Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash


Download 3.9 Mb.
bet55/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishida Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash borasida fuqarolarining hususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash masalalari ham nazarda tutilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi”, – deb belgilangan.
Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi ekan, Asosiy qonunimizda nazarda tutilgan mazkur normani amaliyotga samarali tatbiq etish maqsadida mamlakatimizda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bazasining yaratilishiga katta e’tibor qaratildi. Bu borada mulkchilikning turli shakllarini o‘zida belgilab bergan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi qonun, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga oid asosiy g‘oyalarni o‘zida aks ettirgan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun, mulkchilik munosabatlari turli jihatdan tavsiflab berilgan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi mamlakatimizda xususiy mulk himoyasiga oid qonunchilikni yangi bosqichga ko‘tardi. Xususan, qonunning 17-moddasida “Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan er uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish munosabati bilan mulkdorga etkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi”, 24-moddaga ko‘ra esa “Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi va bekor qilinmaydi”, deb belgilab qo‘yilishi xususiy mulkdorlar manfaatini himoya qilish va kafolatlashda muhim rol o‘ynadi.
Xususiy mulkni himoya qilish va kafolatlash tizimini yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4725-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4848-sonliFarmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 29 dekabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-418-sonli Qonunining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fuqarolarning xususiy mulk huquqlarini himoya qilish va ularning xususiy mulkdan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishi, fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash maqsadida hozirgi paytda o‘z echimini topayotgan masalalarni hal etishimiz lozim. Dasturda bu borada bir qator masalalarni hal etish nazarda tutilgan.
Xususan, qonunchiligimizga muvofiq, jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilganida jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmetining musodara etilishi bilan bog‘liq qoidalar mavjud. Mazkur qoidani amaliyotda qo‘llash jarayonida ayrim holatlarda jinoyatga yoki ma’muriy huqubuzarlikka aloqador bo‘lmagan yoki aybi bo‘lmagan mulkdorning mulklari musodara etilishi hollari uchramoqda. Bunda fuqarolarning xususiy mulkka nisbatan huquqlarining poymol etilishi hollari yuzaga kelmoqda.
SHu jihatdan Dasturda, jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlashga oid normalarni ishlab chiqish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasida “jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qat’i nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yo‘q qilib yuboriladi” degan qoida mavjud.
Mazkur kodeksning 2031-moddasiga asosan,“Ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki sodir etish uchun maxsus mo‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar, shuningdek jinoiy maqsadlarga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan mol-mulk jinoyat qurolidir”.
Bu jinoyat quroliga berilgan keng ta’rif bo‘lib, har qanday jinoyat qurolini musodara qilish shartligi haqidagi jinoyat va jinoyat-protsessual qoidalar xususiy mulkka oid qoidalariga nomutanosibdir. Xususan, shaxs boshqa shaxslar mulkidan foydalanishini nazarda tutuvchi bitimlar tuzgan (ijara, tekin foydalanishga oid bitimlar) holda mulkka egalik qilayotgan va ushbu mulkni jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik quroli sifatida ishlatgan vaziyatlarda mazkur mulkning musodara qilinish hollari uchramoqda. Bunday vaziyatda jinoyatga yoki huquqbuzarlikka mutlaqo aloqasi bo‘lmagan shaxsning mulkiy huquqlari buzilmoqda.
YUqoridagilardan kelib chiqqan holda, jinoyat quroli yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti sifatida mulkdan foydalanishda mulkdorning aybi bo‘lmagan hollarda mulkni olib qo‘yish (vaqtinchalik olib qo‘yishdan tashqari) va musodara qilishni taqiqlash maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida jinoyatga yoki huquqbuzarlikka aloqasi bo‘lmagan shaxslarning mulkiy huquqlari poymol etilishi kabi salbiy holatlarning oldi olingan bo‘lar edi.
Dasturning mazkur yo‘nalishida nazarda tutilgan masalalardan yana biri Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish bilan bog‘liq ayrim holatlarga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2 ming barobaridan kam bo‘lmagan, norezidentlar tomonidan qiymati 100 ming AQSH dollaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mulkni Toshkent shahri va viloyatida sotib olganlik uchun 5-10 foiz miqdorda davlat boji to‘lagan holda ko‘chmas mulkni erkin sotib olish va egalik qilishga oid normalarning ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Hozirgi paytda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskaga qo‘yishning alohida tartibining mavjudligi ham mazkur hududlarda fuqarolarimizning ko‘chmas mulk sotib olishlarida sun’iy to‘siqlarni yuzaga keltirmoqda. Aholining mazkur hududlardan ko‘chmas mulk sotib olishga qobiliyatli qatlami uchun zarur sharoitlarni yaratish lozim.
E’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri shuki, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinmagan shaxslarning ko‘chmas mulk sotib olish huquqiga ega emasligi sababli bunday shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan mulkning haqi aslida ular tomonidan to‘lansa-da, shartnomada sotib oluvchi sifatida bunday shaxslarning doimiy propiskaga ega bo‘lgan boshqa shaxslar rasmiylashtirilishi hollari uchramoqda. Bu amalda sotib olingan ko‘chmas mulkning haqini to‘lagan shaxs boshqa-yu, ushbu mulkka boshqa shaxs qonuniy ega, mulkdor bo‘lib qolishiga olib kelyapti. Kelajakda nizo kelib chiqqan taqdirda esa ko‘chmas mulkka oid hujjatlarda nomi qayd etilgan shaxsga nisbatan huquq va majburiyatlar yuzaga kelmoqda. SHuningdek, ko‘chmas mulkning qonuniy egalari tomonidan mulkning haqiqiy egalariga bildirmasdan mulkning sotib yuborilishi, ijaraga berilishi va garovga qo‘yilishi amaliyotda katta muammo va nizolarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq turli to‘lovlarning to‘lanishiga oid tushunmovchiliklarning yuzaga kelayotgani ham ma’lum. Amalda “mulkdorlik hissi”ga ega bo‘lmagan, faqatgina hujjatda mavjud “ega” tomonidan ko‘chmas mulkka oid to‘lovlarning to‘lanmasligi yoki mulkning qarovsiz qodirilishi davlat byudjetiga va jamiyatga zarar etkazmoqda.
Dasturga muvofiq, sanab o‘tilgan masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqilishi nazarda tutilgan bo‘lib, mazkur loyihaning qabul qilinishi fuqarolarning xususiy mulk huquqini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlashga, Toshkent shahri va viloyatida uy-joy qurish sohasining jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling