Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
Ikkinchidan, davlat boshqaruv apparati faoliyatining qonunchilik, huquqiy bazasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirib borish nazarda tutiladi.
Uchinchidan, ijroiya hokimiyati tizimidagi boshqaruv bilan shug‘ullanuvchi organlarningtarkibiy tuzilmasi va funksiyalarini ratsionallashtirish ma’muriy islohotning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunda davlat boshqaruvida muvoziy tuzilmalarning bo‘lishi va bir-birining vazifalarini takrorlashning mavjud bo‘lishini bartaraf etib borish talab etiladi. To‘rtinchidan, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, ularning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini ta’minlovchi samarali mexanizmlarni yaratish, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini faollashtirish zurur. Beshinchidan, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va ma’muriy islohotlar samarasini oshirishda tegishli vakolatli organlar faoliyatining huquqiy asoslarini (reglamentlarini) izchil takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday huquqiy hujjatlar qatorida Ma’muriy protsessual kodeksning, “Ma’muriy protseduralar to‘g‘risida”gi va “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishi Harakatlar strategiyasida aytib o‘tiladi. Davlat xizmati – davlatorganlari tomonidan boshqaruvning kadrlar funksiyasini amalga oshirish, davlat organlari apparatida doimiy yoki vaqtincha mansabni egallab turgan hamda davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi shaxslarning faoliyatidir. Davlat xizmati davlat apparatini boshqarishni tashkil etish va huquqiy tartibga solish bo‘yicha davlat faoliyatining asosiy turlaridan biri bo‘lib, davlat oldida turgan vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatining asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga asoslanib, davlat funksiyalarini amalga oshirish, uning vazifalarini bajarish, jamiyat va fuqarolarning manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir. Fikrimizcha, davlat xizmatining umumiy jihatlarini tartibga solish uchun “O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat xizmatini o‘tash haqidagi bob kiritilib, alohida moddalar bo‘yicha davlat xizmatiga kirish tartibi, davlat xizmatchilarining attestatsiyasi, ularni rag‘batlantirish, davlat xizmatchilarining javobgarligi masalalari belgilab qo‘yilishi lozim bo‘ladi. Davlat xizmatchilarining malaka darajalari tegishli davlat xizmati lavozimlari bo‘yicha tatbiq etilgan malaka talablariga, kasbiy tayyorgarlik darajasiga muvofiqligini ko‘rsatadi. Davlat xizmatchilariga malaka darajalarining berilishi davlat xizmatchilarining professional tayyorgarlik saviyasi malaka talablariga muvofiqligiga qarab belgilanadi. Malaka darajalari davlat malaka imtihonlari yoki attestatsiya natijalariga ko‘ra belgilanadi. Malaka imtihonlarining o‘tkazilishi, malaka darajalarining berilishi hamda xodimlarning boshqa ishga o‘tkazilishi munosabati bilan saqlanishi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi37. Mamlakatimizda davlat xizmatchilariga malaka darajalari yoki maxsus unvonlar berish tartibi alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. SHuningdek, respublikamiz qonunchiligida ham martaba darajalari ijobiy attestatsiya, malakasiga muvofiq oliy ma’lumot mavjud bo‘lgan taqdirda, egallab turgan lavozimi va ish stajiga, shuningdek, oldingi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlarni hisobga olgan holda izchil tartibda beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoev lavozimga kirishish tantanali majlisidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi: “Oldimizga qo‘ygan maqsad- muddaolarga etish uchun kadrlarning amaliy zahirasini shakllantirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning muhim masalalarini o‘z ichiga oladigan maqsadli dasturni ishlab chiqish vaqti keldi, deb o‘ylayman. Asosiy vazifa – bu yuqori kasb mahorati va zamonaviy tafakkurga ega, puxta o‘ylangan, xar tomonlama to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, belgilangan maqsadlarga erishadigan rahbarlar va mansabdor shaxslarning yangi tarkibini shakllantirishdan iborat. Bu borada hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, mamlakatimiz tuman va shaharlari hokimliklari uchun malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish zarur38”. Professional kadrlarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish xizmatchilarning xizmat pog‘onalari bo‘ylab ko‘tarilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu maqsadda kadrlarni tayyorlash muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. SHuning uchun ko‘pgina davlatlarda markazlashgan tayyorgarlik bilan birgalikda davlat xizmatchilarining yuqori lavozim bo‘yicha xarakatlanishlari hamda rahbarlarning professional rivojlanishlari uchun kadrlar zahirasini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan keng qamrovli kurslar tizimi amal qiladi. Davlat organlarida xizmat bo‘yicha o‘sish tartibida davlat xizmati lavozimlarini egallash maqsadida tanlov asosida rahbar lavozimlarini egallash uchun kadrlar zahirasi shakllantirilishi muhim ahamiyatga egadir. SHunday qilib, Harakatlar strategiyasida davlat xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish davlat xizmati faoliyatini to‘g‘ri va samarali faoliyati yuritishida katta ahamiyatga ega ekani ta’kidlab o‘tiladi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling