Nazorat uchun savollar
Polisaxaridlar kanday moddalar?
Disaxaridlarga kanday uglevodlvar kiradi?
Monosaxaridlarning vakillarini sanab bering
Uglevodlarning inson organizmidagi roli.
Tayanch iboralar va suzlar: uglevod; glyukoza; sorbin kislotalar
MAVZU № 18 ОЗИҚ-ОВҚАТ MAXSULOTLARI TARKIBIDAGI ZARARLI MODDALAR
Tabiiy toksikantlarga biogen aminlar, ba’zi bir alkoloidlar, sianogen gilikozitlar, kumarinlar va boshqa birikmalar kiradi.
Biogen aminlar. Biogen aminlar deb nomlanuvchi tabiiy toksikantlardan ichaklarni kuydiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan serotonin, kiramin, gitsamin, kabilar asosan meva va sabzavotlar tarkibida, masalan, pomidorda 12 mg/kg, olxo‘rida 10 mg/kg gacha, shu bilan birga shokoladda 27 mg/kg gacha serotin mavjud. Pomidor katta miqdorlarda iste’mol qilinganda organizmda formalogik dozalarga teng keladigan serotonin kirishi mumkin.
Tiramin ko‘pincha fermentlashtirilgan mahsulotlarda (xom ashyo tarkibida tiramin miqdori 1100 mg/kg gacha etishi mumkin), shu bilan birga ba’zi bir baliq mahsulotlari bo‘lishi sirkalangan seldda 3000 mg/kg gacha bo‘lishi mumkin.
Gitsomin - qon aylanish reaksiyalarini buzilishi, masalan bosh og‘rig‘ini chaqiradi. Uning miqdori ko‘p hollarda kiramin bilan pishloqda 10 dan 2500 mg/kg gacha, baliq konservalarida, quritilgan baliqda 2000 mg/kg gacha mavjud. Qon bosimi (gepirtoniya) bor bemorlarga pishloq va baliq mahsulotlarini ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Organizmga biroz kuchsizroq ta’sir qiluvchi biogen aminlardan: puressin (ba’zi bir pishloqlarda 680 mg/kg gacha va konservalangan sodda 120 mg\kg) va kadaverinni (ba’zi bir pishloqlarda 370 mg\kg gacha va konservalangan tunsda 100mg\kg gacha) aytib o‘tish lozim.
Bunda putretsin va kadaverin (shu jumladan spersidin) baliq mahsulotlarini saqlash vaqtida ko‘payadi.
Gitsolin miqdori 100mg\kg dan ortiq bo‘lgan mahsulotlar sog‘liq uchun zararli hisoblanadi, shuning uchun gitsolinning bunday miqdori mavjud bo‘lgan mahsulotlani savdoga chiqarish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |