«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/36
Sana30.01.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1141181
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
«iqtisodiyotda yozuv texnikasi» fanidan

arzonlashtirish-arzon narxda sotish, savdogar-savdo qiluvchi, bozorgir-bozori chaqqon, 
naqdina-naqd pul, bankchi-bank egasi, daromadlilik-daromad keltirish va b. 
O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasida so‘z yasovchi affikslarni o‘rinli yoki 
ayrim hollarda o‘rinsiz qo‘llash natijasida ham ko‘plab variantdor terminlar bo‘ladiki, bu 
xildagi variantdor terminlar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: savdogar-savdo 
pesha, ishchan-ishbilarmon, daromadlilik-serdaromadlik, chegirish-chegirma va 
boshqalar. 
1
Terminologiya màsàlàlàrigà bàg‘ishlàngàn àyrim ishlàrdà sinonimlàrning bu turini vàriàntlàr 
deb àtàlgàn. O‘zbek tili ilmiy-texnikàviy terminologiyasini tàrtibgà sîlish prinsiplàri, T., 1991. 


Ba’zi hollarda ruscha-baynalmilal affikslar bilan o‘zbekcha affikslar teng 
qo‘llanishi natijasida ham variantdorlar hosil bo‘ladi: bankchi-bankir, bizneschi-
biznesmen, aktsiyador-aktsioner. 
Yuqorida iqtisodiyot terminologiyasida birikma terminlarning o‘rni haqida 
batafsil so‘z yuritilgan edi. Shunisi ham borki, bu kabi terminlar aniqlovchi 
komponentining asosi bir xil bo‘lsa-da, hilma-xil qo‘shimchalar bilan shakllanishi 
mumkin. Pirovardida ayni bitta tushunchani ifodalovchi ikki yoki undan ortiq variantdor 
birikma terminlar yuzaga keladi. Masalan: narxsiz raqobat-benarx raqobat, notarif 
to‘siqlar-tarifsiz to‘siqlar, aktsionerlik sertifikati-aktsiyadorlik sertifikati, meros huquqi-
merosxo‘rlik huquqi, birjaviy kurs-birja kursi, ishbay ish-ishbayli ish va b. 
Ba’zi iqtisodiy terminlarni qo‘llashda ham ortiqchalikka (pleonazm) yo‘l qo‘yish 
natijasida sinonimlar paydo bo‘ladi: isloh-islohot, qarz-qarzdorlik, barter-barter 
kelishuvi, boj-boj puli, integratsiya-iqtisodiy integratsiya va b. 
Shuningdek, birikma terminlar variantdorligining yana bir ko‘rinishi borki, 
bunda birikma tarkibidagi leksemalarni, birinchidan ot+ot modeli asosida, ikkinchidan 
sifat+ot modeliga binoan shakllantiradi. “Ishbilarmon lug‘ati”dan olingan quyidagi 
misollar shundan dalolat beradi: birja firmasi-birjali firma, daromadlarni indekslash-
daromadlar indeksatsiyasi kabilar. 
O‘zbek tili iqtisodiyot terminologiyasida yuqorida ko‘rib o‘tilgan lug‘aviy 
sinonimiya, grammatik (morflogik) va variantdorlik, imloviy chalkashliklarning 
mavjudligini, umuman terminologik tizimlar bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarning kamligi, 
tegishli fan mutaxassislari bilan tilshunoslar o‘rtasida aloqaning yo‘qligi, 
terminologik lug‘atlar nashr etishning qoniqarli emasligi, va eng muhimi, terminlarning 
yasalishi, qo‘llanish ustidan nazoratning sustligi bilan izohlash mumkin, deb 
hisoblaymiz. 
Qisqasi, iqtisod fani aniq va tartibli tushunchalarning ifoda vositasi-terminlarning 
ham shu tarzda aniq va tartibli bo‘lishini talab qiladi. Lekin amalda iqtisodiy terminlarni 
qo‘llashda muayyan chalkashliklarning borligi kuzatiladi. O‘zbek tilining iqtisodiyot 
terminologiyasida sinonimiya, terminlarni to‘g‘ri yozish singari bir qator hal qilinmagan 
masalalar shular jumlasidandir. 
Ba’zi muallif va tarjimonlarning iqtisodiy terminlarning yasalish va qo‘llanish 
tartibiga rioya etmasligi tufayli qayd etilgan qator chalkashliklar yuzaga kelgan deb 
o‘ylaymiz. 
Chunki, 
sinonimiya, 
variantdorlik, 
terminlar 
imlosining 
xilma-xilligi 
terminologiyadagi asosiy yo‘nalishlar-tizim va me’yorga solish kabilar zid keladi. 
Terminologiyani me’yorlashtirish ishida fan mutaxassislari bilan tilshunoslarning
hamkorligi yaxshi natijalar berishi mumkin. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda chuqur ijtimoiy-
iqtisodiy islohotlar boshlab yuborildi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 
natijasida xususiy mulk hamda tadbirkorlar manfaatini himoya qilish borasida bir qator 
ishlar amalga oshirildi. Islohotlar taqdiri esa yuqori malakali mutaxassislarga bog‘liqdir.
Etuk 
mutaxassislar 
tayyorlash 
tizimini 
shakllantirishda 
O‘zbekiston 
Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi” muhim ahamiyat kasb etmoqdi. 
Ma’lumki, bakalavr-iqtisodchi mutaxassisligi uchun talaba 4 yil ta’lim oladi. U 4 
yil davomida 45-50 ta fandan reyting natijasi bo‘yicha yakuniy nazorat topshirishi, 4-5 ta 
kurs ishi, diplom ishi yozishi lozim. 


Toshkent Moliya institutida bakalavr-iqtisodchi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha 
tayyorlanadi: kasb-ta’limi (5140900), menejment (5340200), moliya (5340600), bank ishi 
(5340700), soliqlar va soliqqa tortish (5340800), buxgalteriya hisobi va audit (5340900). 
Yuqori malakali bakalavr-iqtisodchilarni tayyorlash esa ta’lim tizimiga bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida kadrlar 
tayyorlash muammosining hal qiluvchi masalasi barcha bosqich o‘quv yurtlarida o‘quv 
adabiyoti bilan ta’minlash ekanligini ta’kidlab o‘tdilar: “ta’lim darslikdan boshlananadi . 
. . deyarli barcha sohada darsliklarimiz ahvoli bugungi va ertangi kun talablari darajasida 
emas”. Shu sababli davr ruhiga mos tushuvchi bozor iqtisodiyoti g‘oyalarini aks 
ettiruvchi yangi o‘quv qo‘llanmalarni, darsliklar hamda ommabop risolalarni yaratish 
bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. 
Toshkent Moliya institutida bu sohada katta ishlar amalga oshirildi. 1997 yildan 
boshlab “Mehnat” nashriyoti iqtisod fanlari fanlari doktori, professor Yorqin Abdullaev 
rahbarligida tayyorlanayotgan “Iqtisod, islohot va moliya-kredit tizimi” turkumini chop 
etmoqda. Turkumni tayyorlashda moliya, kredit, pul, bank, soliq, sug‘urta, investitsiya, 
qimmatli qog‘ozlar, audit, statistika, makro va mikroiqtisodiyot, buxgalteriya hisobi 
sohasida ko‘p yillik nazariy tajribaga ega bo‘lgan etakchi olimlar, mutaxassislar ishtirok 
etishmoqda. 30 ta kitobdan iborat bo‘lgan mazkur turkum savol-javob asosida tuzilgan, 
bo‘lib, ularda iqtisodiy islohotlarni rivojlantirish tamoyillari, bu borada qabul qilingan 
farmon va qarorlar, banklar bilan bo‘ladigan munosabatlar, soliqlar va ularning ijrosi 
xususida so‘z yuritiladi.
Shuningdek, har bir kitobdan o‘rin olgan test savollariga javob berish bilan 
egallangan iqtisodiy bilimlar darajasini sinab ko‘rish mumkin. 
Iqtisodiyotga oid bu qo‘llanmalarga I.Karimovning “Istiqlol yo‘li: muammo va 
rejalar”, “O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, “O‘zbekiston-bozor 
munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li”, “Iqtisodiy islohot: mas’uliyatli bosqich”, 
“O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” va boshqa asarlari asos qilib 
olingan. 
Akademik M.Sharifxo‘jaev va professor A.O‘lmasovning “Iqtisodiyot nazariyasi”, 
M.Sharifxo‘jaev va Yo.Abdullaevning “Menejment” darsliklari, Yo.Abdullaevning 
“Stastika nazariyasi”, A.Vohobov, A.Ibrohimovlarning “Moliyaviy tahlil” dasrliklari
professorlar A.O‘lmasov va N.To‘xlievlarning “Bozor iqtisodiyoti” hamda 
“Ishbilarmonlar lug‘ati” kitoblari va boshqa adabiyotlarda iqtisodiyotga tegishi ko‘plab 
muammolar aks etgan. Bu adabiyotlar faqatgina iqtisodiy bilimlar manbai bo‘lib 
qolmasdan, iqtisodchi bakalavrlarni ma’naviy, madaniy, ijtimoiy, insoniy va 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi iqtisodiy islohotlar iqtisodiyot tilida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga asos 
bo‘layapti. Vujudga kelayotgan iqtisodiy tushunchalar yangi iqtisodiy so‘z va terminlarni 
talab qilayapti. Demak, iqtisodiyot tilining lug‘at tarkibi to‘xtovsiz ravishda boyib 
borayapti. Iqtisodiyot tili haqida so‘z yuritar ekanmiz tushuncha, so‘z, termin, birikma va 
gap haqida qisqacha ma’lumot berishni lozim deb topamiz. 
Tushuncha moddiy borliq, predmet yoki uning xossasi, hodisa yoki voqeaning 
kishi miyasidagi in’ikosi, umumlashgan aksidir. Tushunchaning umumlashtirish 
xususiyati nihoyatda muhim belgidir, chunki inson tajribalarining umumlashtirilgan 
natijasigina tushunchada aks etadi. Tushunchaning umumlashtirish xususiyatlari so‘zda 
ham o‘z ifodasini topadi, chunki tushuncha so‘z ma’nosining yadrosini tashkil qiladi. 
So‘z tilining asosiy birligidir, chunki u birinchidan, konkret predmetlarni yoki abstrakt 
tushunchalarni (voqea-hodisalar, harakat, belgi, holat) ataydi, ikkinchidan grammatik 


qoida-qonuniyatlarga tayangan holda gap tuzish va fikr ifodalash imkonini beradi
uchinchidan, kishi emotsiyasini, ruhiy holatini ifodalaydi. 
Tushuncha va so‘z munosabatini “bozor” leksemasi misolida ko‘rib chiqamiz. 
Ma’lumki, tovar ayiraboshlash bozorning dastlabki shakli bo‘lgan. Bozor bu alohida 
savdo-sotiq qilinadigan joy. Bozor-bu oluvchi bilan sotuvchi uchrashadigan joy. 
Ba’zilar terminni so‘zga qarama-qarshi qo‘yishadi, holbuki terminni ham 
leksikologiya va grammatika kategoriyalari orqali o‘rganish terminning imkoniyatlari 
kengligini tasdiqlaydi. Termin so‘z singari ba’zi xususiyatlarga ega: 
1) Polisemantik, xususan sinekdoxa va metanimiya terminlarda ham bo‘ladi: 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling