalari, iqtisodiyot
tilining uslubi, iqtisodiy terminologiya va ish yuritish muammolari o‘z
ifodasini
topgan. Davr talabidan kelib chiqib qo‘llanmada iqtisodiyot terminologiyasiga
kengroq o‘rin ajratildi.
«Iqtisodiyotda yozuv texnikasi” ilk bor chop etilayotgani uchun ma’ruza
kamchiliklardan xoli emas. Mualliflar ma’ruza yuzasidan
bildirilgan fikr va
tilaklarni mamnuniyat bilan qabul qiladilar.