Erkin iqtisodiy zonalarni joriy etishdan maqsad : - Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun 2020-yil 17- fevral O’RQ-604-son qabul qilingan va Maxsus iqtisodiy zonalar to’g’risidagi qonunda quydagicha ta’rif berilgan:
- Maxsus iqtisodiy zona — tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud.
- Maxsus iqtisodiy zonalarning turlari
- Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:
- erkin iqtisodiy zonalar;
- maxsus ilmiy-texnologik zonalar;
- turistik-rekreatsion zonalar;
- erkin savdo zonalari;
- maxsus sanoat zonalari.
- Erkin iqtisodiy zona — yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish, shuningdek ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilmani va logistika xizmatlarini rivojlantirishni ta’minlash maqsadlarida tashkil etiladigan hudud.
- Maxsus ilmiy-texnologik zona — innovatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadlarida ilmiy tashkilotlar va ilmiy faoliyat sohasidagi boshqa tashkilotlar (texnologik parklar, texnologiyalarni tarqatish (texnologiyalar transferi) markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlari, biznes-inkubatorlar va boshqalar) to‘plangan hudud.
Erkin iqtisodiy hududlar davlatga nima beradi Erkin iqtisodiy zonalarning turlari - Erkin iqtisodiy zonalarning birinchi shakli erkin savdo zonasi (ESZ) hisoblanadi. Bu dengiz porti yoki aeroportda joylashgan yoki unga yaqin chegaralangan hudud bo’lib, milliy bojxona hududidan tashqarida bo’ladi. Bu erda saqlash, saralash va qadoqlash operatsiyalari amalga oshiriladi. Erkin savdo zonalarida mahsulotlar namoyishi va keyinchalik sotilishi ham ko’zda tutiladi. Bunda mahsulot faqat ulgurji savdo shaklida sotiladi. Chakana savdo faqat dengiz va havo kemalari ekipaji va yo’lovchilariga sotiladi, boshqa hollarda esa ta’qiqlanadi. Bunday zonalar katta investitsiyalar talab qilmaydi va tezda xarajatni qoplaydi.
- Eksport-ishlab chiqarish zonalari. Eksport-ishlab chiqarish zonalari milliy bojxona hududi doirasidagi anklavlar sifatida tavsiflanadi. Mazkur hududlar, odatda, xalqaro portlarga yaqin joylashtiriladi va asbob-uskunalar, yig’ish uchun zarur ehtiyot qismlar va materiallar hududga iqtisodiy siyosat choralari qo’llanilmagan holda olib kiriladi. Import qilinayotgan mahsulot eksport-ishlab chiqarish zonasida qayta ishlanadi va qabul qiluvchi tomonning bojxona aralashuvisiz eksport qilinadi. Bojxona bojini to’lash faqat mahsulot qabul qiluvchi mamlakatning milliy bojxona hududiga kirib borsagina amalga oshiriladi.
- Eksport-ishlab chiqarish zonasi hukumatning alohida qarorlari asosida tashkil etiladi. Ushbu qarorda hududni boshqarishni shakllantirish masalalari, qo’shimcha imtiyozlarni joriy etish hamda boshqa tashkiliy masalalar aks ettiriladi.
- Eksport-ishlab chiqarish zonasini tashkil etish logistika, kommunal va ijtimoiy infratuzilmani yaratish, hudud chegaralarini o’rab olish va bojxona nazoratini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |