«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
shunchalik talab o‘zgaruvchan (elastik) bo‘ladi (BINA, 51-b). Ular o‘rtasida vakolatga
ega bo‘lgan brokerlar-maklerlar (dallollar) vositachilik qiladi (BINA, 16-b). Korxona ma’lum bir xildagi mahsulotni realizatsiya qildi va natijada, korxonaning hisob-kitob raqamiga tushum (viruchka) kelib tushdi (Moliya, 13-b). Mamlakatdagi klient (mijoz)lardan ajrab qolmaslik uchun bahoni tushirishga (pasayishga) intiladilar (BINA, 156-b). Ikkinchidan biror komponenti o‘zbekcha terminlar (fors-tojikcha yoki arabcha bo‘lishidan qat’iy nazar), boshqa komponenti esa baynalmilal bo‘lmish birikma terminlar sinonimiyasi ham keng tarqalganki, buni quyidagi misollar bilan tasdiqlay olamiz: (aktsiyadorlar shirkati – hissadorlar shirkati, pul kapital – pul sarmoya, inflyatsiya kursi – pulning qadrsizlanish kursi) va b. Tartibsiz bozor, stixiyali bozor. . . . Bir mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan resurslarning boshqa mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanishi muqobil (alternativ) xarajatlar deyiladi (BINA, 53-b). . . . Bozor iqtisodiyotining ba’zi bir unsurlari eski traditsion (an’anaviy) iqtisod bag‘rida unib chiqqan va rivoj topgan bo‘ladi (BINA, 77-b). Shunindek, ruscha-baynalmilal terminlarni tarjima qilish, ya’ni kalkalashtirish natijasida ham terminologik sinonimiyaning aralash turi yuzaga keladi. Masalan: kreditor – qarz beruvchi, veksel – qarz berish, biznesmen-usta savdogar- ishbilarmon, brakeraj – mol nazorati, obligatsiya – qimmatli qog‘oz, arbitraj – hakamlar sudi, diler-ishbilarmon vositachi savdogar, kredit-ajratma mablag‘, inflyatsiya-pulning qadrsizlanishi, auktsion – kimoshdi kabi. . . . uning bozor iqtisodiyotiga transformatsiyasi (aylana borishi) orqali yuz bergan (BINA, 74-b). Ma’lumki, rus tili XX asrning 60-70 yili mobaynida sobiq ittifoqdagi milliy tillar zamonaviy terminologik tizimlarining shakllanishida o‘zining kattagina ta’sirini ko‘rsatib keldi. Bu jarayon ma’lum ma’noda majburiylik tartibi asosida amalga oshgan bo‘lsa- da, uning ijobiy tomonlari ham mavjud ekanligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Chunki, rus tili va u orqali Evropa tillaridan o‘zbek tiliga o‘zlashgan ko‘plab baynalminal terminlar yangi tushuncha sifatida qo‘llanishi natijasida o‘zbek ilmiy terminologiyasi ham anchagina boyidi va uning uzviy qismiga aylanib qoldi. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasida ba’zi ruscha-baynalminal terminlarni aynan, tarjimasiz qo‘llash ayrim holatlarda o‘zini oqlab keldi. Biroq ona tilimizda ularning aniq muqobillari bo‘lgani va ular ayni bir iqtisodiy tushunchani aniq ifodalab kelgani holda hadeb baynalmilal terminlarni amaliyotga kiritaverish haqli e’tirozlarni keltirab chiqardi. Boy yozma adabiyotga ega bo‘lgan tillarda qo‘llab kelingan va ko‘p tillarda baynalmilal tillarning muqobili sifatida ishlatilishi mumkinligi ayonlashganda tilning ichki imkoniyatlaridan to‘la foydalanish va tegishli terminlarni tarjima qilish to‘g‘ri yo‘l ekanligi ilmiy adabiyotlarda alohida ta’kidlab o‘tilgan. Aniqroq qilib aytilganda, qator baynalmilal terminlarning qo‘llanishini ma’qullaganda, o‘zbek tilining tarixiy an’analarini hisobga olganda, o‘zbek tilining tarixiy an’analarini hisobga olgan holda, terminologiyani tartibga solish ishlarini yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi, ya’ni ma’lum tushunchani ifodalashda milliy va baynalmilal atamalarning har ikkalasi ham terminologik talablarga teng javob bergan hollarda milliy terminning o‘zini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Aksincha, sinonimik qatordagi o‘zbekcha termin ko‘p asosli, ya’ni birikmalardan iborat bo‘lsa yoki tushuncha to‘g‘risida chalkash, noto‘g‘ri fikr tug‘dirsa, bunday hollarda, albatta, baynalmilal termin-afzallikka ega bo‘ladi va uni ilmiy termin sifatida tan olish kerak. Yuqoridagi kabi o‘zbekcha va baynalmilal terminlar o‘zaro sinonimiyasiga bir qancha misollar keltirish mumkin: hisobchi-buxgalter, qarzdor-debitor, so‘rovnoma- Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling