Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni
Download 12.64 Kb.
|
Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hud-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish tarixi va bosqichlar
Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko„rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda, ishlab chiqarishga yangi, energiyatejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg’or xorijiy menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga ichki bozorni import o’rnini bosuvchi tovarlar bilan to„ldirish, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish o„rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko’paytirish, oltin-valyuta zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy valyuta barqarorligini mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va xalqaro raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo’l ochib beriladi hamda unga xizmat qiladi.Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida erkin iqtisodiy hududlar katigoriyasini aniqlashda turli xil yondashuvlar mavjud. Bu munozara, asosan, ikki muammoni tahlil qilishga borib taqaladi:- umumlashtiruvchi tushuncha sifatida termin tanlash; - xodisani kengroq, to„laroq ochib berish maqsadida uning aniq izohini toppish EIHlarni ta‟riflovchi qarashlarning xilma-xilligi quydagilar bilan bog„liq: - ular asrlar davomida evolyusion tarzda rivojlanib, o„zgarib, takomillashib boradi; - bu rivojlanish turli mamlakatlarda va davrlarda mavjud bo„lgan turli tuman iqtisodiy muhitda sodir bo„lgan va bo„lmoqda; - ularning rivoji ichki va tashqi omillarga (geografik holat, ish kuchining o„ziga xosligi, jahon iqtisodiyoti konyukturasi va hokazo) juda kuchli ravishda bog„liqdir; - ilmiy-nazariy tushunib etishda, terminlashda va turkumlash yondashuvida darajaning yetarli emasligidir. Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish tarixi va bosqichlarEIHlarni xalqaro iqtisodiy tashkilot sifatida e‟tirof etish mumkin. Chunki, Ular global xarakterga ega, ularning yordamida jahon xo„jaligi aloqalarida butun mintaqalarda juda intensiv integratsiya jarayoni sodir bo„lmoqda. Xalqaro integratsiyaning hozirgi zamon bosqichining o„ziga xos xususiyatlaridan biri iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanishning lokazatsiyalashuvi hisoblanadi. Buni tashkiliy jihatdan ifoda etuvchi bo„lib, EIHni yaratish yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun ularni jahon bozorining milliy iqtisodiyotga qurilgan kichik tuzilmalari, bo„g„inlari deb ham nomlashadi. EIHlarning bunday nomlanishining ham o„ziga xos sabablari mavjud. Buni quyidagilar bilan izohlash mumkin. Download 12.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling