Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek


Download 1.62 Mb.
bet1/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1763808
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
kimyo oziq ovqat


KIRISH

Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek: «... mamlakatimizni modernizatsiya qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan iborat». Davlat dasturlarini amalga oshirish o‘z navbatida mamlakatimiz kollejlarida ta’lim yo‘nalishlari va ixtisosliklari bo‘yicha iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash sifatida tubdan yaxshilashni hozirgi zamonning dolzarb masalasi qilib qo‘ymoqda. Bu esa o‘z navbatida kollejlarda o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha halqaro talab va andozalarga to‘la javob beradigan namunaviy dasturlarni yaratishni taqozo etadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma aynan shu maqsadni ko‘zlab tayyorlangan.


Ushbu qo‘llanmada «Tovarlar kimyosi va sifati» fanining nazariyasi, predmeti va metodi ko‘rib chiqilgan bo‘lib, mamlakatimizda bozor munosabatlarining yuzaga kelishi va qaror topishi bilan uyg‘unlashgan holda
bozor iqtisodiyotini ng muhim tushunchalari, kategoriyalari, tasniflari, bozor hodisalari va jarayonlari o‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘lanishlar, ularning rivojlanish qonuniyatlarini iqtisodiy-statistik uslubiyati yordamida o‘rganish masalalari batafsil yoritilgan.
O‘quv predmetining maqsadi — talabalarda: tovarshunoslik nazariyasi, metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy ‘quv malakasini shakllantirish. « Tovarlar kimyosi va sifati» fanini o‘qitishdan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo‘lib, ular talabalarda: tovarshunoslik fanining nazariy asoslari; don va un mahsulotlari; qand, asal, kraxmal va qandolat mahsulotlari; meva va sabzavotlar; lazzatli mahsulotlar; sut va sut mahsulotlari; go‘sht va go‘sht mahsulotlari; baliq va baliq mahsulotlari; oziq-ovqat yog‘lari hamda tuxum va tuxum mahsulotlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishni ta’minlash, hamda ular asosida xulosalar chiqarish bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. Ushbu kursni o‘rganish quyidagi fanlarni bilishni taqozo etadi: marketing asoslari, menejment asoslari, iqtisodiyot nazariyasi, mikroiqtisodiyot, personalni boshqarish va biznes etikasi, tadbirkorlik va biznes asoslari, marketing strategiyasi.
Ushbu fanda ma’ruza va amaliy (seminar) mashg‘ulotlarida muammoli ta’lim texnologiyalari, klaster usullari kabi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Shuningdek, har bir BOBda, kompyuterdan, slaydlardan foydalanish, eshitish (audio) vositalari, ko‘rish (video) vositalari, ko‘rish — eshitish (audiovideo) vositalari, multimedia vositalari ham Internet sahifalari va xizmatlaridan foydalaniladi.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling