Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Download 0.66 Mb.
|
Academic Paragraph Structure
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi
- Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi
To’rtinchidan, dvlat o’z zimmasiga bozorning tabiatian kelib chiqadiga ayrim holatlari yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi11. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’chiridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlating har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. SHuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‟rsatish mumkin bo’lgan ta„sirni ham hisobga olish mumkin. 90 yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda Keynscha tendentsiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sektor o’rtasidagi munosabatlarni ro’yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning namoyishi bilan tavsiflanadi. Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: 1. Bevosita ta’sir qilish usullari; 2. Bilvosita ta’sir qilish usullari; 3. Tashqi iqtisodiy usullar. Ma’lumki, markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda dvlatning qitisoiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta„sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda, iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi: Ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tomon to’lash orqali mulkni milliylashtirish; Davlat byudjeti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish; Davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va apralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Bu uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda. Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta„sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‟rsatish mumkin: Iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish; Narxlar va ish haqini “muzlatib” qo’yish siyosati. Inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi; Ish bilan bandlik xizmati faoliyati (mehnat birjalari)ni tashkil qilish; Iqtisodiy sohani tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabutsl qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to’g’risidagi, bank sohalari, qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko’zda tutuvchi qonunlar). Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling