Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Download 3.9 Mb.
bet37/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “elektron hukumat”ni shakllantirish, umuman, “Axborot jamiyati”ni qaror toptirish muammolarini tadqiq etish, Interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona tizimi harakatlanishining huquqiy va metodologik bazasini yaratish ustida chuqur ilmiy izlanishlar olib borish lozim.
Albatta, bu borada axborot xavfsizligini ta’minlash, axborot almashinuvi munosabatlarining huquqiy rejimini kafolatlash alohida e’tiborni talab etadi.
O‘zbekistonda axborot erkinligini ta’minlash borasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) axborot tar­moq­larini rivojlantirishda global hamkorlik; 2) elektron kutubxonalarni shakllantirish; 3) elektron muzeylar va galereyalarni yaratish; 4) atrof-muhit va tabiiy resurslar elektron bazasini yaratish; 5) favqulodda holatlarni elektron boshqarish; 6) sog‘liqni saqlashda informatsion texnologiyalarni qo‘llash; 7) elektron hukumatni shakllantirish; 8) kichik va o‘rta biznes uchun virtual bozorni yaratish.
Uchinchidan, davlat qurilishini erkinlashtirishda davlat boshqaruvi organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar xususiy faoliyatiga aralashuvini cheklash, uning me’yor va mezonlarini aniqlash ham jiddiy tahliltalab mavzudir.
To‘rtinchidan, mamlakat miqyosida “boshqaruv madaniyati”, “ma’muriy madaniyat” ni shakllantirishga ham ustuvor ahamiyat berish kerak.
Beshinchidan, davlat boshqaruvi organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligining usul va shakllarini takomillashtirish muhimdir.
Oltinchidan, davlat boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolarning va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish lozim.
Ettinchidan, davlat boshqaruvi organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalarini o‘rganish zarur.
Sakkizinchidan, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga aholini keng jalb etishda umumiy muhokamalar va mahalliy referendum institutini ilmiy tahlil etish ham dolzarb masala hisoblanadi.
Harakatlar strategiyasi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da qabul qilingani bejiz emas. CHunki, unda xalqimizning yorug‘ kelajagi hamda istiqbolini belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlar qamrab olingan.
Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariningulardan foydalanish imkoniyatini oshirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiya qilish va barcha sohalarni erkinlashtirishdan iborat ekani haqidagi fikrlari o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Harakatlar strategiyasi davlat hokimiyatini izchil demokratlashtirish va davlat boshqaruvi tizimining yanada samarali ishlaydigan mexanizmlarini yaratish borasida yangi vazifalarni ilgari surmoqda. Harakatlar strategiyasi doirasida ma’qullangan Davlat dasturida davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy sektor o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ratsional tashkil etishda zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini taminlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o‘z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda demokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, ta’bir joiz bo‘lsa, tamal toshi hisoblanadi”42.
Mamlakatimizda mustaqillik yillari mobaynida jamiyatni axborotlashatirish, fuqarolarning axborot olish (undan foydalanish, tarqatish) erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va mezonlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Bu davrda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatiga oid axborotni fuqarolarga etkazishga, ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining maqsadli va natijali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan o‘ndan ziyod qonunlar qabul qilindi.
Davlat boshqaruviga elektron hukumat tizimini yanada kengroq joriy etish lozim. Bu tizim vositasida davlat miqyosida idoralararo va boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchi sub’ektlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi, avtomatlashtirilgan axborot-ma’lumot tizimi, interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish servisi hamda axborot resurs bazalaridan samarali foydalanish amalga oshiriladi. Natijada davlat boshqaruvi tizimida ma’muriy tatib - tamoyillar va davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron shaklda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi. Elektron hukumat quyidagi prinsiplar asosida faoliyat yuritadi: davlat organlari faoliyatining ochiqligi, davlat xizmatlarining hammabopligi, axborotning muhofazalanganligi, ma’muriy axborotning elektron tahlil etilishi, davlat organlarining o‘zaro kelishilgan tarzda harakatlanishi, davlat organlari faoliyatining sifat jihatidan muttasil yaxshilanishi va h.k.
Davlat organlari faoliyatidagi ochiqlikni ta’minlashning, shu bilan birgalikda “axborotlashgan jamiyat” shakllantirish va rivojlantirishning samarali usullari sifatida “Elektron hukumat” bilan bir qatorda “Elektron parlament” tizimini ham joriy etish muhim.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2013 yil 18 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida “Elektron hukumat” tizimi, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek, biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirishga, axborot tizimlarining idoralararo va idoraviy komplekslarni integratsiya qiladigan milliy tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratish lozim”43 deb ta’kidlagan edilar.
Mamlakatimizda inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish va ushbu munosabatlarni samarali tashkil etish, boshqarish va tahlil etish maqsadida Parlament tomonidan 2015 yilning 9 dekabrida “Elektron hukumat to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi “elektron hukumat” sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling