«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

inflyatsiya. 
Masalan: O‘rmalovchi, evida bo‘ladigan inflyatsiya. Bunda narx-navo sekin
o‘rmalagan holda orta boshlaydi. . . . (IN, 254). Suzib yuruvchi inflyatsiya. Bunda narx-
navo tezroq o‘sa boshlaydi (IN,254). Yuguruvchi inflyatsiya yoki giperinflyatsiya. Bu 
haddan tashqari inflyatsiya, narx-navoning shiddat bilan o‘sishi, pul qadrining g‘oyat 
tez pasayishi, pul topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan xarakterlanadi 
(IN,254). Suzib yuruvchi foiz stavkalarini evrodollarli kreditlar misolida ko‘rib chiqamiz 
(Kredit, 88-b) 
Qisqasi, keltirilgan materiallar o‘zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida 
semantik va semantik-sintetik usul, ya’ni leksik birliklarning ma’nosini ko‘chirish yo‘li 
bilan ko‘plab terminlar hosil qilinganini yaqqol tasdiqlaydi. Bu jarayonda metaforaning 
o‘xshatish printsipi muhim rol o‘ynaydi. 
Turkiy tillarda leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo‘llaridan biri affikslar 
orqali so‘z yasashdir. Bu usulning terminlar yasash ko‘lami keyingi davrlarda yanada 
kengaydi, terminologik tizimga mansub terminlarning ayni shu usul bilan 
yasalayotganligi shunday dalolat beradi. 
Ma’lumki, terminlar ham adabiy til doirasida mavjud bo‘lgan so‘z yasash qolip 
(model)lari asosida, shuningdek, derivatsion affikslar asosida yaratiladi. 
Terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri adabiy tilda birmuncha 
kammahsul bo‘lgan affiks, terminologiyada yoki uning biror tizimida faol yoki, aksincha, 
kammahsul bo‘lishi mumkinligidir. 
Masalan, o‘zbek tilining texnika terminologiyasida-gich affiksi o‘ta mahsuldor 
bo‘lsa, tadiqot ob’ektimiz bo‘lgan iqtisodiyot terminologiyasida ushbu affiks ishtirokida 
termin yasalganligini tasdiqlovchi bironta misolga ega emasmiz. 
Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, terminologiyaga oid tadqiqotlardan ma’lum 
bo‘lishicha, biror terminologik tizimda affiksatsiya usuli bilan terminlar yasash bir qadar 
faol bo‘lsa, boshqasida esa kammahsuldir. Masalan, o‘zbek tilining texnika, 
muzikashunoslik, terminologiyalarida termin yasashda ko‘plab affikslar ishtirok etgani 
holda, kasalliklar, dorishunoslik, ximiya terminologiyalarida termin yasovchi 
affikslarning miqdori ancha cheklangan. 
Shu nuqtai nazardan va dallilardan kelib chiqib yondoshilganda, o‘zbek tili 
iqtisodiy terminlarining ma’lum qismini affikslar ishtirokida yasalgan terminlar tashkil 
etishi ma’lum bo‘ldi. Bu masalaga oydinlik kiritishdan oldin iqtisodiyot 
terminologiyasida ishlatilayotgan tub asosli, yana noyasama terminlar ham mavjud 
ekanligini ko‘rsatib o‘tish lozim bo‘ladi. Chunki ularning aksariyati yasama yoki birikma 
iqtisodiy terminlar paydo bo‘lishining asosi hisoblanadi. 
Hozirgi bosqichda iqtisodiyot sohasida qo‘llanayotgan tub terminlarning soni 
yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga asli o‘zbekcha (ba’zilari umumturkiy) yoki o‘zlashma 
(ular o‘zi doir tilda yasama yoki qo‘shma bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zbek tilida 
morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi)terminlar kiradi. Mana 
shunday tub, ya’ni noyasama iqtisodiy terminlar sirasiga quyidagilarni misol qilib


keltirish mumkin: garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, daromad, narx, qarz, 
raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, davlat, fond, 
poshlina, bank va b. Keltirilgan dalillardan ko‘rinib turibdiki, hozirgi bosqichda o‘zbek 
tilining iqtisodiy terminologik tizimida tuzilishi jihatidan sodda, yaxlit o‘zak-negiz 
sifatida qaraladigan tub terminlar ham ancha o‘rinni egallar ekan. 
Shu bilan birga iqtisodiyot terminologiyasida sodda terminlar asosida yuzlab 
yasama terminlar yasalganligini ko‘rish mumkin. 
Affikslarning so‘z yasash sohasida sermahsulligi o‘zbek tilining tub mohiyatidan, 
ya’ni ularning agglyutinativlik xususiyatidan kelib chiqadi. Bunda yangi tushunchalarni 
ifodalash uchun tilda mutlaqo yangidan paydo bo‘lgan leksemalardan emas, balki mavjud 
lug‘aviy birliklarga yasovchi affikslar qo‘shishdan hosil bo‘lgan leksemalardan ham 
foydalaniladi. 
Leksemalarni hosil qiluvchi affikslar yasama terminlar yasalishida ishtirok etadi. 
Kezi kelganda ayrim terminologik ishlarda bunday holatga e’tibor berilmasligini qayd 
etib o‘tishni o‘rinli, deb bilamiz. Chunki, yasovchi unsur vositasida hosil qilingan yasama 
mustaqil ma’noli termin hisoblansa, ular yordamida yuzaga keltirilgan birikmalarning 
birinchi komponenti termin element hisoblanadi. Shu boisdan, quyida birinchi galda 
yasama terminlarni yuzaga keltirgan yasovchi elementlar xususida so‘z yuritiladi. 
Lisoniy dalillardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, iqtisodiyot terminologiyasida 
quyidagi affikslar ishtirokida ayni shu sohaning terminlari hosil bo‘lganligini ko‘rish 
mumkin. 
I.
–chi affiksi ishtirokida. 
O‘zbek tilida juda faol bo‘lgan –chi qo‘shimchasi birinchi galda, turli 
kategoriyalarga oid shaxs nomlarini yasab keladi. Iqtisodiy terminologik tizimida ham u 
iqtisodning biror sohasida ish olib boruvchi shaxs ma’nosidagi ko‘plab terminlarni yasab 
keladi. Masalan, iqtisodchi, xazinachi, saralovchi, ijarachi, iste’molchi, soliqchi, 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling