Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish


O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va kelgusida amalga oshirilishi belgilangan rejalar


Download 0.66 Mb.
bet10/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1568137
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Academic Paragraph Structure

3 O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va kelgusida amalga oshirilishi belgilangan rejalar.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
- makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
- harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
- ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pulkredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash;
- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo’lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag’batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish;
- bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiyaviy loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish;
- sug’urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek fond bozorini kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida rivojlantirish;
- xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling