Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
-rasm. Iqtisodiyotni tartibga solish vositalari17
Download 0.66 Mb.
|
Academic Paragraph Structure
2-rasm. Iqtisodiyotni tartibga solish vositalari17.
Respublikamiz milliy iqtisodiyotida o’nlab tarmoqlar, minglab korxonalar faoliyat ko’rsatadi. Ularni bir-biri bilan muvofiqlashtirish, mamlakatimiz hududida joylashtirish va mahsulot (xizmat)ga bo’lgan talabni aniqlash har bir tarmoq oldida turgan keng qamrovli masalalar hisoblanadi. Bularni samarali va oqilona hal qilish boshqarishning tarmoq organlari hisoblanuvchi vazirliklar, davlat qo’mitalari, kontsernlar, kontsortsiumlar, assotsiatsiyalar va xolding kompaniyalari zimmasiga yuklatilgan. Vazirlik – o’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo’g’ini hisoblanadi. U tarmoqning ahvoli, rivojlantirish istiqbollari, fantexnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi, mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lgan talabni qondirish uchun mas’uldir. Vazirlikka O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlangan vazir rahbarlik qiladi. Davlat qo’mitalari – vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo’li bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga mo’ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir. Kontsern – ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o’zgarishi, xilmaxilligining ko’payishi) asosida tarkib topadigan ko’p tarmoqli korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxona va muassasalar ixtiyoriylik asosida kiradi. Korporatsiya - bu rivojlangan yirik aktsionerlik jamiyatlari va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalarning negizi bo’lib aktsionerlik jamiyatlari hisoblanadi. Ular muayyan mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi. Korporatsiyalar sarmoyalar kapitalining markazlashuviga yordam beradi, ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki bo’ladi, mahsulotning raqobatbardoshligi va hayotiy tsiklini uzoq davom etishini ta’minlaydi. Konsortsium - aniq vazifalarni, ya’ni fan-texnika, qurilish, tabiatni muhofaza qilish bo’yicha va boshqa yirik dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan birlashmadir. U mustaqil firmalarning vaqtinchalik ittifoqi yoki moliyaviy muammolarni hamkorlikda hal qilish maqsadida tuzilgan banklararo va sanoat korxonalariaro bitim ko’rinishida bo’lishi mumkin. Konsortsium ko’pincha aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta sarmoyali sohalar bo’yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so’ng konsortsium o’z faoliyatini to’xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi. Assotsiatsiya – korxonalarning paychilik asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. U bir yoki bir necha ishlab chiqarish-xo’jalik vazifalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida korxonalarning shartnoma asosida birlashishi natijasida tashkil topadi. Assotsiatsiyalar tarkibiga, odatda, muayyan hududda joylashgan va turdosh kasbga ixtisoslashgan korxonalar kiradi. Xolding kompaniyasi – bu, eng avvalo, moliyaviy jamg’arma bo’lib, korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlik jamiyatlari aktsiyalarining nazorat paketi kompaniyaning ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatish va dividentlar ko’rinishida foyda olishdir. Har qanday iqtisodiy tizimda iqtisodiyotning birlamchi va asosiy bo’g’ini korxona va firmalar hisoblanadi. Shuning uchun iqtisodiyotni boshqarish deganda, eng avval shu korxona va firmalar faoliyatini boshqarish tushuniladi. Bozor munosabatlari sharoitida boshqarish tushunchasi xo’jalik sub’ektlari faoliyatini faqat yuqori tashkilot va organlar tomonidan tartibga solishni qamrab olmaydi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi bozordagi talab va taklif asosida ularning o’zinio’zi boshqarishidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, korxona va firmalar boshqaruv tizimida shunchaki ijrochigina emas, balki shu tizimning faolishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi. Korxona yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan xo’jalik sub’ekti bo’lib, o’ziga tegishli mulk asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmat ko’rsatadi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling