655.Nazorat paketi – egasini (aksiyadorni) aksiyadorlik jamiyatida amaldagi hokimiyat (ovozlarning ko‘pligi) bilan ta’minlovchi aksiya ulushi.
656.Nizom (ustav) – tashkilotlar korxona (AJ) ning yuridik maqomini belgilovchi ta’sis hujjatlaridan biri. Nizom mazkur tashkilotning tasischilari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
657.“Nou-xau” – ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, ma’muriy, moliyaviy, tijorat va boshqa xalq boyligiga aylanmagan xarakterdagi turli xil bilim va tajribalar yigindisi (majmui). Bu bilim va mahoratlar texnika sohasida odatda chizmalar, qarorlar, tajriba natijalari, formulalar, hisob-kitoblar, usullar, yriqnomalar, texnik xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, kompyuter uchun dasturiy ta’minot va tijorat sohasida mijozlar va etkazib beruvchilar kartotekasi, sotish va ommalashtirishning usul va shakllarini
hujjatlashtirish, moliyalashtirish ma’lumotlari, reklama usullari va xodimlarni o‘qitish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
658.Narx - 1) qiymatning pul ko‘rinishida aks ettirilishi, iste’molchilar tovarga ega bo‘lish uchun to‘lashlari lozim bo‘lgan pul miqdori. Firma belgilagan narx qabul qilinuvchi taklifning qiymatiga mos kelishi lozim; 2) marketing-majmuasi, marketing-miksning samarali vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |