«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
sudxo‘r, nafaqaxo‘r, merosxo‘r. Islom qonuniga ko‘ra sudxo‘rlik xarom hisoblanadi
(Mulkdor 38, 153). Buning mazmuni shuki, oxiratga olib ketadigan savdo ish shudir, ya’ni o‘ziniki, demakdir, chunki o‘zidan keyin qoldirgan mol-mulk merosxo‘rga qoladi (Mulkdor,38,153). 12. Hozirgi iqtisodiyot terminologiyasida, qayd etilgan affikslardan tashqari, garchi kam miqdorda bo‘lsa-da, yana ayrim affikslar ishtirokida terminlar hosil qilingan. Shunday affiksli iqtisodiy terminlar jumlasiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: a). –m (-im) affiksli terminlar: boqim, bitim, kirim, chiqim. Naqd valyuta-kirim; naqd valyuta chiqim (Bux.H. 86). Davlat yoki boshqa birovga boqim bo‘lish yo‘qola boshladi (Mulkdor,38-son). v). –v (-ov) affiksli terminlar: to‘lov, o‘lchov. Masalan: Kafolat (kafillik) uchinchi shaxs qarz oluvchining to‘lov qobiliyatsizligi yuz bergan (Mulkdor, 38(153). To‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, kirish-chiqim orderi, hisob-kitob cheki tashqi hujjatlar hisoblanadi (Bux.h.87). v). –q (-iq) affiksli terminlar: soliq, sotiq. Soliqlar ikki vazifani o‘taydi (Iq.N, 91). Savdo-sotiq yo‘li inson hayotidagi yagona tovar almashinuvi yo‘li bo‘lib qolgan (Mulkdor, 38). g). –gar affiksli terminlar: savdogar. Masalan: Savdogar ayollarimizning bola-chaqalarini o‘z holiga qo‘yib, xorijga tijoratga borishlari-yu, bozorlarda savdo qilib o‘tirishlariga qanday qaraysiz (Mulkdor, 38). 13. –sh (-ish) affikslari ishtirokida. Hozirgi o‘zbek tilida, xususan, uning terminologik tizimlarida –sh(-ish) affiksi faollashib ketganligi leksikologiya, terminologiyaga bag‘ishlangan qator tadqiqotlarda alohida ta’kidlangan. Ularda bayon etilgan fikrlarning qay darajada to‘g‘ri va haqli ekanligini faktlar ham yaqqol tasdiqlay oladi. Chunki o‘zbek tilining iqtisodiy terminologiyasida mazkur affiks yordamida hosil qilingan yuzlab terminlar o‘z vazifasini bajarib kelmoqda. Masalan: . . . debitor qarzlarni undirish bo‘yicha shartnoma asosida konsalting xizmatlari ko‘rsatilmoqda (Hur. Q. 12,97). Savdoni cheklashlarida milliy daromad bo‘lishi lozim bo‘lgan darajadan past (BINA,157). Xalqaro savdoni erkinlashtirishning uzoq jarayoni davomida ko‘pchilik rivojlangan sanoat mamlakatlari o‘zlarining ta’rif cheklashlarini pasaytiradilar (BINA,156-b). Amalda rivojlantirish eng muhim ho‘jalik mexanizmining dastagi sifatida asosiy zveno bo‘lib hisoblanar edi (BINA, 124-b). Mazkur affiks yordamida yasalgan terminlarning ko‘plab ishlatilayotganligini quyidagi manbada qo‘llangan terminlar ham isbotlaydi: yo‘nalishlar (5), xususiylashtirish (6), shakllantirish, qadrsizlanish, jilovlash, barqarorlashtirish (7), sog‘lomlashtirish, raqobatlashtirish (8). Himoyalash, poklanish (20), aktsionerlashtirish (23) va boshqalar. Keltirilgan misollarning ayrimlari tegishli manbalarda ishlatilgan va “Izohli lug‘at”dan o‘rin olgan bo‘lsa-da, ba’zilari, masalan, xususiylashtirish, barqarorlashtirish, sog‘lomlashtirish, himoyalash, aktsionerlashtirish, tijorat-lashtirish kabilar yangi leksik birliklar sifatida qaralmog‘i kerak. Iqtisodiy terminologik tizimda, qayd etilganlardan tashqari, ayrim murakkab affikslar ishtirokida ham termin yasash ancha faollashganligi kuzatildi. Mana shunday affikslar jumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin. 1. Iqtisodiy terminlarning –chilik affiksi bilan yasalishi. Iqtisodiyotga oid terminologik tizimda –chilik affiksi biror narsa bilan bog‘liq bo‘lgan holatni anglatuvchi terminlarni yasaydi: tijoratchilik, mulkchilik, kasanachilik. Yana misollarga murojaat etamiz: tijoratchilik faoliyatining alohida unsurlar, turli ishga Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling