Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
-rasm. O’zbekiston respublikasi makro iqtisodiy ko’rsatkichlari12
Download 0.66 Mb.
|
Academic Paragraph Structure
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari
1-rasm. O’zbekiston respublikasi makro iqtisodiy ko’rsatkichlari12
Iqtisodiy taraqqiyot istiqbolini aniqlash bashorat qilish deb yuritiladi va u, odatda, uzoq muddatga (10 yilgacha) va o’rta muddatga (5 yilgacha) mo’ljallanadi. Bunda o’tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish holati va yo’l qo’yilgan kamchiliklar tahlilidan kelib chiqib va bozor kon’yukturasini o’zgarish tendentsiyalariga asoslanib, kelajakda iqtisodiy rivojlanishning qanday bo’lishi va u qanday natijalarga olib kelishi bashorat qilinadi13. Ishlab chiqarish jarayonida iste’mol tovarlari, ko’rsatiladigan xizmatlar qanchalik kamyob bo’lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo’lib, shunga muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo’ladi. Boshqacha aytganda, tovarlar va xizmatlar ularning narxlariga binoan iste’mol qilinadi, taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi14. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishda bozor munosabatlarinig o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish juda muhim. Gap shundaki, iqtisodiy bashorat markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimi hukmron bo’lgan davrda ham mavjud edi. Biroq u davrda bashorat qilish va rejalashtirishning bosh masalasi ishlab chiqirishning rivojlanishi edi. Endilikda, ya’ni bozor munosabatlari sharoitida, bosh masala iste’mol bozori talabini qondirishdir. Bozor munosabatlari sharoitida istiqbolni belgilashning oldingi davrdagi bashoratlashdan asosiy farqi ham shundan iborat. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilish va rejalashtirishni iste’mol bozori talabiga qaratilishi korxona (firma)larni yaxshi samara bermayotgan ishlab chiqarishdan voz kechib, yuqori samaradorlikni ta’minlovchi ishlab chiqarish bilan shug’ullanishga majbur etadi. Bozor iqtisodiyotining bu xususiyatini e’tiborga olish bilan bir qatorda bashoratlash va rejalashtirishning ilmiy asosda amalga oshirilishi, marketing tadqiqotlari va ishonchli ma’lumotlarga asoslanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi15. 2 O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari Bozor iqtisodiyoti sharoitida istiqbolni belgilash tizimi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatdorligiga asoslanadi. Katta tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o’zlari tashabbuskorlik qiladilar. Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda davlatning aralashuvi kredit xizmati ko’rsatish, xomashyo, yoqilg’i resurslarini ajratish, oqilona soliq siyosatini o’tkazish va davlat ehtiyoji uchun mahsulotlar sotib olishdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy rivojlanish istiqbolini belgilashda davlat resurslari va mablag’larining nodavlat sektorida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mablag’lari bilan birgalikda ishtirok etishini ta’minlash hamkorlikdagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutish katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy taraqqiyotni belgilash tizimi quyidagi vazifa va masalalarni bajarishga qaratiladi: -milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari hamda mintaqalarning yaqin va uzoq muddatdagi rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlarini belgilash; -ishlab chiqarishning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish istiqbollarini belgilash. Iqtisodiy taraqqiyotni bashorat qilishdan ko’zlangan maqsad ishlab chiqarishni boshqarish va tartibga solishni ta’minlash, mavjud resurslardan samarali va oqilona foydalanish uchun zarur sharoitlarni yaratish va pirovard natijada iste’mol bozori talablarini to’laroq qondirishdan iborat bo’lib, bu vazifalarni bajarish ko’p jihatdan bashoratlash usullariga bog’liq. Jahon amaliyotida bashoratlashning bir necha usullari mavjud bo’lib, ular asosan quyidagilardan iboratdir: -dasturiy-maqsadli usul; -indikativ (tavsiyaviy) usul; -ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun zarur sarmoyalarning o’sish istiqbollarini belgilash usuli. Dasturiy-maqsadli usul ko’proq mamlakat miqyosidagi yirik ijtimoiyiqtisodiy tadbirlarni amalga oshirish uchun qo’llansa, indikativ (tavsiyaviy) usul ishlab chiqarish, ayniqsa, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining istiqbollarini belgilashda asqotadi. Sarmoyalarning o’sish istiqbollarini belgilash usuli mamlakat, uning hududlari va viloyatlari miqyosida ham, iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari darajasida ham qo’llanishi mumkin. Iqtisodiy taraqqiyotni belgilashning eng nozik tomonlari, bu – bashoratlash ko’rsatkichlariga erishish uchun ishlab chiqarishni kafolatlangan moddiy va moliyaviy resurslar bilan a’minlanganidir. Bu muammo to’liq hal etilmaganligi ishlab chiqilgan dastur va loyihalarning ko’p hollarda qisman bajarilib yoki umuman bajarilmay qolishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, bozor munosabatlari sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iqtisodiyot tarmoqlarini oqilona boshqarish, mamlakat va uning hududlari iqtisodiy taraqqiyotidagi nozik jihatlarni oldindan belgilab olish, taraqqiyotning ustivor yo’nalishlarini aniqlash va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari va loyihalarini amalga oshirishdan iboratdir. Milliy iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarish zarurati muayyan vazifalarni bajaruvchi va muayyan vakolatlarga ega bo’lgan boshqarish organlari faoliyatini taqozo etadi. Mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish respublika hukumati, ya’ni Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. U o’z vakolatlari doirasida nafaqat iqtisodiy jarayonlarni, balki ijtimoiy jarayonlarni ham boshqaradi. Iqtisodiyotni boshqarish va uni umumdavlat manfaatlariga asoslangan holda tartibga solish, tabiiyki, oddiy vazifalar sirasiga kirmaydi. Buning uchun hukumat tomonidan bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ro’yobga chiqarish asosida mulkchilik shakllarining tengligini ta’minlash, erkin tadbirkorlik uchun zarur sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish siyosatini o’tkazish, kichik va o’rta biznesning rivojlanishiga ko’maklashish talab qilinadi. Shu maqsadda hukumat pul va kredit tizimini mustahkamlash siyosatini ishlab chiqadi, yagona narx siyosatini o’tkazadi, mehnat miqdori va ijtimoiy ta’minot darajasi borasida belgilangan kafolatlarni ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi. Vazirlar Mahkamasi o’ziga bo’ysinuvchi vazirliklar va idoralar ishini muvofiqlashtirib, ularning ijtimoiy siyosatni ro’yobga chiqarish borasidagi mas’uliyati darajasini va buning uchun zarur bo’lgan funktsiya va vakolatlarni belgilaydi, respublika byudjeti, shuningdek, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq mamlakat hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Ma’lumki, iqtisodiy islohotlarning pirovard natijalari uni amalga oshirish ob’ektidan (respublika, tarmoq, korxona) qat’iy nazar, mujassamlashgan holda hududiy birlik (viloyat, tuman, shahar)lar darajasida namoyon bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat barpo etish oliy maqsad qilib belgilandi. Buning uchun ikkita muhim vazifani hal etish talab qilinadi. Bularning birinchisi, bozor munosabatlariga asoslangan va ijtimoiy yo’naltirilgan iqtisodiyotni barpo etish bo’lsa, ikkinchisi, davlat hokimiyatining vakillik va o’zini-o’zi boshqarish organlarining yangi tizimini yaratishdir. O’tgan davr ichida respublikamizda bozor islohotlari chuqurlashib, huquqiydemokratik institutlar rivoj topdi va ayni vaqtda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ham takomillashib bordi. Mahalliy davlat hokimiyati bir-biriga bo’ysunmagan davlat va vakillik organlaridan iborat bo’lib, ular o’z faoliyatlarini o’zaro hamkorlik asosida tashkil etadilar16. Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bo’lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va jroiya hokimiyatini boshqaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir hudud o’z iqtisodiy rivojlanishida ko’proq erkinlikka ega bo’lishi, ishlab chiqarish natijalaridan, avvalo, ushbu hududaholisi manfaatdor bo’lishi lozim. Ma’lumki, respublikamizda bozor munosabatlariga o’tish jarayoni yangi-yangi ijtimoiy munosabatlarning, ayniqsa, mulk munosabatlarining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. O’zini-o’zi mablag’ bilan ta’minlash tamoyili joriy etilib, xo’jalik yuritishning mutlaqo yangi usullari vujudga keldiki, bularga eskicha usul bilan, eski organlar bilan rahbarlik qilib bo’lmay qoldi. Shu munosabat bilan yangicha ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ya’ni mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, masalalarni tezkorlik bilan hal qila oladigan davlat organlari zarur bo’lib qoldi. Bu zarurat mahalliy boshqaruv amaliyotida mavjud bo’lgan organlarni vakillikka asoslangan va yakka boshchilik tamoyili asosida ish yurituvchi organlar bilan almashtirishni taqozo etdi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan mahalliy hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi: -qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; -hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; -mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish; -mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish; -atrof-muhitni muhofaza qilish; -fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta’minlash; -normativ xujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. Yuqoridagilar mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati organlarining birgalikda amalga oshiradigan vazifalari bo’lib, ularning vakolati shu vazifalardan kelib chiqadi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo’jalik mustaqilligini kengayib borishini taqozo etadi. Bu o’z navbatida ularning gorizontal xo’jalik aloqalarining rivojlanishiga olib keladi. Natijada markaziy boshqaruv organlarining vakolatlari torayib boradi. Hozirga qadar saqlanib qolgan tarmoq boshqaruv organlari mamlakatimizning strategik iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni hal etish bilan shug’ullanadi: -tarmoq rivojlanishining umumiy yo’nalishlarini aniqlash; -ilmiy-texnikaviy siyosatni o’tkazish; -chet el investitsiyalarini jalb etish; -ekologik muammolarni hal qilish. Shuni ham aytib o’tish kerakki, mamlakat miqyosida makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishga oid vazifalarni bajarishda O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Moliya vazirligi o’zlarining alohida o’rniga ega bo’lib, bozor munosabatlarining rivojlanishi ularning maqsadiga salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling