«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- (II,184); narx-baho (II,433); nafaqa-maosh-xarajat (II,438) va boshqalar.
- kommirchiski banka
savdogarchilik (III,8); sarmoya-davlat-mablag‘ (III,51); bay’ona-baho, qiymat, bay
puli (1, 198); manfaat-foyda-daromad (II,227); boj-xiroj (I,306); dastmoya-farmoya- naqd-pul-naqdina (II,184); narx-baho (II,433); nafaqa-maosh-xarajat (II,438) va boshqalar. Zero, xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari hayotiy zaruriyat bo‘lgani tufayli shu jarayonda bir tildan ikkinchi tilga leksemalar o‘tib turadi. Har bir tilning lug‘aviy tarkibida etimologik jihatdan shu tilning o‘ziniki bo‘lgan so‘zlardan tashqari, o‘zga tillarning lug‘aviy unsurlari bo‘lishi tabiiydir. Zero, Alisher Navoiy asarlarida arabcha va fors-tojikcha lug‘aviy birliklarning ko‘plab qo‘llanishining qator ob’ektiv sabablar bilan bog‘liq ekanligi ayrim tadqiqotlarda ta’kidlangan. Ulardan ma’lum bo‘lishicha, o‘zbek tilida o‘zlashma qatlamning o‘ziga xos xususiyatlari aks eta boshlagan. Bunday qatlamlardan tashkil topgan sinonimiya shular jumlasidandir. Fikrimizni iqtisodiyotga oid quyidagi sinonimik qatorlar tasdiqlay oladi: ahdnoma-shartnoma, narx-baho, sarmoya-daromat-boylik-mablag‘, dastmuzd- maosh, savdogar-tojir, bozurgon-savdogar, ammol-soliqgir, naqd-pul, boylik naqda- naqd, tilla, mablag‘-naqd-naqdina. Dalil tariqasida yana misollarga, ya’ni matnli manbalarga murojaat etamizki, bunday iqtisodiy lug‘aviy birliklar keng qo‘llanganligini tasdiqlaydi: Bir qatla Amir Kofur degan bir mablag‘ vajh shayx Abdulloh jonporaga yibordi (Nasoyimul-muhabbat, XU-87). Naqdi jonu xirmai umrumni sarf ettim valek, Ul sanam qoni’ emas bu mablag‘u miqdorg‘a (Xazoyinul-maoniy, IY b-575). Orzu aylab necha non naqdini, Tark etasen javhari jon naqdini. (Hayratul-abror 80-20). Xudfurush o‘ldi ul oy, oyo qayondin topqamen, Onikim qildi muayyan Yusufi Kan’ong‘a narx. (Xazoyinul maoniy, IY b-116). Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so‘z va terminlar kirib kela boshladi. O‘zbek tili leksikasidagi bunday o‘zgarish O‘rta Osiyoning chor Rossiyasiga qo‘shib olinishi natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi. Asrlar mobaynida arab-fors-tojik tillari o‘zbek tili leksikasining taraqqiyot boyishida o‘z o‘rnini egallab kelgan bo‘lsa, qayd etilgan davrdan boshlab bu rolni rus tili o‘ynay boshladi. Tabiiyki, ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko‘ra o‘zbek tili leksikasi rus tili orqali qabul qilingan o‘zlashmalar hisobiga ko‘paya bordi. Rus tilining o‘zbek tili leksikasi taraqqiyotiga ta’siri bu tildan faqat so‘zlar olishdangina iborat bo‘lmay, lug‘at boyligining oshishiga, so‘z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimining kengayishiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Davr taqozosi bilan o‘zbek tiliga iqtisodiyot terminlari ham o‘zlashtirila boshlandi. Chunonchi, o‘sha davr matbuotida qo‘llangan iqtisodiyotga oid ba’zi terminlar hozirgi o‘zbek tilida ham (ba’zi juz’iy fonetik o‘zgarishlar bilan) qo‘llanmoqda: veksil- veksel; -veksil kag‘az- beksil rus. “veksel”-veksel. Rubao‘ beksilu tanzil ichida nangu nam olmas, Shariat, ham tariqat ishlarig‘a ixtekom olmas. (Nodim, DN, 50l); O‘TLT,50. -blanka qag‘az-bulanka, rus “blank” blank-blank. Ikki adad veksel bulankasig‘a qol qoyo‘bdur (TVG, 1902,17); O‘TLT, 43, priskurant-preyskurant rus. Presskurant- preyskurant. Ul magazinlar har kun tort marataba priskuraet chiqarur ekanlar (TVG,1913,32); O‘TLT, 190; kridit-kredit rus. “kridit”-kridit. Ez nalig‘a kridit achsa kerak (TVG, 1894, 42) O‘TLT,120; budjet-byudjet; rus. “byudjet”-byudjet. Budjet kamissiyasi (s.Farg‘., 1914,31) O‘TLT,45; tavar-tovar, -tavar Mazkur yarmanka va gazlama tavarning xaridorlari otgan yilg‘a qiyas qilg‘anda azgina qiyas qilg‘anda azgina bolubdur (TVG, 189); O‘TLT 225; boxgalter-buxgalter; - buxg‘altir rus “buxgalter”-buxgalter. Bu masalani padshahlik bankasining bogaltirlari ham hal qilaalmaslar (s.Turk., 1914,I) Buxg‘altir Asuluf (SAD. 36, 67) O‘TLT, 45; banka-bank, banka -turk banik-bank-bankaxona-bankaxona-rus “bank”-bank. Va yainki padshahlik axcha turadurg‘an kotta banka degan mahkamaga yubarsa kerak (TVG , 1875, 9). O‘TLT, 36: berja-birja-berja rus “birja”-birja. Buxara shahrida berja bina qilinganda bizlarni Buxara savdogarlari, qanday ittifoq birlan qildilar (TVG, 1913, 15). O‘TLT: 12. Ba’zi iqtisodiyotga oid terminlar aynan; (hech o‘zgarishsiz) qo‘llanmoqda. Kassir- kassir; rus “kassir”-kassir-kassir. Kassirning pamoshnigi g‘ayib bolub qachubdur (TVG, 1906, 16,) O‘TLT, ... avans-avans.-rus “avans” avans. Yo‘q ming publarg‘a qadar avans peshaki aqchag‘a satub qoyub, vaqtida yetkuralmasdin... (S.Farg‘. 1914,22). O‘TLT, 18. Makler-makler. Rus. “makler”-dallol. Yaman niyatlik makler (dallol)lar Rusiya mamlakatiga tobe musulmaniya fuqaralar arasig‘a xavflik xabarlar tarqatadurlar (TVG, 1908,62) O‘TLT, 130. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida qo‘llangan iqtisodiy birikma terminlar hozirgi o‘zbek tilida ham (ba’zi juz’iy o‘zgarishlar bilan) qo‘llanmoqda ba’zilari esa tarjima qilingan holda qo‘llanmoqda: kommirchiski banka- Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling