Iqtisodiyotga kirish
Pozitiv va normativ usullar
Download 252.5 Kb.
|
1мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda
- Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi.
- Umumiylashtirish
Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real
hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2012 yilda 0,6 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 2011 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h. k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur va hokazo. Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Iqtisodiy tahlilda “Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda” degan farazdan ham foydalaniladi. Chunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab omillar bir vaqtda, shu bilan birga turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi. Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. SHu sababli ularning alohida olingan omil ta’sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri ham alohida- alohida qarab chiqiladi. Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar - bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy model - faqat asosiy omillardan ozod qilingan soddalashtirilgan nazariy qurilma (sxema). Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar. Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k. Optimallashgan modellar - alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k. Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini oladi. Iqtisodiyotning barcha masalalariga javob berishga layoqatli yagona model mavjud bo‘lmaydi. SHu sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi. Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy etuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi. Iqtisodiy printsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy printsiplarni muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul qilish mumkin. Pepsi ichimligini narxi bilan uni sotib olingan miqdori o’rtasidagi munosabatni olaylik. Faraz qilaylik, sotib olingan Pepsi ichimligini miqdoriga ta’sir kolrsatishi mumkin bo’lgan1 Misol qilib aytadigan bo’lsak, iqtisodchilaming jikricha, haridorlar ma’lum turdagi mahsulotni uning narxi pasaygach ко ’proq sotib olishini aytadilar. Iqtisodchilaming tushunishlaricha haridorlar та ’lum turdagi mahsulotni ba ’zan ko’p miqdorda, ba’zi hollarda kam miqdorda, ba’zan esa umumna sotib olmasliklari mumkin ekan. Harid qilishdagi bunday “narzga bog’liqlik tamoili ” alohida haridorga ham butun haridorlar guruhiga ham tegishlidir. Iqtisodiyotdagi boshqa teng- tannarxli narsalar tamoyili farazlarini ilgari surib, iqtisodchilar boshqa-teng-tannarxli narsalar tamoyili iborasini qo ’llaydilar. Ularning taxminlaricha, nazarda tutilgan boshqa barcha o’zgaruvchi mahsulotlar muayyan analiz uchun Download 252.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling