«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Terminning qonun-qoidalar asosida yaratilishi va mezon. 2. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasida sinonimiyaning paydo bo‘lish sabablari.
4-mavzu: Iqtisodiyot terminlarini qo‘llash mezoni va tartibga solish masalalari REJA: 1.Terminning qonun-qoidalar asosida yaratilishi va mezon. 2. O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasida sinonimiyaning paydo bo‘lish sabablari. 3. Iqtisodiy so’z va terminlarni tartibga solish. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida ijtimoiy taraqqiyotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, fan-texnika, madaniyat va san’at, xalq xo‘jaligining xilma-xil tarmoqlari tobora rivoj topib borayotganligi kabi ekstralisoniy omillar minglab yangi tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Binobarin, o‘zbek tilida ana shu minglab tushunchalarni ifodalovchi minglab terminlar ham yuzaga keldi. Pirovardida, ayniqsa, XX asrning 80-yillaridan keyin yangitdan yuzaga kelgan tushunchalarni qay tarzda ifodalash lozimligi masalasi ko‘ndalang bo‘ldi. Bu muammo esa, ochig‘ini aytish kerak, stixiyali ravishda yuz bera boshladi. Natijada har kim o‘z bilganicha “termin” topib yoki “yasay” boshladi. Bunday hatti-harakat oqibati o‘laroq, o‘zbek tilining terminologik tizimlarida xilma-xilliklar paydo bo‘la boshladi. Terminologiyada salbiy deb qaraladigan sinonimiya, omonimiya, polisemiya kabi til hodisalariga keng yo‘l ochib beriladi. Bunday holat barcha terminologik tizimlarda, shuningdek, iqtisodiyot terminologiyasida ham tez-tez ro‘y bera boshladi. Ma’lumki, terminologiya sohasida yuz bergan bunday salbiy holat informatsiya almashish jarayonini qiyinlashtirib yuborishga olib keladi. Shu boisdan iqtisodiyot terminologiyasida sodir bo‘lgan ayrim tartibsizliklarning oldini olish masalasini maxsus ko‘rib chiqish lozimdir. Ma’lumki, barcha sohalarda bo‘lganidek, iqtisodiyot terminologiyasi ham terminlarni tartibga solish masalalari hamisha jamoatchilikning diqqat markazida bo‘lib keldi. Ilmiy jamoatchilik yaxshi biladiki, o‘tgan asrning 30-yillarida til-imlo masalalari bilan bog‘liq ravishda terminologiya muammolar ham tegishli tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan qator tadbirlarda maxsus kun tartibiga qo‘yildi. 1929 yilda bo‘lib o‘tgan Til-imlo konferentsiyasi buning yorqin namunasidir. Natijada S.Ibrohimovning qator maqolalari, U.Tursunning “O‘zbek tili terminologiyasi” nomli risolasi, ko‘plab terminologik lug‘atlar yuzaga keldiki, ular u yoki bu soha terminlarini yanada puxtaroq tartibga solishda muhim rol o‘ynadi. O‘zbek tilidagi bunday terminlarni tartibga solish sohasidagi ishlar sho‘ro hokimiyatining dastlabki yillaridan boshlangan. Turli sohalar bo‘yicha terminologiya lug‘atlarning nashr etilishi terminologiya sohasida ilmiy-tadqiqot ishlar olib borishning kuchayganligi terminologiya sohasida mavjud bo‘lgan ba’zi muammolarni hal etishni taqozo etadi. Barcha fanlar va texnikaga doir terminologik ishlarning maqsadi o‘sha sohalar mutaxassislarininggina emas, balki umuman terminlar vositasida ish ko‘radigan har bir shaxsning bir-biri bilan informatsiya almashish jarayonini amalga oshirishdan iboratdir. Bu jarayon esa lug‘atlar vositasida yanada jadal tus oladi. Shunisi borki, lug‘atda o‘z “tasdig‘i”ni olgan har bir termin bevosita yozma nutqqa-darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy-tadqiqot ishlar, matbuot sahifalariga, qolaversa badiiy adabiyotga ham ko‘chadi. Shunday ekan, har qanday termin u yoki bu tushunchani aniq, to‘g‘ri ifodalashni taqozo etadiki, ular o‘zbek tilining qonun-qoidalariga binoan yaratilishi lozim bo‘ladi. Iqtisod fani bo‘yicha nashr etilgan darslik va qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop asarlar, lug‘atlarda o‘z ifodasini topgan aksar terminlar o‘zbek tilining ichki qonunlari asosida tushunchalarni aniq ifodalayotgani, bu esa o‘qish-o‘qitish jarayonining hozirgi talablar darajasida bo‘lishiga yordam berayotganini ko‘rish mumkin. Qadim-qadimdan ona tilimizda ishlatib kelingan soliq, bozor, ish, pul, mulk, Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling