«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

savdogarchilik (III,8); sarmoya-davlat-mablag‘ (III,51); bay’ona-baho, qiymat, bay 
puli (1, 198); manfaat-foyda-daromad (II,227); boj-xiroj (I,306); dastmoya-farmoya-
naqd-pul-naqdina (II,184); narx-baho (II,433); nafaqa-maosh-xarajat (II,438) va 
boshqalar.
Zero, xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari hayotiy zaruriyat bo‘lgani tufayli 
shu jarayonda bir tildan ikkinchi tilga leksemalar o‘tib turadi. Har bir tilning lug‘aviy 
tarkibida etimologik jihatdan shu tilning o‘ziniki bo‘lgan so‘zlardan tashqari, o‘zga 
tillarning lug‘aviy unsurlari bo‘lishi tabiiydir. 
Zero, Alisher Navoiy asarlarida arabcha va fors-tojikcha lug‘aviy birliklarning 
ko‘plab qo‘llanishining qator ob’ektiv sabablar bilan bog‘liq ekanligi ayrim tadqiqotlarda 
ta’kidlangan. 
Ulardan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek tilida o‘zlashma qatlamning o‘ziga xos 
xususiyatlari aks eta boshlagan. Bunday qatlamlardan tashkil topgan sinonimiya shular 
jumlasidandir. Fikrimizni iqtisodiyotga oid quyidagi sinonimik qatorlar tasdiqlay oladi: 
ahdnoma-shartnoma, narx-baho, sarmoya-daromat-boylik-mablag‘, dastmuzd-
maosh, savdogar-tojir, bozurgon-savdogar, ammol-soliqgir, naqd-pul, boylik naqda-
naqd, tilla, mablag‘-naqd-naqdina. Dalil tariqasida yana misollarga, ya’ni matnli 
manbalarga murojaat etamizki, bunday iqtisodiy lug‘aviy birliklar keng qo‘llanganligini 
tasdiqlaydi: Bir qatla Amir Kofur degan bir mablag‘ vajh shayx Abdulloh jonporaga 
yibordi (Nasoyimul-muhabbat, XU-87). 
Naqdi jonu xirmai umrumni sarf ettim valek, 
Ul sanam qoni’ emas bu mablag‘u miqdorg‘a 
(Xazoyinul-maoniy, IY b-575). 
Orzu aylab necha non naqdini, 
Tark etasen javhari jon naqdini. 
(Hayratul-abror 80-20). 
Xudfurush o‘ldi ul oy, oyo qayondin topqamen, 
Onikim qildi muayyan Yusufi Kan’ong‘a narx. 
(Xazoyinul maoniy, IY b-116). 
Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus 
tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so‘z va terminlar kirib kela boshladi. O‘zbek tili 
leksikasidagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoning chor Rossiyasiga qo‘shib olinishi 
natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan 
bog‘liq edi. 
Asrlar mobaynida arab-fors-tojik tillari o‘zbek tili leksikasining taraqqiyot 
boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili 
o‘ynay boshladi. 
Tabiiyki, ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi rus tili orqali 
qabul qilingan o‘zlashmalar hisobiga ko‘paya bordi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi 
taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at 
boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimining 
kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. 


Davr taqozosi bilan o‘zbek tiliga iqtisodiyot terminlari ham o‘zlashtirila 
boshlandi. 
Chunonchi, o‘sha davr matbuotida qo‘llangan iqtisodiyotga oid ba’zi terminlar 
hozirgi o‘zbek tilida ham (ba’zi juz’iy fonetik o‘zgarishlar bilan) qo‘llanmoqda: veksil-
veksel; -veksil kag‘az- 
beksil rus. “veksel”-veksel. 
Rubao‘ beksilu tanzil ichida nangu nam olmas, Shariat, ham tariqat ishlarig‘a 
ixtekom olmas. (Nodim, DN, 50l); O‘TLT,50.
-blanka qag‘az-bulanka, rus “blank” blank-blank. Ikki adad veksel bulankasig‘a 
qol qoyo‘bdur (TVG, 1902,17); O‘TLT, 43, priskurant-preyskurant rus. Presskurant-
preyskurant. Ul magazinlar har kun tort marataba priskuraet chiqarur ekanlar 
(TVG,1913,32); O‘TLT, 190; kridit-kredit rus. “kridit”-kridit. Ez nalig‘a kridit achsa 
kerak (TVG, 1894, 42) O‘TLT,120; budjet-byudjet; rus. “byudjet”-byudjet. Budjet 
kamissiyasi (s.Farg‘., 1914,31) O‘TLT,45; tavar-tovar, -tavar gazlama. 
Mazkur yarmanka va gazlama tavarning xaridorlari otgan yilg‘a qiyas qilg‘anda 
azgina qiyas qilg‘anda azgina bolubdur (TVG, 189); O‘TLT 225; boxgalter-buxgalter; -
buxg‘altir 
rus “buxgalter”-buxgalter. Bu masalani padshahlik bankasining bogaltirlari 
ham hal qilaalmaslar (s.Turk., 1914,I) Buxg‘altir Asuluf (SAD. 36, 67) O‘TLT, 45; 
banka-bank, banka  
-turk banik-bank-bankaxona-bankaxona-rus “bank”-bank. Va yainki padshahlik axcha 
turadurg‘an kotta banka degan mahkamaga yubarsa kerak (TVG , 1875, 9). O‘TLT, 36: 
berja-birja-berja rus “birja”-birja. Buxara shahrida berja bina qilinganda bizlarni Buxara 
savdogarlari, qanday ittifoq birlan qildilar (TVG, 1913, 15). O‘TLT: 12.
Ba’zi iqtisodiyotga oid terminlar aynan; (hech o‘zgarishsiz) qo‘llanmoqda. Kassir-
kassir; rus “kassir”-kassir-kassir. 
Kassirning pamoshnigi g‘ayib bolub qachubdur (TVG, 1906, 16,) O‘TLT, ...
avans-avans.-rus “avans” avans. Yo‘q ming publarg‘a qadar avans peshaki aqchag‘a 
satub qoyub, vaqtida yetkuralmasdin... (S.Farg‘. 1914,22). O‘TLT, 18. 
Makler-makler. Rus. “makler”-dallol. 
Yaman niyatlik makler (dallol)lar Rusiya mamlakatiga tobe musulmaniya 
fuqaralar arasig‘a xavflik xabarlar tarqatadurlar (TVG, 1908,62) O‘TLT, 130. 
XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida qo‘llangan iqtisodiy birikma 
terminlar hozirgi o‘zbek tilida ham (ba’zi juz’iy o‘zgarishlar bilan) qo‘llanmoqda 
ba’zilari esa tarjima qilingan holda qo‘llanmoqda: kommirchiski banka-

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling