Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
YO g‘ d a e r u v ch i v i t a m i n l a r
Ushbu sinf vitaminlariga A, D, E, K vitaminlar kiradi. Vitamin A – retinol, antikseroftalmik vitamin. Vitamin A betta-ionon hosilalri guruxiga kiradi. Vitamin A inson organizmida turli funksiyani bajaradi Vitamin A ning toza preparatlari – bu tiniq sariq rangli yopishqoq yog‘lar yoki och sariq rangli ninasimon kristallar ko‘rinishida bo‘lib, organik erituvchilar va yog‘larda yaxshi eriydi. Vitamin ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi va havo kislorodi bilan oksidlanadi. Ularni oksidlashdan vitamin S va vitamin E lar saqlaydi.24 Vitamin A etishmasa tekshirilayotgan hayvonlarda membranalar uchun zarur bo‘lgan xolesterin va fosfolipidlar sintezi pasayadi. Organizmning umumiy sezgirligini yuqori darajada saqlashda vitamin A ning ahamiyati katta. Biomembranasining ajralmas qismi sifatida nuklein kislotalar, oqsillar, lipidlar va energiya almashinuviga sezilarli ta’sir qiladi. Vitamin A etishmaganida ko‘z muguz qavatining kurishi –kseroftalmiya (grek.xerox –quruq, ophtalmos –ko‘z) yosh kanalining berkilib qolishi natijasida vujudga keladi. Buning natijasida konyuktivit, shox qavatining yumshashi vujudga keladi - keratomolyasiya (grek.keras –shox, malatia –parchalanish); bu jarayon juda tez rivojlanadi. Avitaminoz A (gipovitaminoz A) uchun xarakterli belgi bo‘lib shapko‘rlik (gemeralopiya) hisoblanadi. Kasallar qorong‘i xonada narsalarni bir-biridan ajrata olmaydilar, kunduzi yaxshi ko‘radilar.Inson 1 kunda 1 mg vitamin A iste’mol qilishi zarur. Xayvon mahsulotlaridan baliq yog‘ida vitamin A (19 % ), hayvon jigarida esa 8%, cho‘chqa jigarida- 4% bo‘ladi. Sariyog‘da - 0,4- 0,5 % , tuxumda -0,4%, sutda- 0,25% bo‘ladi. O‘simlik mahsulotlaridan sabzida 9%, ko‘k piyoz, qizil bolgar qalampirda 2%, o‘rikda 1,6%, oshqovoqda 1,5%, pomidorda 1% bo‘ladi. Sari yog‘ni sariq bo‘lishi, masalan bahor va yozda hayvonlar o‘t orqali ko‘p karotin esa. Ular sap-sariq bo‘lib chiqadi. Texnologik ishlovda 20-40% vitamin A yo‘qoladi. Odamlardagi vitamin A zapasi 1-2 yilga etadi. Uning etishmasligi faqat bolalarda 4 yoshgacha bo‘lishi mumkin. Ko‘p eyish esa zararlanishga olib keladi. A vitamin erkin xoldagiga qaraganda mahsulotlar tarkibida chidamli. Masalan sabzini qirqib saqlansa vitamin a miqdori ortadi. Buni biosintez bilan tushuntirish mumkin. Ko‘plab ilmiy tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, vitamin A ko‘plab oziq-ovqat mahsulotlarida V aktivligini yaxshi yoki to‘la saqlaydi. Ba’zida SO 20% gacha kamaytirishi mumkin. O‘simlik mahsulotlarini qaynatilganini eyilsa A vitamini yaxshi xazm bo‘ladi. Sabzini yog‘da qizdirilganda uning xujayrasida mavjud karotin yog‘da eriydi. Bunda karotin miqdori kamaygan. Uning kamayishi temperatura va saqlash muddatiga bog‘liq. 0-20 S da 2 kun saqlansa, 17%, 4 kunda 23% karotin kamaygan. 4 kunlik 12-13 0S da saqlash 40% karotinni parchalagan. 0-2 0S da 4 kun passerovka qilingan sabzi saqlansa, karotin miqdori umuman kamaymagan. 25 Sutkalik extiyoj: 2,7mg vitamin A yoki 2 - 5 mg ?-karotin. Vitamin D – kalsiferol, antiraxitik vitamin. Uning eng muhim vakillari D2 va D3. D vitamin raxit kasalligini davolash xususiyatiga ega. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra seroidlar guruxiga oid bir necha birikmalar shu nom bilan yuritiladi. Ular orasida haqiqiy vitaminlar D2 vitamin — kalsiferol va D3 vitaminlardir. Oftob nurlari ta’sirida yoki tanani ultrabinafsha nurlari bilan nurlantirilganda terida D vitamin hosil bo‘ladi ya’ni u inson organizmida yorug‘lik nuri ta’siri ostida hosil bo‘ladi. U yo‘g‘on ichakda kalsiyni aktivlashtirish va suyak mineralizatsiyasida ishtirok etadi. Katta kishilarda vitamin D etishmasligi xolatlari kam uchraydi. U yorug‘lik nuri ta’siri ostida hosil bo‘ladi, shuningdek jigar bir yil ta’minlay oladigan D vitamin zapasi yig‘ish qobilyatiga ega. Lekin shimolda ishlaydiganlar, shaxtyorlarga ovqatiga D vitamin qo‘shiladi. YOsh organizmlar uchun D vitamin zarur. D vitamin ovqatda butunlay yoki etarli miqdorda bo‘lmaganida raxit kasalligi kelib chiqadi. (D avitaminoz) Kasallik a’zolarda kalsiy va fosfor almashinuvining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bemorlarning suyagida kalsiy va fosfor tuzlari, asosan, kalsiy fosfat miqdori kamayib, suyaklari yumshaydi, oyoq suyaklari qiyshayadi, kalla kattalashib, uning shakli o‘zgaradi. Raxit bilan og‘rigan bolalarning tishlari yaxshi o‘smaydi, kalla suyaklarining orasi (liqildoq) tez bitmaydi. D vitamin asosan hayvon mahsulotlarida, sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, jigarda, yog‘larda va baliq moyida bo‘ladi. Bundan tashqari u o‘simlik moylarida va achitqilarda ham etarli mikdorda mavjud. O‘simlik mahsulotlarida vitamin D ning miqdori ko‘p emas. Xayvon mahsulotlaridan jigar, tovuq tuxumi, baliq, sut, sariyog‘da ko‘p saqlanadi. D-gipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o‘zgarishlar kuzatiladi. Taloqda va timusda parchalanishini ortishi bilan uning sintezi pasaygan. SHunday xollarda bolalar va kattalarda suyaklarning demineralizatsiyasi yuz beradi, uncha kuchli bo‘lmagan ta’sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Sa va R miqdori ortishi hisobiga yumshoq to‘qimalarda Sa yig‘iladi va buyraklarda tosh hosil bo‘ladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling