Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish


Download 3.9 Mb.
bet56/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. Mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar natijasida sud qarorlarini ijro etish sohasi rivojlangani va yanada takomillashib borayotganini alohida qayd etib o‘tish joiz. Bu borada 2001 yil 29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda sud tizimini yanada isloh qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlashni takomillashtirish, sudlar mustaqilligini mustahkamlash, shuningdek, sud qarorlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mamlakatimizda sud qarorlarining o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida 2009 yil 15 yanvardagi “Ijro ishi yuritish takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiriish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunga asosan sud hujjatlari boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1900-sonli qarori qabul qilinishi o‘z navbatida sud qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish, uning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, sud ijrochilarining mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimi takomillashtirilishiga olib keldi.
Biroq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirishda ushbu qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni etarli deb bo‘lmaydi. SHu boisdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-sonli57 farmonining qabul qilinishi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirishda muhim o‘rin egalladi. Mazkur farmon bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlarning ettinchi ustuvor yo‘nalishi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish”ga bag‘ishlanib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga kelgusida:
davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalarning da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish majburiyatini;
sud hal qiluv qarorining ijro etish tartibi va usulini belgilash qismida sud hal qiluv qaroriga qo‘yiladigan, uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlaydigan talablarni;
sudlar tomonidan ijro hujjatlarini yuborish muddatlarini;
davlat byudjetiga undiruvlar bo‘yicha ijro varaqalarini faqat sud ijrochilariga berishni nazarda tutadigan yagona tartibni;
sud hal qiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini tushuntirish, o‘zgartirish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish, ish yuritishni to‘xtatib turish, undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish tartibini belgilash yo‘li bilan ijro ishini yuritish ustidan sud nazorati mexanizmlarini (ko‘rib chiqish muddatlari, sud tarkibi, sud muhokamasi tartibi, chiqariladigan hal qiluv qarorining shakli);
sud hujjatlari ijrosini kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib ijro etish asoslari va ularning eng ko‘p muddatlarini;
kommunal qarzdorlik bo‘yicha sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning kengaytirilgan ro‘yxatini (qarzni uzish to‘g‘risidagi talab, kommunal tarmoqdan uzib qo‘yish dalolatnomasi, iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma, qarzdor tomonidan e’tirof etilgan qarzdorlik hisob-kitobi, ko‘chmas mulk egasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqalar);
xorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini e’tirof etish va ijro etishning aniq protsessual tartibini (sudlovga tegishlilik, taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati, sud muhokamasi tartibi, qarorni e’tirof etish va uning ijrosini rad etish asoslari) nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
SHu bilan birga, mazkur kompleks chora-tadbirlarda sud ijrochilarining shtat birligini ko‘paytirish va erishgan natijalarini hisobga olgan holda shaxsiy mukofotlash tartibini joriy qilish orqali ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish darajasini oshirish, sud ijrochilari uchun xizmat kiyimi va transport namunalarini tasdiqlash kabi muhim vazifalar amalga oshirilishi belgilangan.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmoni58 hamda ushbu farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ham sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab qo‘yildi.
Mazkur Harakatlar strategiyasi asosida kelgusida sud ijrochilarining shtat birligini ko‘paytirish va sud ijrochilarini moddiy rag‘batlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada sud ijrochilari sonini oshirish va ularni erishgan natijalarini hisobga olgan holda shaxsiy mukofotlash tartibini joriy qilish orqali ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish joriy etiladi.
CHunki, sud ijrochisi kasbining nufuzi, obro‘si ko‘tarilmas ekan, boshqa hech qanday chora-tadbir sud va boshqa organ hujjatlarining to‘liq va samarali ijro etilishiga xissa qo‘sholmaydi. YUridik adabiyotlarda ham sud hujjatlarini lozim darajada ijro etilmasligining asosiy sabablaridan biri sifatida sud ijrochilarining ijtimoiy va iqtisodiy ta’minoti yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi, rag‘batlantiruvchi omilning mavjud emasligi hamda vakolatlarning cheklanganligi hamda buning natijasida sud ijrochilarining qo‘nimsizligi, ya’ni bir ish joyidan ikkinchi joyga ko‘chib yurish holatlari tez-tez kuzatilayotganligi ko‘rsatiladi59.
Darhaqiqat, yuqorida ta’kidlanganidek, sud qarorlarining o‘z vaqtida samarali ijro etilishida sud ijrochilari o‘ziga xos o‘ringa ega. SHuning uchun ham sud ijrochilarining mavqeini ko‘tarish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davr talabiga aylanmoqda. Kelgusida sud ijrochilari sud hujjatlarining o‘z vaqtida, tezkor va sifatli ijro etilishidan to‘liq manfaatdor bo‘lishini ta’minlash maqsadida ularni moddiy rag‘banlantirish, shuningdek, ijro ishlarining tezkorligini ta’minlash maqsadida Ijro departamenti tizimlarida shtat birligini ko‘paytirish nazarda tutilmoqda.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda ularni ijroga yuborish muddatlarini ham aniqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham bu boradagi qonun hujjatlarini takomillashtirish davr talabidir.
Hozirgi vaqtda sud hujjatlari ijroga yuborilganidan so‘ng uning ijrosi qanday bo‘ldi, ijro etilganmi yoki yo‘qmi, ijro ishi tugatildimi yoki to‘xtatildimi, degan masala ham dolzarb hisoblanadi. SHu sababli sud qarorlarining ijrosini ta’minlash, ularga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash maqsadida kelgusida ijro ishlari ustidan qattiq sud nazorati amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, sudyalarning ham o‘zlari chiqargan qarorlari ijrosi ta’minlanishi ustidan mas’uliyatini oshiradi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling